Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchilar
ixtiyorida bo‘lgan yerlar tarkibi, 2020-yil 1-yanvar holatiga, ming
gektar
Qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishi
bilan shug‘ullanuv-
chilar ixtiyorida
bo‘lgan jami maydon
Shundan:
Qishloq
xo‘jaligi
yerlari
Tomorqa
sifatida
foydalanila-
digan yerlar
Boshqalar
(o‘rmonzor
va
boshqalar)
O‘zbekiston
Respublikasi
20761,6
16025,6
644,6
4091,4
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
3260,3
2200,0
40,4
1019,9
Andijon
363,7
249,7
43,4
70,6
Buxoro
3441,7
2582,0
56,9
802,8
Jizzax
1400,7
1139,1
31,1
230,5
Qashqadaryo
2322,7
1944,1
73,8
304,8
Navoiy
4501,8
3988,7
24,3
488,8
Namangan
490,0
279,6
47,4
163,0
Samarqand
1476,4
1201,6
79,5
195,3
Surxondaryo
1357,1
1000,3
58,4
298,4
Sirdaryo
370,2
281,6
17,3
71,3
Toshkent
778,2
584,5
55,7
138,0
Farg‘ona
561,1
313,8
65,0
182,3
Xorazm
437,7
260,6
51,4
125,7
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
O‘zbekiston Respublikasining yer fondi Kadastr agentligi
tomonidan har yili 1-yanvar holati bo‘yicha korxona, muassasa va
tashkilotlarning
yerlaridagi
barcha
o‘zgarishlar
to‘g‘risidagi
ma’lumotlar, xo‘jaliklar tomonidan yer hisobi hujjatlari asosida tuzilgan
hamda tuman, shahar va viloyat hokimlarining qarorlari bilan
tasdiqlangan yillik yer hisobotlarini respublika bo‘yicha umumlashtirish
natijasida tuziladi.
81
2020-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi korxonalari va
tashkilotlari yerlarning umumiy maydoni mamlakatimiz yer fondining
46,2 foizini tashkil qiladi.
4.2-jadval
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi yerdan
foydalanuvchilar ixtiyoridagi yerlarning tarkibi (1 yanvar holatiga,
ming gektar)
Qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishi bilan
shug‘ullanuvchi yerdan
foydalanuvchilar
ixtiyoridagi yer maydoni
shu jumladan:
haydala-
digan
yerlar
ko‘p
yillik
o‘simlik-
lar
pichanzor
va
yaylovlar
boshqa
yerlar
2017
20174,0
4014,8
371,2
11020,6
4767,4
2018
20261,6
3999,0
376,8
11091,5
4794,3
2019
20236,3
3988,5
383,1
11028,3
4836,4
2020
20761,6
3998,5
388,7
11559,7
4814,7
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2020-yilda 2017-yilga
nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi yerdan
foydalanuvchilar ixtiyoridagi yer maydoni 587,6 ming gektarga
ko‘paygan. Shu davrda haydaladigan yerlar 16,3 ming gektarga
kamaygan, ko‘p yillik o‘simliklar maydoni 17,5 ming gektarga,
pichanzor va yaylovlar maydoni 539,1 ming gektarga, boshqa yerlar esa
47,3 ming gektarga ko‘paygan.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan yerlar muhim
ahamiyatga ega. Chunki mamlakatimiz iqlim sharoitida dehqonchilik
asosan
sug‘oriladigan
maydonlarda
amalga
oshiriladi.
Turli
mavsumlarda
yog‘ingarchiliklar
ko‘rinishida
tushadigan
tabiiy
namgarchilik darajasi o‘simliklarning butun vegetatsiya davri davomida
suvga
bo‘lgan
ehtiyojini
to‘liq
qondirmaydi.
Shu
sababli
mamlakatimizda dehqonchilik mahsulotlari asosan sug‘oriladigan ekin
maydonlaridan olinadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Davlat
statistika
qo‘mitasi
ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil holatiga mamlakatimizda 4210,1 ming
82
gektar sug‘oriladigan yerlar mavjud bo‘lib, qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yerlarning 20,3 foizini tashkil etadi. So‘nggi 15 yil
mobaynida aholi jon boshiga sug‘oriladigan yerlar 24 foizga (0,23
gektardan 0,16 gektarga) kamaygan. Mazkur holat aholi sonining
o‘sishi, suv ta’minoti hajmining qisqarishi va qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yerlarning boshqa yer toifalariga o‘tishi natijasida yuzaga
kelgan. Bu mamlakatimizda mavjud sug‘oriladigan maydonlardan
samarali foydalanish lozimligini anglatadi. 2020-yil holatiga jami
qishloq xo‘jaligi yerlari tarkibida sug‘oriladigan yerlarning ulushi
ko‘rsatkichi bo‘yicha Farg‘ona (95,1 foiz), Sirdaryo (93,4 foiz), Andijon
(92,6 foiz), Xorazm (84,2 foiz) va Namangan (83,2 foiz) viloyatlari
yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, Buxoro (8,8 foiz) va Navoiy (2,7 foiz)
viloyatlari eng past ko‘rsatkichga ega. Surxondaryo viloyatida esa ushbu
ko‘rsatkich 27,0 foizni tashkil etgan. Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi
qishloq xo‘jalik yerlari tarkibida yaylovlar asosiy salmoqni egallaydi.
Mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
4.3-jadvalda keltirilgan.
4.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |