“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” -22-
3. Ular uchinchi avlod kompyuterlariga nisbatan kam energiya (quvvat)
sarflardi.
4.Ular uchinchi avlod kompyuterlariga nisbatan ishonchliroq, apparatlarning
ishlamay qolishga moyilligi kamroq, texnik xizmat ko‘rsatishga kam xarajat talab
qilardi.
5. Ular uchinchi avlod kompyuterlariga taqqoslaganda tez ishlar, birlamchi va
ikkilamchi saqlanishiga ko‘rakatta xotiraga ega edi.
6. Ular umumiy foydalanishga mo‘ljallangan mashina edi.
7. Ularni tayyorlash elektron sxemaning alohida komponentlarini qo‘lda
yig‘ishni talab qilmasdi, bu esa yig‘ish bosqichida inson mehnati ulushi va moliyaviy
xarajatlar pasayishiga olib keldi. Shu bilan birga, BIS va SBIS fishkalar tayyorlash
uchun o‘ta murakkab texnologiya va qimmatbaho qurilmalar talab qilinar edi.
8. Bitta kompyuter uchun yozilgan dasturni boshqa kompyuterga oson
o‘tkazuvchi va bajaruvchi dasturlashtirishning yuqori standart tillaridan foydalanish
9. Foydalanuvchining grafik interfeysi (GUI) kompyuterni endi o‘rganayotgan
foydalanuvchilarga kompyuterdan foydalanishni tez o‘rganishga imkon berdi.
10. PK-ilovalar PKni ofis uchun ham, uyda foydalanish uchun ham kuchli
vositaga aylantirdi.
11. Kompyuterlar tarmog‘i disklar, printerlar v.b. kabi resurslarni bir qancha
kompyuterlar va ularning foydalanuvchilari tomonidan birgalikda foydalanishga
imkon berdi. Ularga, shuningdek, geografik jihatdan olis joylardagi kompyuterdan
foydalanuvchilar orasidagi o‘zaro aloqalar bilan bog‘liq takliflarning bir qancha
yangi turlarini ham qo‘shdilar. Korporativ ishlarni ta‘minlovchi kompyuterlar
(computer Supported Cooperative Working - CSCW) yoki guruhli ishlar ana shunday
takliflardan biri hisoblanib, uzoq (olis) joylarga joylashgan bitta loyihada ishlovchi
bir necha a‘zolar kompyuter tarmoqlari yordamida bir-birdari bilan hamkorlik
qiladilar.
12. Ixchamlashtirilgan dasturiy ta‘minotga qo‘shimcha ravishda bu tizim ham
apparatning ustqurmasi funksiyasini bajaradi. Bunda foydalanuvchilarga mablag‘larni
faqat o‘z ehtiyojlari va qimmatini hisobga olgan holda, apparat va dasturiy
ta‘minlashning konfigurasiyasiga investisiyalashga imkon beradi.
13. To‘rtinchi avlod PKlari kompyuter narxlarini hatto alohida shaxslar
uylarida shaxsan foydalanish imkonini beradigan darajaga keltirdilar.
14. To‘rtinchi avlodning superkompyuterlari bu tizimda foydalaniladigan katta
miqdordagi prosessorlarda ilovadarning turli qismlariga parallel ravishda ishlov
berishga imkon yaratdi. Bu o‘z navbatida, katta vaqt sarfini talab qiladigan ilovalar
bilan ancha tez ishlashga imkon berdi.