Iqtisodiyoti


Respublikamiz bo‘yicha sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

Respublikamiz bo‘yicha sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining 
sifat bahosi
Viloyatlar
 
Qishloq xo‘jaligi yerlarining o‘rtacha 
ball boniteti
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
41 
Andijon 
57 
Buxoro 
50 
Jizzax 
51 
Qashqadaryo 
51 
Navoiy 
52 
Namangan 
59 
Samarqand 
57 
Surxondaryo 
56 
Sirdaryo 
51 
Toshkent 
59 
Farg‘ona 
56 
Xorazm 
53 
Respublika bo‘yicha o‘rtacha: 
55 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Kadastr agentligi ma’lumotlari. 


95 
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, respublikamizda 
yerlarning o‘rtacha ball boniteti 55 ballni tashkil etadi. Namangan, 
Toshkent, Andijon va Samarqand viloyatlari yerlarining o‘rtacha ball 
boniteti boshqa viloyatlar ko‘rsatkichiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichga 
ega. 
Mamlakatimizda 
eng 
past 
ball 
bonitetga 
ega 
yerlar 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, 
Buxoro, 
Sirdaryo, 
Jizzax 
va 
Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan.
Yer monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi 
vazirligi, viloyatlardagi Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, 
respublikadagi 
boshqa 
manfaatdor 
vazirliklar, 
idoralar 
va 
tashkilotlarning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. 
Yer monitoringi – yer tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida 
aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarining oldini olish va 
oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish 
tizimidan iborat. Davlat yer kadastri yuritishni, yerdan foydalanishni, 
yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish 
ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilishni 
axborot bilan ta’minlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi. 
2020-yil 7-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6061-sonli farmoni 
qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, 
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi negizida 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qoshida Kadastr 
agentligi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, 
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasining qishloq 
xo‘jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish, qishloq xo‘jaligi 
ekinlarini joylashtirish, qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish 
bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish, tuproq bonitirovkasini 
o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi yerlarining me’yoriy qiymatini aniqlash, 
tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid 
tadqiqotlarni amalga oshirishga doir vazifalari, funksiyalari hamda 
vakolatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazildi. Ushbu farmonga 
ko‘ra 2021-yil 1-oktabrdan boshlab yer uchastkalariga bo‘lgan 


96 
huquqlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, 
cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va 
tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa 
hujjatlar Milliy geografik axborot tizimida davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgandan keyin kuchga kiradi. Bundan tashqari, 2021-yil 1-
yanvardan boshlab: 
- yer turi, konturi, chegarasi va huquq egalari haqidagi barcha 
ma’lumotlar Kadastr agentligining onlayn geoportaliga kiritiladi; 
- onlayn geoportal Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilinadi; 
- yer balansi va uning hisoboti, tuman (shahar) yer kadastri daftari 
faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritiladi; 
- Davlat kadastrlari yagona tizimi Milliy geoaxborot tizimida 
shakllantiriladi. 
Davlat yer kadastri – yerlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy rejimi, 
ularning toifalari, sifat ko‘rsatkichlari va bahosi, yer uchastkalarining 
joylashgan manzili va o‘lchamlari, ularni yer egalariga, yerdan 
foydalanuvchilarga taqsimlash to‘g‘risidagi zarur, ishonchli ma’lumotlar 
va hujjatlar tizimidan iborat.
1998-yil 28-avgustda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat Yer 
kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan. Davlat yer kadastri yer 
munosabatlarini tartibga solish, yerdan oqilona foydalanish va uni 
muhofaza qilish, yer tuzishni tashkil etish, yer uchun to‘lanadigan haq
miqdorini asoslash, xo‘jalik faoliyatiga baho berish maqsadida barcha 
tashkilot, korxonalarda fuqarolarni yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan 
ta’minlashga mo‘ljallangan. Davlat yer kadastri yerning qiymat bahosini 
aniqlashni taqozo etdi va uni tarkibiga olgan bo‘ladi. Davlat yer 
kadastrining ma’lumotlari yerlardan foydalanish va ularni muhofaza 
qilishda, yer uchastkalari berish va ularni olib qo‘yishda, yer uchun 
to‘lanadigan haq miqdorini belgilashda, yer tuzish ishlarini o‘tkazishda, 
xo‘jalik faoliyatiga baho berishda hamda yerlardan foydalanish va ularni 
muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda 
majburiy tartibda tatbiq etiladi. Davlat yer kadastri butun respublika 
uchun yagona tizim asosida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davlat 
yer kadastri va yer tuzish xizmati organlari tomonidan yuritiladi.


