“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” -25-
appletlarni veb-sahifalar asosida saqlash bilan dinamik axborotlarga ega bo‘lishga va
veb-axborotlardan foydalanuvchilar bilan interfaollikda bo‘lishga imkon beradi. MPI
va PVM kutubxonalar standart parallel dasturlar ishlab chiqarishga imkon beradi,
bunda dasturchi boshqa parallel kompyuterlarda bitta parallel kompyuter uchun
ishlab chiqilgan parallel dasturni oson o‘tkaza va bajara oladi. MPI parallel
kompyuterlarning taqsimlangan xotirasi uchun, PVM parallel kompterlarning
bo‘laklanadigan xotirasi uchun foydalaniladi.
Beshinchi avlod kompyuetrlarining xarakterli xususiyatlari quyidagilar
hisoblanadi:
1. Portativ kompyuterlar (noutbuk deb ataluvchilar) to‘rtinchi avlod
kompyuterlariga nisbatan ancha kichik va qulay bo‘lib, foydalanuvchilarga hisoblash
vositalaridan hatto sayohat paytida ham foydalana olish imkonini beradi.
2. Beshinchi avlodning stol PK (ShK) va ishchi stansiyasi to‘rtinchi avlod
PK (ShK)ga nisbatan bir necha marta kuchli.
3. Beshinchi avlod meynfreym va superkompyuterlar o‘zlari joylashgan bino
(xona) zarur tarzda konunsioner bilan ta‘minlanishini talab qilsa noutbuk stol ShK va
ishchi stansiyalar uchun kondisoner talab qilinmaydi.
4. Ular o‘tmishdoshlariga nisbatan kam energiya sarflaydi.
5. Ularning aparat qurilmalari o‘tmishdoshlariga nisbatan kam buziladi,
texnik xizmat ko‘rsatishga uncha ko‘p xarajat talab qilmaydi.
6. Beshinchi avlodning yirik ko‘lamli tizimlaridan ko‘pchiligi issiq (ishlab
turganida) almashuv funksiyasiga ega, bu esa ishlamay qolgan komponentni, tizimni
o‘chirmasdan, yangisiga almashtirish imkonini beradi.
7. Ularda o‘z o‘tmishdoshlariga nisbatan birlamchi va ikkilamchi saqlash
qurilmasi tez va katta.
8. Ular universal mashina hisoblanadi.
9. Ularni ishlab chiqarish elektron sxemaning alohida komponentlarini qo‘lda
yig‘ishni talab qilmaydi, bu esa yig‘ish bosqichida inson qo‘l mehnati va moliyaviy
xarajatlarni pasaytiradi. Shu tariqa, bu tizimni sanoat ishlab chiqarishi oson va arzon.
Shu bilan birga SBIS chiplar ishlab chiqarish uchun o‘ta murakkab texnologiya va
qimmatbaho uskunalar talab qilinadi (jahondagi bir necha tashkilotlardagina mavjud).
10. Yuqori darajali dasturlashtirishning standart tillaridan foydalanish bitta
kompyuter uchun yozilgan dasturlarni boshqa kompyuterda bajarish uchun
o‘tkazishni engillashtiradi.
11. Multimediyali funksiyalardan foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha
foydalanuvchilar interfeyslari tizimni hatto bolalar tomonidan ham o‘zlashtirlishini
osonlashtiradi.
12. Yangi va yanada kuchli ilovalar shu jumladan, multimediali ilovalar har
bir sohada tizimni yanada foydaliroq qiladi.
13. Internet ko‘lamining kengayishi Internet-vosita va ilovalar bilan birgalikda
bu tizimlarni oddiy odamlar hayotiga ham ta‘sir etadigan qilib qo‘ydilar.
14. Bu tizimlar ham maydalangan dasturiy ta‘minot konsepsiyasidan
foydalanadi. Bu esa foydalanuvchilarga o‘z ehtiyojlari va kerakli hisoblagan apparat
va dasturiy ta‘minotga mablag‘ sarflashlarini ta‘minlaydi.