“Vatanimiz mustaqillikka erishgach, iqtisodiy-siyosiy, madaiy-ma`rifiy va ma`naviy hayotida ham jiddiy o`zgarishlar yuz berdi. Har bir sohaga oid yangi o`zgarishlar bo`ldi. Bularning barchasi o`zbek tili leksikologiyasi ham ta`sir ko`rsatdi. Masalan: sobiq ittifoqdagi davlat tuzumiga xos ayrim tushunchalar nomlari (partkom, raykom, obkom, sovxoz, oblast kabi so`zlar) iste`moldan chiqib, o`zbek tili lug`at boyligining tarixiy qatlamiga o`tib qoldi, ularning o`rnida hozirgi mustaqil O`zbekiston hayoti taqozo qilgan yangi so`z va atamalar (kollej, litsey, gimnaziya, reyting, test, marketing, minimarket, investitsiya, biznes kabilar) paydo bo`ldi”.1 Ma`lumki, xalqimiz boy til hisoblanadi. Bunga asosiy sabab chetdan kirib kelyotgan so`zlar. Bu so`zlar bizga turli xil sohalarda kirib kelomoqda. Chetda boshqa narsani anglatsa, bizda boshqacharoq ma`noda ishlatilmoqda. Hozirgi kunda har bir sohaga yangi so`zlar kirib kelmoqda, ular bilan xalqimiz boyiydi va sayqanlanadi. Quyidagi so`zlarni misoli va ta`rifi ta`riqasida sanab o`taman.
Iqtisodiyotga oid so`zlar: deputat, parlament, makler, broker, bloger, dizayn, instructor, jurnalist, bugalter.
Ijtimoiy tarmoqlarga oid so`zlar: Telegram, Facebook, Tik Top, Instagram, Imo, Zoom, Hemis, Hemans, Uzmobile, Ucell, trafik, sayt, fleshka, chip, link, lichka, internet, selfi, Yandex, skaner, Wifi.
Ta`limga oid so`zlar: atteststsiya, konferensiya, online, ofline, kundalikcom, modul, hemis, IT, PDP, Flutter, Support, Flesh, Tyutor, training, akademik, bootcamp, edication, guruppa.
IT ("Ay-ti" deb talaffuz qilinadi) – bu, inglizcha "information technologies" – axborot texnologiyalari iborasining qisqartmasidir. Bu qisqartma ko'plab tillarda shundayligicha qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mamlakat ichkarisida ishlab chiqarilgan hamda chet ellardan kirib kelayotgan har qanday dori mahsulotlaridan foydalanish ko'rsatmasi hamda yorliqlari o'zbek tilida ham bo'lishi shart qilib belgilangan. Shuning uchun bo'lsa kerak, bu sohaga oid tarjimalar ancha oldin boshlangan va unga ixtisoslashgan tarjimonlarda yaxshigina tajriba ham yig'ilgan.
Bloger so`zi ingliz tilidan kelib chiqqan bo`lib, "blog - ya'ni veb sayt yoki sahifa yurituvchisi" ma'nosini anglatadi.
Birinchi bloger sifatida Tim Berners Li tilga olinadi, u 1992 yildan boshlab yangiliklarni Internet orqali yoritib borish bilan shug`ullangan. Bloglar 1996- yildan boshlab mashhur bo`lishni boshlagan. 1999-yilda Pyra Labs kompyter kompaniyasi blog xizmatlarini bepul taqdim etuvchi Blogger.com saytini ishga tushiradi.
Training - inglizcha “oʻrgatish”, “tarbiyalash”, “mashq qildirish” degan ma`nolarni anglatadi. Ushbu texnologiya o`quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o`rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so`zlab bera olish. Trener har bir guruh va uning har bir a`zosiga mustaqil o`rganish, fikrlash va yodda saqlab qolish uchun alohida- alohida aniq yozma tarqatma material beradi(tarqatma material)da trener tomonidan tanlangan umumiy mavzu bo`yicha biron bir hajmdagi matn berilgan, ularning soni guruhlar va tinglovchilar soniga bog`liq.
Trafik bugungi kunda ushbu tushuncha odatda Internet-trafik, ya'ni siz qabul qilgan yoki Tarmoqqa yuborgan ma'lum bir gigabaytli ma'lumot degan ma'noni anglatadi. Masalan, mobil Internetdan foydalanishda ushbu qiymat cheklangan bo'lib, natijada foydalanuvchilar kun yoki oy oxirigacha qancha trafik qolganligini tekshirishlari kerakasturchilarning slangida trafik odatda veb-saytga kirganlar soni deb ataladi.
Attestatsiya (lot. attestatio – guvohnoma) – xodimning malakasini, oʻquvchilarning bilim darajasini bel-gilash; mahsulot, ish oʻrinlari sifatini aniqlash. Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasi quzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi — Oʻzbekistonda ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlarga fan, texnika, xalq taʼlimi va madaniyatning barcha yoʻnalishi boʻyicha ilmiy daraja va unvon beruvchi davlat organi.
Zoom so`zi inglizcgadan olingan bo`lib, “kattalashtirish” degan ma`noni bildiradi. Zoom — Zoom Video Communications kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan videokonferesiyalar uyushtirish imkonini beruvchi dastur. Pullik va bepul rejimlari bor. 2020-yilgi pandemiya vaqtida masofadan ishlovchilar va masofadan taʼlim oluvchilar va internet orqali jamoaviy suhbatlar uyushtiruvchilar soni oshgani sababli Zoom dasturi dunyo boʻylab ancha ommalashdi.
Kredit-modul tizimi, bu — ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash. Shavkat Mirziyoyev tomonidan 8-oktabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonda “respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish.
Sayt yoki web-sayt inglizcha website: web – «o’rgimchak to’ri, tarmoq» va site – «joy, segment, tarmoqning bir qismi» degan ma’nolarni anglatadi.Sayt – bu bitta domen nomidan foydalanadigan, bir-biriga bog’langan web-sahifalar to’plami. Web-saytlar shaxs, guruh, korxona yoki tashkilot tomonidan turli maqsadlarda yaratilishi mumkin. Barcha ommaviy web-saytlar butun dunyodagi internet to’rini tashkil qiladi.
Makler (nemischa: Makler) — sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi vositachi; tovarlar, qimmatli qogʻozlar, xizmatlar va boshqa oldisotdisida vositachilik qiladigan shaxs. Birja maklerlari birja xodim lari tarkibiga kiradi, tovar seksiyalarida savdo qiladi. Birja aʼzolari boʻlgan ayrim maklerlar oʻz hisobidan qimmatli qogʻozlarni sotib oladi va sotadi, haridor va sotuvchi brokerlarining oldi-sotdi boʻyicha ogʻzaki kelishuvlarini roʻyxatga oladi.
Misol ta`riqasida keltirgan so`zlarim so`ngi besh yil ichida yurtimizda oddiy o`zimizni so`zlar kabi muomalamizga singdi, desam yanglishmagan bo`laman. Chunki bu so`zlarni yosh va o`rta yosh insonlar adashmasdan, hech ikkilanmasdan qaysi sohaga oidligini bilishadi. Meni fikrimcha, yana besh yil ichida bu so`zlarni nafaqat, yosh va o`rta yosh insonlar balki, yoshi ulug` insonlarni ham muomalasiga kirishadi deb o`ylayman. Albatta, bu so`zlarni kelib chiqishi, kelib chiqqan joyida qanday atalishi va bizda u so`zning ma`nosi va qaysi sohalarda qo`llanish kerakligini bilib, o`rganishimiz zarur deb o`ylayman. Ushbu fikrimning dalili sifatida H.Jomolxonovning “Hozirgi o`zbek adabiy tili” kitobida keltirilgan lingvistik va ekstralingvistik omillar mavzusini keltirishim mumkin.
Lingvistik omillar. Bularga muayyan tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlari-fonemalar tizimi, lug`at boyligi, morfema tiplari, so`z yasash modellari, grammatik qurilishi, leksik, grammatik birliklarning semantik va funksional xususiyatlari, ular o`rtasidagi aloqa va munosabatlarni belgilovchi qoida-qonuniyatlar kiradi. Adabiy til taraqqiyoti birinchi navbatda, ana shularga tayanadi.1
Ekstralingvistik omillar. Bularga tildan tashqarida mavjud bo`lgan faktorlar kiradi: ijtimoiy tuzum formalari, tarixiy jarayonlar, xalqlar va millatlar o`rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma`rifiy aloqalar, ilm-fan rivoji, ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy tafakkur, inson ruhiyati, his-tuyg`ulari, til va yozuvga oid qonun va formalar shular jumlasidandir.2
Tilimiz yanada boyishi ta`rafdoriman, chunki yangi so`zlar kirib kelishi bilan bizda qaysi sohaga aloqadorligiga qarab, yangi g`oyalar, martabalar, loyihalar, ish o`rinlari yaratilmoqda. Bu millatimiz uchun foydali deb o`ylayman. O`zlashayotgan ko`p so`zlar ingliz tilidan o`zlashyapti, bu borada izlanishlar ham o`ziga yetarlicha. Yoshlarni tilga bo`lgan qiziqishi, aynan, shu o`zlashayotgan so`zlar orqali deb o`ylayman. Aynisa, ingliz tiliga bo`lgan qiziqishi va davlatimizning tilga bo`lgan e`tibori ham katta deb bilaman. Shunga yarasha keng imkoniyatlar davlatimiz tomonidan yaratilmoqda. Buning uchun biz doim izlanishda va harakatda, qaysi sohada bo`lishimizdan qat`iy nazar o`z oldimizga maqsadimizni aniq belgilab olib, u sari olg`a borishimiz kerak.
1 Jamolxonov H. Hozirgi o`zbek adabiy tili.-T.:”Talqin”. 2005. 7-b.
2 Jamolxonov H. Hozirgi o`zbek adabiy tili.-T.:”Talqin”. 2005. 7-b.
Do'stlaringiz bilan baham: |