97 
Davlat yer kadastri quyidagilardan tashkil topadi: 
-
yerdan foydalanuvchilar; 
-
yer maydoni, uning tarkibi, sifati; 
-
yerni iqtisodiy baholash. 
Yerlarni iqtisodiy baholash bir qancha iqtisodiy muhim 
masalalarni hal etishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Eng avvalo, yer 
umumxalq, davlat mulki sifatida baholanishi maqsadga muvofiqdir. 
Shunda mamlakat milliy boyligining tarkibi - yerning qiymatini, 
ulushini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Shuning bilan birgalikda yerning 
asosiy vosita sifatida baholanishi ham hal etilishi lozim.
Respublikamizda qishloq xo‘jalik yerlarining qiymatini baholash 
tartibini belgilash maqsadida iqtisodchi olimlar F.Q.Qayumov, 
A.Abdug‘aniyev, 
V.T.Frolov, 
J.M.Maqsudov, 
G.G.Nagayev, 
I.A.Akramov va A.A.Tursunovlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi 
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarini sifatiy, iqtisodiy va qiymat 
bahosini aniqlashning muvaqqat uslubi” ishlab chiqilgan va u Yer 
resurslari davlat qo‘mitasining ilmiy-texnik Kengashi tomonidan 1998-
yil 6-avgustda tasdiqlangan. Bu muvaqqat uslubiyatda qishloq 
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning qiymat bahosini (me’yoriy 
bahosini) aniqlash tartibi ko‘rsatilgan. Bunda sug‘oriladigan yerlar, 
bahorikor yerlar va yaylov yerlarning me’yoriy bahosini aniqlash 
tartiblari ko‘rsatilgan.
Sug‘oriladigan yerlarning me’yoriy bahosini aniqlashning negizida 
qishloq xo‘jalik ekinlari rivojlanishi uchun yerlarning ahamiyatliroq 
bo‘lgan tabiiy xususiyatlari (tuproq bonitirovkasi) va me’yoriy sof 
foydasi qiymatini ko‘rsatuvchi sifatlari bo‘yicha shu yerlarning 
solishtirma bahosi yotadi. Bonitirovkalashda tuproqning quyidagi asosiy 
xususiyatlari va tabiiy sharoitlari hisobga olinadi: tuproqning tipi, 
mexanik tarkibi, sug‘orib kelinayotganlik muddati, termik resurslar bilan 
ta’minlanganligi, tuproq hosil qiluvchi jins, yer osti suvining chiqib 
ketishi, sho‘rlanish, erroziyalanish, tosh va gipslanish darajalari. Eng 
yuqori baho 100 ball bilan eng yuqori mahsuldorlikka ega, eng yaxshi 
tuproqlar baholanadi.


98 
Qishloq xo‘jaligi yerlarining me’yoriy qiymati banklardan ipoteka 
qarzlari berishda, xususiy turarjoylar qurish uchun yer ajratib berish va 
dehqon xo‘jaliklariga me’yordan ortiqcha yer ajratib berishda, yer 
solig‘i miqdorini aniqlash, kimoshdi savdolari orqali yer uchastkalarini 
sotish va qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda shu yerning 
dastlabki bahosini belgilash uchun qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006-yil 19-aprelda 
ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, 
kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi raisining “O‘zbekiston 
Respublikasi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq 
xo‘jalik yerlari me’yoriy qiymatini aniqlash bo‘yicha vaqtinchalik 
yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i 2006-yil 29-apreldan 
kuchga kirgan.
2014-yil 
18-avgustda
 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining me’yoriy 
qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
 
235-sonli 
qarori qabul qilingan. Ushbu qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ekin 
maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 
tasdiqlangan.
Mazkur qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, 
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga 2015-yil 1-
iyungacha ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq 
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlash 
vazifasi yuklatilgan edi. Bundan tashqari, tasdiqlangan Nizomga 
muvofiq aniqlangan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining me’yoriy 
qiymatidan kelib chiqqan holda yagona yer solig‘ini hisoblab chiqarish 
2016-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshirilishi belgilangan.
Har bir qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisining qishloq 
xo‘jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymati qishloq xo‘jaligiga 
mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘ini hisoblab chiqish uchun va 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda aniqlanadi.
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatiga yer 
bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan obyektlar (sug‘orish va kollektor-drenaj 
tarmog‘i, yo‘llar) qiymati kiritilmaydi. Me’yoriy qiymatni aniqlash 


99 
me’yoriy ko‘rsatkichlarni, yer kadastri va statistik hisobga olish 
ma’lumotlarini hisobga olgan holda foydani kapitallashtirish asosidagi 
daromadli yondashuvdan foydalanib bajariladi. Me’yoriy qiymatni 
aniqlash natijalari davlat yer kadastriga kiritiladi.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq 
xo‘jaligi ekin maydonlari me’yoriy qiymatni aniqlash obyekti 
hisoblanadi. Me’yoriy qiymatni aniqlash davri har yili o‘tkaziladi.
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini 
aniqlash “O‘zdaverloyiha” davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti 
tomonidan amalga oshiriladi. “O‘zdaverloyiha” davlat yer tuzish ilmiy-
loyiha institutining hududiy bo‘linmalari tomonidan ma’muriy 
tumanlarning har bir qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisining 
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari me’yoriy qiymatini aniqlash natijalari 
bo‘yicha hisobot quyidagi tarkibda tuziladi: 

tushuntirish xati; 

qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bo‘yicha qishloq 
xo‘jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymati va tuman bo‘yicha 
o‘rtacha me’yoriy qiymat to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 
Me’yoriy qiymat ishlab chiqarish resursi sifatida qishloq xo‘jaligi 
ekin maydonlarining sifatini hisobga olgan holda aniqlanadi. 1 gektar 
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlashda 
quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: 

tuproqning sifatini va tabiiy yem-xashak ekin maydonlari 
(pichanzorlar va yaylovlar)ni baholash ko‘rsatkichlari;

asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari tuzilmasi; 

qishloq xo‘jaligi ekinlari va yem-xashakbop ekin maydonlarining 
me’yoriy hosildorligi; 

qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining me’yoriy unumdorligi;

qishloq xo‘jaligi ekinlarining asosiy turlari bo‘yicha qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishining hisoblab chiqilgan foyda olishi;

dehqon bozorlarida sotiladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy 
turlarining o‘rtacha yillik narxlari hamda paxta xomashyosi va boshoqli 
don ekinlarining o‘rtacha xarid narxlari;


100 

foydaning kapitallashuvi foizi. 
Me’yoriy 
qiymatni 
aniqlashda 
qishloq 
xo‘jaligi 
ekin 
maydonlarining individual renta hosil qiluvchi omillari – qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishining intensivligi, tuproqning sifati, ekin 
maydonlari tuzilmasi va sug‘orish uchun suv chiqarish usuli (oqar suv 
yoki mashina usuli) hisobga olinadi. 
Asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarining me’yoriy hosildorligi 
tuproqlar o‘rtacha bonitet bali bilan qishloq xo‘jaligi ekinlari tuproq 
bonitetining bir bonitet baliga mos me’yoriy hosildorlikning yig‘indisi 
sifatida hisoblab chiqiladi. 
4.5-jadval 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish