Iqtisodiyotda axborot- kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar



Download 0,64 Mb.
bet19/28
Sana30.12.2021
Hajmi0,64 Mb.
#96025
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
1-mavzu. Fаnga kirish

To’rtinchi avlod (1975-1989)

1965 yildan keyin kremniy chiplarga joylangan elektron kompyuterlarning o’rtacha miqdori har yili ikki martadan ortib boradi. Bu taraqqiyot keng ko’lamli integrasiyalanish (LSI) davriga olib keldi, bunda bitta chipda 30 000dan ortiq elektron komponentning integrasiyalashuvi mumkin bo’ldi, keyin yirik ko’lamli integrasiya (VLSI)davri keldi, bunda bitta chipda bir millionga yaqin elektron komponentlarni integrasiyalash mumkin. Bu taraqqiyot esa keskin rivojlanishga mikroprosessor arifmetik mantiqiy va nazorat funksiyalarini, hamma kompyuterlar faoliyatining asosiy turlarini bajarish uchun zarur bo’ladigan hamma sxemalarni bitta chipda saqlaydi. Shu tariqa, mikroprosessorli to’liq kompyuter, birlamchi ma’lumot saqlash qurilmalarining bir qancha qo’shimcha mikroxemalari, shuningdek, qo’llab-quvvatlovchi boshqa sxemalarini yaratish mumkin bo’ldi. U yangi ijtimoiy inqilobni – shaxsiy (personal) kompyuterlar (ShK) inqilobini boshladi. Ular ishlab chiqarishda uncha qimmat bo’lmay qoldi va ko’pchilik odamlarda kompyuterga egalik qilish imkoni tug’ildi.

1978 yilda Apple Computer Inc. kompanyaisidan Apple II va Radio Shack dan Tandy Corporation bo’limining TRS-80 modeli etakchi shaxsiy kompyuterlar bo’ldilar. 1980 yilga kelib, IBM shaxsiy kompyuterlar bozori ko’p narsa va’da qiluvchiligini anlaydilar va 1981 yilda IBM PC sifatida ma’lum bo’lgan o’zlarining xususiy PKlari bilan chiqdilar. Boshqa birqancha ishlab chiqaruvchilar IBMning tasniflari (spesifikasiyasi) dan foydalanib, o’zlarining keng ommaga ma’lum bo’lgan IBM birgalikdagi xususiy kompyuterlarini yoki klonlarini yaratdilar. IBM PC va uning klonlari to’rtinchi avlod davomida PK industrisida ommaviy standartga aylandi.

To’rtinchi avlodda magnit o’zakdagi yarim o’tkazguvli ma’lumot yig’uvchilar o’rnini katta xajmdagi qisqa murojaat vaqtiga ega bo’lganlari bilan almashdi. Qattiq disklar arzon, xajmi kichik va quvvati yuqori bo’lib qoldi. Magnit tasmalarga qo’shimcha ravishda qayishqok disklar dasturlarni va ma’lumotlarni bir kompyuter tizimidan boshqasiga o’tkazishda portativ tashuvchi sifatida ommalashdi.

To’rtinchi avlod davrida yirik ko’lamli kompyuter tizimi sohasida ham sezilarli siljishlar bo’ldi. To’rtinchi avlod meynfreymlar tizimiga yaxshilanishlarga qo’shimcha ravishda vektorli va simmetrik multiprosessorli texnologiyalar asosidagi superkompyuterlarning paydo bo’lishi bilan o’zini ko’rsatdi. Parallel vektorli ishlov berish texnologiyasi asosida qurilgan superkompyuter yuqori o’tkazish xususiyatiga ega tarmoqning nostandart koordinata kommutatori orqali xotiraning umumiy moduliga yuqori tezlikda murojaat qiluvchi qator xotira uskunalari bilan bog’liq nostandart vektorli prosessorlarning uncha ko’p bo’lmagan miqdoriga ega bo’ladi. Boshqa tomondan, ko’p prosessorli simmetrik texnologiyalar asosida qurilgan superkompyuterda yuqori tezlikdagi shinalar yoki kommutatorning ko’nadalang tarmog’i orqali umumiy xotiraga ulangan seriyali mikroprosessorlardan foydalaniladi. Birinchi kategoriyali superkompyuterlar ishlab chiqaruvchilarga Gray Research va ETA Sistems ni, oxirgi kategoriyalarga IBM, Silicon Graphies va Digital Equipment Corporationni kiritish mumkin.

To’rtinchi avlod davomida, yuqori tezlikda ishlovchi gi kompyuter tarmoqlari ham yaratildi. Bu bir necha kompyuterlarni o’zaro muomala qilish va ma’lumot almashish uchun birgalikda ishlashiga imkon berdi. Lokal hisoblash tarmoqlari (LHT) kompyuterlarni tashkilot yoki universitet shaharchasi ichida ommaviylashdi. Aynan shu tarzda global tarmoqlar ham (WAN) katta masofalarda joylashgan kompyuterlarni ulash uchun ommalashdi. Bular kompyuter tarmoqlari va taqsimlangan tizimlarga olib keldi.

Dasturiy ta’minot sohasida to’rtinchi avlodning yangi texnologiyalariga mos holda, ayrim yangi ishlanmalar ham paydo bo’ldi. Masalan, dasturchilar xususiy kompyuterlar uchun bir qancha operasion tizim ishlab chiqdilar. Ularning orasida MS-DOS, MS-Windows va Apple kompaniyasidan firmaga oid Mac OS tizimlari mashhur edi. Shaxsiy kompyuterlar hisoblash texnikasi sohasida malakasi bo’lmagan odamlarga mo’ljallanganligi uchun kompaniyalar ancha do’stona foydalanuvchi grafik interfeysini (GUI) ishlab chiqdilar. Foydalanuvchi grafik interfaysi (GUI) foydalanuvchilar “sichqoncha” yordamida tanlay oladigan belgichalar (rasmlar) va menyu (tanlov ro’yxati) dan iborat. Shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqaruvchilar va dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar PKlarni qudratli vositaga aylantirish uchun shaxsiy kompyuterlar asosida bir qancha yangi takliflar ishlab chiqdilar. Ularning orasida hujjatlarga, elektron jadvallarga ishlov berishni soddalashtirish imkonini beruvchi, matnlarga ishlov berishning kuchli paketlari alohida o’ringa ega bo’lib, u ustun va qator ko’rinishida, tashkil etilgan ma’lumotlarni hamda grafik paketlar ustida engil manipulyasiya o’tkazish va tahlil qilishga imkon berar, bu esa rasm va diagrammalarni chizishni osonlashtirishga imkon berardi. To’rtinchi avlod davrida ommalashgan yana bir o’ta foydali konsepsiya terminalning bitta oynasida bir qancha oyna (daricha)lar bilan ishlay olish imkoniyati edi. Bu xususiyat foydalanuvchilarga terminalning bitta ekranida bir vaqtning o’zida ilovalarning bir qancha qanchasi holatini alohida darchalarda kuzatish imkonini berdi.

Katta kompyuterlar uchun dasturiy ta’minot sohasida ko’p prosessori operasion tizimlar va dasturlashtirishning parallel tillari ommalashgan asosiy texnologiyalar qatoriga qo’shildi. Ko’p prosessorli operasion tizim yordamida meynfreym tizimlarida bir nechta prosessordan foydalanishi mumkin (asosiy prosessor va tobe prosessorlar), shu tariqa, tobe prosessorlar foydalanuvchilar terminallari va periferiyali qurilmalarni boshqara olishlari mumkin, bu esa asosiy prosessorni asosiy dasturlarga ishlov berishga jalb etilishiga, umumiy samaradorlik oshishiga imkon beradi. Superkompyuterlar, shuningdek, bu tizimda foydalaniladigan ko’p sonli prosessorlardan maksimal unumdorlik olmoq uchun ko’p prosessorni operasion tizimdan ham foydalanadilar. Bir vaqtning o’zida dasturlash tillari dasturchilarga o’z ilovalarini bu ko’p prosessorli tizimlar qismlari parallel ravishda bajara oladigan tarzda yozishga imkon berib, ushbu ko’p prosessorli tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanishga qo’shimcha ravishda yordam berdilar. Ushbu turning eng kuchli tili ADA edi.

To’rtinchi avlodda UNIX operasion tizimi ham keng yirik ko’lamli tizimlarda foydalanish uchun o’ta ommalashdi. Bundan tashqari, kompyuter tarmoqlarining tarqalishi munosabati bilan bir necha kompyuterning bir-biri bilan muomalaga kira olishi va o’sha tarmoq resurslaridan birgalikda foydalanishga imkon berish uchun bir qancha yangi funksiyalar mavjud operasion tizimga ulandi.

To’rtinchi avlod davomida ommalashgan ayrim boshqa dasturiy texnologiyalarga S dasturlashtirish tili, dasturiy ta’minlashning ob’ektga yo’naltirilgan loyihalashtirilishi va ob’ektga yo’naltirilgan dasturlashtirishlar kiradi. S tili o’zida assembler samaradorligi bilan yuqori darajali dasturlashtirish tillari xususiyatlarini jamlaydi. Dasturiy ta’minlashning ob’ektga yo’naltirilgan loyihalashtirilishining asosiy vazifasi dasturni umumlashtirish va ob’ekt deb ataluvchi dasturiy kodlarning takroriy foydalaniladigan qismlarini birlashtirish yo’li bilan dasturiy tizimni yaratish hisoblanadi. Dasturiy ta’minlashning ob’ektga yo’naltirilgan loyihalashtirilishini engillashtirish (osonlashtirish) uchun dasturlashtirishning bir qancha ob’ektga yo’naltirilgan tillari kiritildi. Ulardan SQQ eng ommaviy ob’ektga yo’naltirilgan til sifatida paydo bo’ldi.

To’rtinchi avlod kompyuterlarining xarakterli xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi.

1. PK meynfeymlar yoki uchinchi avlod mini EHMlariga nisbatan kichik va arzon edi.

2. To’rtinchi avlod meynfreymlari va superkompyuterlari uchun ular turgan bino (xona) kondisioner bilan ta’minlanishi talab qilinishiga qaramay, xususiy kompyuterlarga kondisioner talab etilmaydi.

3. Ular uchinchi avlod kompyuterlariga nisbatan kam energiya (quvvat) sarflardi.

4.Ular uchinchi avlod kompyuterlariga nisbatan ishonchliroq, apparatlarning ishlamay qolishga moyilligi kamroq, texnik xizmat ko’rsatishga kam xarajat talab qilardi.

5. Ular uchinchi avlod kompyuterlariga taqqoslaganda tez ishlar, birlamchi va ikkilamchi saqlanishiga ko’rakatta xotiraga ega edi.

6. Ular umumiy foydalanishga mo’ljallangan mashina edi.

7. Ularni tayyorlash elektron sxemaning alohida komponentlarini qo’lda yig’ishni talab qilmasdi, bu esa yig’ish bosqichida inson mehnati ulushi va moliyaviy xarajatlar pasayishiga olib keldi. Shu bilan birga, BIS va SBIS fishkalar tayyorlash uchun o’ta murakkab texnologiya va qimmatbaho qurilmalar talab qilinar edi.

8. Bitta kompyuter uchun yozilgan dasturni boshqa kompyuterga oson o’tkazuvchi va bajaruvchi dasturlashtirishning yuqori standart tillaridan foydalanish

9. Foydalanuvchining grafik interfeysi (GUI) kompyuterni endi o’rganayotgan foydalanuvchilarga kompyuterdan foydalanishni tez o’rganishga imkon berdi.

10. PK-ilovalar PKni ofis uchun ham, uyda foydalanish uchun ham kuchli vositaga aylantirdi.

11. Kompyuterlar tarmog’i disklar, printerlar v.b. kabi resurslarni bir qancha kompyuterlar va ularning foydalanuvchilari tomonidan birgalikda foydalanishga imkon berdi. Ularga, shuningdek, geografik jihatdan olis joylardagi kompyuterdan foydalanuvchilar orasidagi o’zaro aloqalar bilan bog’liq takliflarning bir qancha yangi turlarini ham qo’shdilar. Korporativ ishlarni ta’minlovchi kompyuterlar (computer Supported Cooperative Working - CSCW) yoki guruhli ishlar ana shunday takliflardan biri hisoblanib, uzoq (olis) joylarga joylashgan bitta loyihada ishlovchi bir necha a’zolar kompyuter tarmoqlari yordamida bir-birdari bilan hamkorlik qiladilar.

12. Ixchamlashtirilgan dasturiy ta’minotga qo’shimcha ravishda bu tizim ham apparatning ustqurmasi funksiyasini bajaradi. Bunda foydalanuvchilarga mablag’larni faqat o’z ehtiyojlari va qimmatini hisobga olgan holda, apparat va dasturiy ta’minlashning konfigurasiyasiga investisiyalashga imkon beradi.

13. To’rtinchi avlod PKlari kompyuter narxlarini hatto alohida shaxslar uylarida shaxsan foydalanish imkonini beradigan darajaga keltirdilar.

14. To’rtinchi avlodning superkompyuterlari bu tizimda foydalaniladigan katta miqdordagi prosessorlarda ilovadarning turli qismlariga parallel ravishda ishlov berishga imkon yaratdi. Bu o’z navbatida, katta vaqt sarfini talab qiladigan ilovalar bilan ancha tez ishlashga imkon berdi.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish