BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHA- ROITIDA INVESTITSIYALARNI JALB QILISH VA ULARNI BOSHQARISH USULLARINI TAKOMIL-
LASHTIRISH YO„LLARI……………………………………. 60 Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishni boshqarish va uni takomillashtirish yo‗llari 60
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiyalarni boshqarishning strategik istiqbolli yo‗nalishlari……………….. 66
Investitsiyalarni jalb qilish va boshqarishning xorij tajribasi hamda uni mamlakatimizda tadbiq etish imkoniyatlari……….. 73
III bob bo‗yicha xulosa…………………………………………. 85
XULOSA 86 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‟YXATI…..……. 90 ILOVA 96 KIRISH
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Barchamizga ma‘lum, islohotlar va yangalanishlar o‗z-o‗zicha amaliyotga tadbiq qilinganda oxirgi ya‘ni yakuniy samara kutilganidek bo‗lmasligi yoki kutilgan natijaga keyinroq erishish mumkin bo‗ladi. Shuning uchun, yangi iqtisodiy tizim va munosabatlarning qaror topishida barcha tarmoqlar kerakli darajada hukumat tomonidan qo‗llab-quvvatlab boriladi, bu olib borilayotgan islohotlarninig samarali bo‗lishini kafolatlaydi.
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar va yangilanishlarni bosqichma-bosqich asta-sekinlik bilan amalga oshirish va bu jarayonda davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‗tishida o‗ziga xos turtki bo‗lib hisoblanadi. Bu jarayon investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarishni tartibga solish borasida ko‗plab yangi va mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim qarorlar qabul qilishni talab qiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ―Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‗zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e‘tiborga loyiq‖1 ta‘kidlab o‗tganlari bekjizga emas.
Lekin, iqtisodiyotimiz tarmoqlaridagi investitsiya faoliyatni to‗g‗ri yo‗lga qo‗ymasdan, investitsiyalarni jalb qilish va samarali o‗zlashtirish ishlarini amalga oshirmasdan, investitsiyalarni to‗g‗ri boshqarmay turib iqtisodiyotni barqaror o‗stirish, asosiy kapitalni yangilanishiga va ko‗payishiga, butun investitsion- sohada tarkibiy o‗zgarishlarga erishib bo‗lmasligi aniq ko‗rinib turibdi. Aynan ushbu natijalarga erishishda biz dissertatsiyamizdagi takliflar va tavsiyalarni ko‘rsatishni lozim deb topdik.
1 Karimov I.A. ― O‗zbekistonni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va mamlakatimizning 2016-yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturidagi eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan ma‘ruzasi‖ 2016 yil 17 yanvar. Xalq so‘zi.
O‗zbekistonda investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarishda yangi usullarni joriy qilish bo‗yicha bajarilgan ilmiy ishlar juda kam. Investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarish usullarining o‗ziga xos xususiyatlariga yetarlicha ilmiy yondashilmagan. Ushbu holat magistrlik dissertatsiya ishi mavzusining dolzarbligi belgilaydi.