Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Qonunning 3 moddasiga asosan “Elektron hukumat”



Download 1,22 Mb.
bet38/168
Sana10.06.2023
Hajmi1,22 Mb.
#950545
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI (1)

Qonunning 3 moddasiga asosan “Elektron hukumat” — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi hisoblanadi. SHu bilan birga, buaxborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, fuqarolar ehtiyojlarini hisobga olib, holda davlat xizmatlari ko‘rsatishga qaratilgan davlat boshqaruvining tashkiliy shakli hamdir.
Mazkur qonun bilan birga davlat boshqaruvida zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish va “elektron hukumat” tizimini shakllantirishga oid masalalar milliy qonunchiligimizda 30dan ortiq normativ huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topgan bo‘lib, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”, “Elektron tijorat to‘g‘risida”, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
E’tiborlisi shundaki, Harakatlar strategiyasi tarkibidagi davlat dasturida “Elektron parlament” tizimini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish nazarda tutilgan.
SHuningdek, davlat boshqaruvini axborotlashtirish bilan bog‘liq masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari orqali ham bevosita tartibga solinadi.
“Elektron hukumat” tizimini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni soddalashtirish va bir vaqtning o‘zida rivojlantirishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyov o‘zining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga ­xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni, avvalo, barcha bo‘g‘indagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur”, – deb ta’kidlagan edi44.
“Elektron hukumat” tizimi Prezidentimizning yuqoridagi fikrlarini amaliyotga samarali tadbiq etishda muhim o‘rin egallamoqda. Xususan, u davlat boshqaruv organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini fuqarolik jamiyati sub’ektlariga tez va samarali, asosiysi qulay etkazishga xizmat qiladi.
Elektron hukumatning yaratilishi:
hukumatning qaror qabul qilishda ochiq-oydinligi va hisobdorligini ta’minlaydi hamda shu orqali korrupsiya xavfini pasaytiradi;
axborot olish erkinligini oshiradi (qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar, statistik va boshqa axborotlar);
fuqarolik jamiyati institutlarining davlat hayotidagi keng ishtirokini ta’minlaydi;
kichik va o‘rta biznesning turli chiqimlari (vaqt, yo‘l va boshqa xarajatlar)ni kamaytiradi;
xalqning davlat boshqaruv organlariga murojaatlarini osonlashtiradi hamda ushbu murojaatlarning ko‘rib chiqilishini avtomatik ravishda nazorat qilish imkoniyatini yaratadi;
murojaat jarayonida taqdim etiladigan xujjatlarning maksimal qisqarishi orqali turli byurokratik to‘siqlarga barham beriladi;
davlat xizmatlaridan foydalanishda eskirgan ko‘pbosqichlilik tizimidan emas samarali va tezkorlikka asoslangan mexanizmdan foydalaniladi;
elektron ko‘rinishda murojaat qiluvchi shaxsga o‘ziga qulay bo‘lgan joydan murojaat qilishdek qulayliklar yaratadi.
“Elektron hukumat” tizimining O‘zbekiston Respublikasida keng joriy etilishi va takomillashtirilishi mamlakatimiz aholisi va butun bir jamiyat hayotida katta ijobiy o‘zgarish va yangilanishlarga xizmat qiladi. Tizimning keng yo‘nalishlarga nisbatan tadbiq etilishi inson huquq va erkinliklarining yuqori darajada himoya qilinishiga, fuqarolarning davlat ishlaridagi ishtirokining faollashuviga, davlat organlarining esa mos ravishda samarali faoliyat olib borishiga sharoit yaratadi. Pirovard natijada esa ijtimoiy va siyosiy hayotning har qanday yo‘nalishida yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
Elektron hukumat infratuzilmasida YAgona interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish portali amal qiladi. Qabul qilinishi mo‘ljallanayotgan qonun “Elektron hukumat bilan muloqotga kirishganda fuqarolar huquqlarini ta’minlashning kafolatlarini belgilaydi.
Davr shiddat bilan o‘zgarib bormoqda. Endilikda bundan keyin vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va hokimlarining faoliyat natijasi quruq iqtisodiy raqamlar bilan emas, balki ularning odamlar bilan qanday muloqot olib borayotgani va ishni tashkil etggani, fuqarolarning muammolarini qay darajada hal qilayotganiga qarab baholanadi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish