Ma'lumki, dunyodagi har qanday mamlakat muvaffaqiyatli rivojlanmoqda yoki aksincha, rivojlanish ko'rsatkichlari juda past bo'lmoqda. Buning sababi esa avvalo davlat hokimiyati olib borayotgan siyosatdir. Ya'ni davlat siyosati - bu mamlakat taraqqiyoti
taktikasi va strategiyasini to'liq aks ettiruvchi siyosat bo'lib, shu siyosat tufayli ushbu mamlakat dunyoning boshqa davlatlari tomonidan tan olinadi yoki e'tiborga olinmaydi.
Davlat iqtisodiy, harbiy-texnik, agrar, sanoat, ta'lim, siyosat, savdo va boshqa sohalarda turli siyosatlar olib borishi mumkin. Ba'zan bu siyosatlarning umumiy nuqtasi mavjud bo'lib, iqtisodiy siyosatda kompleks aks etidi. Shuning uchun iqtisodiy siyosat u yoki bu mamlakatning umumiy davlat siyosatida hal qiluvchi, eng
muhim siyosat hisoblanadi.
Investitsiya siyosati ham mamlakatdagi iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir.
Demak, investitsiya siyosati - bu davlatning ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirishni, iqtisodiyotni modernizatsiyalashga qaratilgan siyosatidir. Bu siyosat ko'p jihatdan kapital qo'yilmalarning ustivor yo'nalishlarini to'g'ri tanlashga bog'liqdir. O'zbekistonda bu siyosat shahar va qishloqlarni qayta ta'mirlash va obodonlashtirishga, yangilarini qurishga, sanoat va xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlarida ishlab turgan korxonalarni kengaytirish va texnik qayta jihozlash, aholining uy-joyga bo'lgan ehtiyojini va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish, qazilma boyliklar zahirasini xo'jalik aylanmasiga samarali jalb qilishga, tabiatni muhofaza qilish va hokazolarga qaratilgan.
Investitsiya-qurilish jarayoni ijtimoiy ishlab chiqarishning eng muhim elementidir. Uningsiz takror ishlab chiqarishni tasavvur qilish mumkin emas. Bu faqat tabiiy
eskirish jarayonida ishdan chiqayotgan mehnat vositalarini almashtirish emas, balki ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirish, shu jumladan yuqori sifat darajasini,
iqtisodiy o'sishni va aholining farovon turmush darajasini ta'minlashdir.
Qurilish jarayoni - investitsiya jarayoni hamda qurilishning xalq xo'jaligining bir tarmog'i sifatida faoliyat ko'rsatishining asosiy bosqichidir. Uning tashkiliy tizimi uch bosqichdan iboratdir:
Qurilishni tayyorlash.
Bevosita qurilish jarayonining o’zi
Tayyor qurilish mahsulotini realizatsiya qilish
Investitsiya-qurilish faoliyatini samarali tashkil qilish quyidagi bir qator vazifalarning hal qilinishini ko'zda tutadi:
-investitsiya jarayonining asosiy bo'g'ini sifatida qurilish faoliyatini
tashkil qilishdagi asosiy yondashuvlar;
-investitsiya-qurilish faoliyatini tashkil qilishda bozor iqtisodiyoti
tamoyillarinihisobga olish;
-investitsiyalashda ustivor yo'nalishlarni tanlash va investitsiyalardan
foydalanish samaradorligini baholash;
-qurilishda yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni tashkil qilish va
uning samaradorligini baholash;
-pudrat tanlovlarini o'tkazishni tashkil qilish;
-investitsiya-qurilish risklarini boshqarish;
Investitsiya loyihasi - bu shunday hujjatki, unda kapitalni iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga yo'naltirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi ko'zda
tutilgan bo'lib, bu chora-tadbirlardan maqsad ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish va mavjud ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlashdir. Ushbu kapital qo'yilmalar quyidagi maqsadlarga sarflanishi mumkin:
- yangi qurilishga;
- ishlab turgan korxonalarni kengaytirish va qayta ta'mirlashga;
- ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va mehnat vositalarini modernizatsiyalashga;
- mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviy talablar darajasida saqlab
turishga va hokazo.
Ma'lum bir maqsadga qaratilgan investitsiya loyihalari yoki takliflar majmumasi investitsiya dasturini tashkil qiladi. Investitsiya dasturi o'z ko'lamiga qarab davlat, mintaqa yoki tarmoq miqyosida bo'lishi mumkin. Bunga 2017-2021 yillarga mo'ljallangan davlat investitsiyalari dasturini misol qilib keltirish mumkin. Bu dastur ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishda jiddiy o'zgarishlarni ko'zda tutgan.
E’tiboringiz uchun rahmat