KEYS STADI
Mehnat unumdorligi: o’lchash usullari, omillari va rezervlari
Metodik ko’rsatmalar
Ijtimoiy mehnat unumdorligi moddiy ishlab chiqarishda band bo’lgan bitta ishlovchiga to’g’ri keladigan milliy daromad o’lchovi bilan baholanadi. Hisob-kitoblarni absolyut va nisbiy o’lchovlarda amalga oshirish mumkin.
Misol: O’tgan davrda milliy daromad 19% oshdi; moddiy ishlab chiqarishda bandlar soni -2,3% oshdi. Ijtimoiy mehnat unumdorligini o’sishi 16,3% bo’lgan. (1,19/1,023- 1,0 )* 100
Induvidual mehnat unumdorligi ( Pt) vaqt birligida (soat, smena, oy, kvartal, yil) ishlab chiqarilgan mahsulot soni (ishlar hajmi) bilan o’lchanadi, ish yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt orqali (kishi -soat, kishi- smena) aniqlanadi. Birinchi holatda mehnat unumdorligi mahsulot ishlab chiqarishni o’zgarishini, ikkinchisida esa-mahsulot mehnat sarfini bildiradi. Birinchi va ikkinchi ko’rsatkichlar o’rtasida teskari proportsional bog’liqlik mavjud.
Misol: Reja bo’yicha mahsulot hajmi 2000 dona, hisobot bo’yicha 2200 dona, mehnat sarflari reja bo’yicha 400 kishi-smena, haqiqatda 423 kishi-smena. Mehnat unumdorligi o’sishini ishlab chiqarish va mehnat sarfi bo’yicha hisoblash kerak.
Mehnat unumdorligining o’sishi 1 kishi-smenadagi mahsulot ishlab chiqarishning o’zgarishi bo’yicha rejaga nisbatan 104% ni tashkil qilgan.
(2200/ 400: 2000/400 = 1,04)
Mahsulot mehnat sarfi 3,85 % ga nisbatan
( 423/2200 : 400/2000 = 0,9615)
Mehnat sarfining pasayishi bo’yicha o’lchangan mehnat unumdorligining o’sishi o’sha 4 % ni tashkil qilgan.
(1/0,9615+ 1,04 yoki 400/2000: 423/2200+ 1,04)
Amaliy hisob-kitoblarda mehnat unumdorligi o’zgarishi indeksi (Imu) mehnat sarfi indeksiga teskari o’lchov sifatida aniqlanadi va aksi
IMY= 1: It va It = 1:IMY
Foizlardagi hisob-kitoblarda (a- mehnat unumdorligi, v-mehnat sarfi) quyidagilardan foydalaniladi:
A = v x 100/100- v; V = a x 100/ 100 + a;
Vaqt birligida mahsulot ishlab chiqarish ham mahsulot hajmi kabi ko’rsatkichlarda: natural, shartli- natural, mehnat va qiymat birliklarida o’lchanadi. Hisob- kitoblarni amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor berish zarur:
Vaqt masshtabi bir xil bo’lishi kerak. Masalan, 8 soatlik ish kuni qabul qilingan bo’lsa, davomiyligi boshqacha bo’lgan ish kunlarini 8 soatlikka hisob- kitoblar orqali keltirish mumkin.
Mehnat unumdorligi shartli- natural usulda o’lchanganda, mahsulotning boshqa qandaydir xususiyatlariga ko’ra emas, balkm normativ mehnat salmog’ini hisobga olgan holda amalga oshirish zarur.
Natural ko’rsatkichlarni nisbiy normativ mehnat sarfi koeffitsienti orqali shartli-natural ko’rinishga keltirilganda o’lchov birligi sifatida eng kam mehnat sarfiga ega bo’lgan mahsulotni qabul qilish tavsiya qilinadi.
Misol. Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida mehnat unumdorligi o’sishini shartli-natural ko’rsatkichlarda aniqlang. (Ishlovchilar soni o’zgarmaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |