Mavzuning maqsad va vazifasi:
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning funktsiyalari, mohiyati va rolini belgilashda
Zamonaviy bank tizimining xususiyatlarini aniqlashda
Bank sektorini yanada rivojlantirish va bank tizimining jahon moliyaviy inqirozidan chiqish strategiyasini tahlillarini ochib berish.
1. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA BANKLARNING ROLI
Bank - bu tijorat muassasi bo‘lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ularni o‘z nomidan, to‘lov, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi.
Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo‘lganligi tufayli uning tashkil topishi uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Shu vaqt ichida bo‘lg‘usi ta’sischilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o‘tkaziladi va hokazolar.
Bozor munosabatlarini qaror topishi va rivojlanishi bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi hisoblangan bank tizimi va ular faoliyatini boshqarishning qonuniy asoslarini shakllantirish zaruratini keltirib chiqardi. Bank va bank faoliyatiga oid huquqiy islohotlar respublikamizda bozor iqtisodiyoti jarayonlariga moslashayotgan hozirgi rivojlanish davri bilan uzviy bog‘liq holda vujudga kelmoqda. Huquqiy ta’minot bank menejmentining muhim elementi hisoblanib, banklar faoliyatini boshqarishning huquqiy asoslarini belgilab beradi. Har qanday munlsabatlar singari banklar va ularning boshqa sub’ektlar bilan bo‘ladigan munosabatlari albatta huquqiy asosga ega bo‘lishi lozim. Chunki bank va mijozlar o‘rtasida yuzaga keladigan turli holatlar ma’lum bir me’yorlar asosida muvofiqlashtirilishi lozim. Bu esa, o‘z navbatida huquqiy asosni shakllantirishni talab qiladi.
Tijorat banklarini ruyxatga Respublikasining «Banklar va olish va bank faoliyati litsenziyalash to‘g‘risida», O‘zbekiston «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risida», «Aksiyadorlik jamiyati va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 martdagi PF-3047- sonli «Pul massasi usishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish ma’suliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni va boshka qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi xududida banklarni ruyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi xamda shartlari belgilab kuyilgan.
Tijorat banklarini tashkil kilish buyicha eng asosiy me’yoriy xujjatlardan biri sifatida 15 avgust 2009 yilda qaytadan o‘zgartirishlar kiritilib, qabul kilingan « Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida»gi 730-sonli Nizom asosida olib boriladi.
Banklar Fukarolik Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risida», «Aksiyadorlik jamiyati va aksiyadorlar xukukini ximoya kilish to‘g‘risida»gi Konunlari va boshka konunchilik xujjatlariga muvofik odatda ochik yoki yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etiladi.
Huquqiy asoslarini yoritishda ularni 4 ta bo‘limga bo‘lib o‘rganamiz. Ular quyidagilar:
bo‘lim. Kodeks va qonunlar. Biz yuqorida keltirib o‘tgan qonunlar 1 blokka kiritiladi.
bo‘lim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari kiritiladi.
bo‘lim. Qonun osti hujjatlarni ishlab chiquvchi davlat organlari – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi va boshqa shu kabi organlar tomonidan ishlab chiqiladigan yo‘riqnoma, nizom va tartiblar kiradi.
bo‘lim. Tijorat banklari tomonidan mustaqil ishlab chiqiladigan ichki tartib va siyosatlari kiradi. Banklar ichki tartib va siyosatini amaldagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqadi va o‘z faoliyatida ulardan foydalanadi.
Bank va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish, ularni ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilish dolzarb masalalardan bo‘lib, ushbu muammolarni rivojlangan mamlakatlarning bank qonunchiligi bilan solishtirish asosida ularni tajribasini o‘rgangan holda xulosa va tavsiyalar berish, respublikamiz bank qonunchiligini takomillashtirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro‘yxatga olish va ularga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish tartibini Markaziy bank belgilaydi.
Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari bo`lib, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» , «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» va «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi qonunlari
hisoblanadi. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 2-bobi “Banklarni tashkil etish va ular faoliyatini tugatish tartibi” deb nomlanib o‘z ichiga 13 modda (7-19 moddalar)ni oladi.
Banklar respublika hududida o‘z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar.
Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
Tijorat banklarini tashkil qilish “Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida”gi 703-sonli Nizom asosida olib boriladi.
Ushbu nizomda O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslar, jumladan, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar bank muassislari va aksiyadorlari bo‘lishi mumkin.
Banklarning qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan banklar ustav kapitalida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi, xorijiy kapital ishtirokidagi banklar va sho‘‘ba banklarni tashkil etish hollari bundan mustasno. Bir yuridik yoki jismoniy shaxs yoxud bitim orqali o‘zaro bog‘langan yoki bir-birining mol-mulkini nazorat qiluvchi bir guruh yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bir yoki bir nechta bitim natijasida bank aksiyalarining besh foizidan ortig‘i sotib olinsa, bu haqda Markaziy bankka xabar berilishi, yigirma foizidan ortig‘i sotib olinsa, Markaziy bankdan oldindan rozilik olinishi lozim.
Agar shaxs yuridik shaxsni boshqarish yoki uning siyosatiga katta ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lsa, u bunday yuridik shaxs mulkini nazorat qiluvchi hisoblanadi. Bunda shaxs quyidagi hollarda katta ta’sir o‘tkazuvchi hisoblanadi:
Mazkur yuridik shaxsning yirik ishtirokchisi bo‘lsa;
aksiyadorlar, rahbariyat yoki ishtirokchilar bilan rasmiy ravishda bitim tuzib yoxud boshqa tarzda huquqiy shaxs faoliyatiga rahbarlik qilish yoki uni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lsa.
Yuridik shaxsning yirik aksiyadori yoki ishtirokchisi deganda o‘zaro bitim bilan bog‘langan va ushbu yuridik shaxs ustav kapitali yoki ovoz beruvchi aksiyalarining 10 va undan ortiq foiziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki vositali tarzda egalik qiluvchi bir yoki bir necha shaxslar tushuniladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri egalik qilish deganda aksiyador (ishtirokchi) tomonidan ovoz beruvchi aksiyalarga bevosita egalik qilish tushuniladi.
Vositali tarzda egalik qilish deganda yuridik shaxs ovoz beruvchi aksiyalariga sho‘ba korxonalar va jamiyatlar orqali egalik qilish tushuniladi.
Agar ikki va undan ortiq shaxslar rasmiy bitim asosida harakat qilsa yoki bank aksiyalariga jamoa bo‘lib to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoxud bilvosita egalik qilish maqsadida ongli ravishda parallel birgalikdagi faoliyatni olib borish hollari mavjud bo‘lsa ular bank aksiyalariga egalik qilish maqsadida bitim bilan o‘zaro bog‘langan shaxslar hisoblanadi.
Agar bir shaxs va boshqa yuridik shaxs bank aksiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita egalik qilsalar, hamda mazkur shaxs ushbu yuridik shaxsning yirik ishtirokchisi yoki bunday shaxsning boshqaruvi, kuzatuv kengashi a’zosi yoxud vakili bo‘lsa, mazkur shaxs yuridik shaxs bilan kelishuv asosida faoliyat yurituvchi hisoblanadi.
Quyidagi ikki yoki undan ortiq shaxslar bir-biri bilan kelishuv asosida faoliyat yurituvchilar hisoblanadi:
Agarda ular ushbu barcha shaxslarning yirik ishtirokchisi, a’zosi (sherigi) yoki yuridik vakili hisoblangan hech bo‘lmaganda bir shaxs bilan bog‘liq bo‘lsa;
Agar ular bank aksiyalari egasi hamda ayni vaqtda o‘sha yuridik shaxsning boshqaruvi, kuzatuv kengashi a’zosi, yirik ishtirokchisi (sherigi) yoki yuridik vakili bo‘lsa (mazkur bankdan tashqari) yoxud ushbu shaxslar yaqin qarindosh bo‘lsa. SHaxsning yaqin qarindoshlari turmush o‘rtog‘i (eri yoki xotini), ota-onasi, farzandlari (jumladan, o‘gay), aka-ukalari va opa-singillari hisoblanadi.
Mazkur hujjatlar bu shaxslar tomonidan bunday miqdordagi aksiyalar jamoaviy tarzda sotib olingunga qadar taqdim etilishi lozim. Bunday mulk bu shaxslar tomonidan bir-biriga bog‘liq bo‘lmay va bir-birini xabardor qilmay sotib olinishi hollari bundan mustasno.
Bank muassislari u ro‘yxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida bank aksiyadorlari tarkibidan chiqishga haqli emaslar.
Bank muassislari benuqson ishbilarmonlik va shaxsiy obro‘-e’tiborga ega bo‘lishlari lozim.
Quyidagi shaxslar benuqson ishbilarmonlik va shaxsiy obro‘-e’tibor mezonlariga nomuvofiq deb hisoblanadilar:
Bankrotlikka uchragan yuridik shaxsning sobiq rahbarlari, boshqaruvi va kuzatuv kengashi a’zolari yoki yirik ishtirokchisi va yuridik shaxsning bankrotligi ularning harakatlari oqibatida yuzaga kelganligi faktlari ma’lum bo‘lsa;
O‘zining ishbilarmonlik va shaxsiy xatti-harakatida ishlarni noto‘g‘ri boshqarish va vijdonan yuritish mumkin emasligini namoyish qilgan shaxslar.
Agarda muassis yuridik shaxs bo‘lsa, yuqorida qayd etilgan talablar bunday muassisning rahbar xodimlari, boshqaruvi va kuzatuv kengashi a’zolari, ustav kapitalida 10 va undan ortiq foiz miqdorida ovoz beruvchi aksiyalar yoki ulushlar egalariga nisbatan qo‘llaniladi.
Bank muassislari moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishlari lozim.
Yuridik shaxsning moliyaviy beqarorligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:
to‘lovga qobiliyatsizlik yoki bankrotlik;
bu yuridik shaxs rasmiy ravishda bankrot deb e’lon qilinishidan qat’i nazar uning passivlari aktivlaridan oshib ketishi;
bunday shaxsning majburiyatlari bank barqarorligiga nisbatan muayyan tavakkalchilikni yuzaga keltirsa;
yuridik shaxs taqdim etgan balans bu shaxs zarur hollarda ustav kapitalini oshira olmasligini ko‘rsatsa;
bunday shaxs tomonidan bankda mulk sotib olinishi ko‘zda tutilishi natijasida bankka yoki uning omonatchilariga moliyaviy xavf solinishi mumkinligini ko‘rsatuvchi boshqa hollar ma’lum bo‘lsa.
Muassislar aksiyadorlik jamiyati shaklidagi bankni yaratish sari dastlabki qadam sifatida ta’sis shartnomasini imzolaydilar, so‘ngra ta’sis yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radilar.
Mazkur harakatlar muassislar tomonidan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi qonunlar hamda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Banklar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlari hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etiladi.
Tijorat banklari bozor munosabatlari sub’ekti sifatida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ularning o‘rni quyidagi holatlarda yaqqol nomoyon bo‘ladi:
Tijorat banklari iqtisodiyotni kreditlash faoliyati bilan shug‘ullanadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hajmi oshadi. Bu esa pirovard natijasida mamlakatning iqtisodiyotining rivojlanish ko‘rsatkichi bo‘lmish YAIM ning kengayishiga olib keladi.
Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorining faol ishtirokchisi hisoblanadi. Banklar bu bozorda ham investitsion faoliyatni amalga oshiradi. Banklarning investitsion faoliyati emitentlarning likvidligini oshishiga, moliyaviy resurslarni ko‘payishiga va qimmatli qog‘ozlar savdosida rivojlanishiga olib keladi. Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish orqali aholi va korxonalarning ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb etadilar va ularni kredit investitsiya sifatida joylashtiradi.
Tijorat banklari iqtisodiyot subektlari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Tijorat banklarining kreditlari hisobidan Xo‘jalik yurituvchi subektlarning majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi. Demak T/B iqtisodiyotda likvidlikni ta’minlaydi.
Tijorat bank Davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirishda faol ishtirok etadi, chunki Markaziy bankning tuman va shahar filiallari yo‘q.
Tijorat banki Markaziy bankning pul – kredit siyosatini amalga oshirishda
muhim o‘rin tutadi. Markaziy bank pul aylanmasini tashil qiladi, lekin pullari tijorat banklari orqali aylanadi. Jahon amaliyotida universal tijorat banklari bilan birga Investitsion banklar ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Masalan AQSH da investitsion banklarning faoliyati yuksak rivojlangan. Investitsion banklar depozit qabul qilish va kreditlar berish huquqiga ega emas.
Banklarning mohiyati va funksiyalari, shuningdek, bajaradigan operatsiyalari va ko‘rsatadigan xizmatlari ularning iqtisodiyotdagi rolini belgilab beradi. Banklarning iqtisodiyotdagi roli deganda asosiy e’tiborni ularning vujudga kelish omillari, rivojlanish jarayonlari va bajaradigan operatsiyalariga qaratish lozim. Banklarning roli ularning funksiyalari kabi ma’lum darajadagi xususiyatlarga egadir. Banklar mulkiy jihatdan qanday shaklda tashkil topgan bo‘lishidan qa’tiy nazar, iqtisodiyotda umum ahamiyatga ega bo‘lgan operatsiyalarni bajaradi. Shu bois ham banklar qanday mulkiy shaklda yoki ixtisoslikda tashkil topgan bo‘lishidan qa’tiy nazar, ular iqtisodiyotda alohida ahamiyat kasb etadi.
Albatta, banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko‘pqirrali bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etadi;
qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoji mavjud xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga qaytarishlik, to‘lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida mablag‘lar beradi;
milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi;
pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi;
iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o‘rtasida hisob – kitob va to‘lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi;
bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini amalga oshiradi;
aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarini taklif etadi. Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi
vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jamg‘arish asosida ularni iqtisodiyotning tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, jamiyatda faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda olishga qaratilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha bo‘lganligi bois, ma’lum davrda ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj tug‘ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish siklining turli – tumanligi (qishloq xo‘jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag‘lar vaqtinchalik ishlab chiqarish jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga nisbatan qo‘shimcha ehtiyojni keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag‘larning ishlab chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi.
Bu ikki tomonning iqtisodiy manfaatlarini birlashtiruvchi moliyaviy tashkilot sifatida banklar maydonga chiqadi. Birinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlarining vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji bo‘lgan ikkinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlariga, ya’ni qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezgan xo‘jalik sub’ektlariga qayta taqsimlab beradi.
Bizningcha, ushbu munosabatlarni bankdan bo‘lak birorta moliyaviy tashkilot samarali va tez hal eta olmaydi. Banklarning ushbu o‘ziga xos jihati iqtisodiyotdagi rolini belgilaydi.
Banklarning iqtisodiyotda bajaradigan yana bir o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, bu ularning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, aholi va davlat tashkilotlari o‘rtasida amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni tashkil etishi va ularning ustidan tegishli nazorat ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida har kuni bir necha yuz minglab pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi. Bularning barchasi banklar tomonidan amalga oshiriladi va tartibga solib turiladi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta’sir qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
1.Aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchining mustahkamligi. Xalqaro bank amaliyoti va mustaqillikdan keyin bosib o‘tilgan qisqa davrda yig‘ilgan tajribalarning natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining asosiy o‘zagi asosan o‘zaro ishonch va halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchi yo‘qolishi bilan bog‘lab ko‘radigan bo‘lsak, banklarga nisbatan ishonch yo‘qolishi oqibatida ularning jamiyatdagi rolini pasayishiga olib keladi.
Aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchining zaifligiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
–banklarning mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasa;
–aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa naqd pulga bo‘lgan talabi to‘liq va o‘z vaqtida qondirilmasa;
–mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha mablag‘lar qoldig‘i va aylanmalari haqida bank siri ta’minlanmasa;
–mijozlarning pul o‘tkazmalarini istalgan paytda va zarur miqdorda tegishli manzilga o‘tkazilmasa;
–bankda omonatlarni saqlashning iqtisodiy manfaatdorligi pasayib ketishi va boshqalar.
Mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va bozor mexanizmlari samaradorligini oshirish lozim. Tijorat banklarining xo‘jalik sub’ektlariga kreditlarni berishda, mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini qondirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish lozimligidan dalolat beradi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning sayi harakatlari, balki milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va raqobatbardoshligi bevosita ta’sir qiladi. Chunki, banklar milliy iqtisodiyotdan ajralgan holda, alohida sub’ekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas.
Masalan, banklarning asosiy faoliyat turlaridan biri muomalaga pulni emissiya qilishini oladigan bo‘lsak, muomalaga emissiya qilingan pul massasi tovar massasi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Aks holda, milliy valyutaning inflyasiya darajasi oshishi bilan birga, uning sotib olish qobiliyati pasayib ketadi. Demak, muomalaga emissiya qilingan pullar tegishli tovar massasi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Bu o‘z navbatida iqtisodiyotda ishlab chiqarish va tovarlar aylanmasi samaradorligi ta’minlanganligini talab etadi. Demak, iqtisodiyotda tovar massasi va pul massasi o‘rtasidagi muvozanatlikning ta’minlanishi, birinchidan, bankning iqtisodiyotdagi rolini oshirsa, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Biroq, bu muvozanatlikni ta’minlanishiga qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sir qiladi.
Masalan, 90 yillarning oxirlarida Rossiyada, shuningdek, qator sobiq ittifoq respublikalarida, shu jumladan malakatimizda ham pullarni muomalaga chiqarish hajmi ishlab chiqarish hajmidan sezilarli darajada pasayib ketdi. Buning natijasida ishlab chiqarish jarayonida uzilishlarni vujudga kelishiga, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida debitor – kreditor summalari miqdorining sezilarli darajada oshib ketishiga olib keldi.
Banklarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini, ya’ni ularning rolini real sektorni kreditlash munosabatlari misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Mamlakat real sektori ishtirokchilari bank kreditiga nisbatan doimiy ravishda ehtiyoji mavjud bo‘lib, ushbu ehtiyoj ayniqsa, iqtisodiy inqiroz sharoitida ortib ketadi. Inqiroz sharoitida iste’mol tovarlarga nisbatan talabning hamda tovar va xizmatlar bahosining pasayishi, davlat buyurtmalari hajmining qisqarishi, debitorlarning to‘lovga layoqatsizligi korxonalarda qo‘shimcha moliyaviy resurslarga bo‘lgan kuchli talabni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Albatta, ushbu talab to‘lig‘icha banklarning kreditlari hisobidan qondirilishi, birinchidan, maqsadga muvofiq emas. Ikkinchidan, banklarda iqtisodiy inqiroz sharoitida ushbu ehtiyojni qondirish uchun etarli moliyaviy resurslarning taqchilligi paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, eng muhimi banklar tomonidan berilgan kreditlarning to‘liq qaytmaslik xavfi, ya’ni kredit riski vujudga keladi. Shu bois, iqtisodiy inqiroz sharoitida banklarning kreditiga talab yuqori bo‘lsada, banklar kredit quyilmalari hajmini oshirishga moyillik sezishmaydi. Bu banklarning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga emas, balki banklar ham tijorat muassasa sifatida asosiy e’tiborini iqtisodiy manfaatdorlik olishga qaratishini, eng muhimi banklar risk asosida kredit sifatida beradigan mablag‘lari o‘z mablag‘lari emas, balki chetdan jalb qilingan boshqa shaxslarning mablag‘lari hisobiga faoliyat yuritayotganligini unutmaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |