3. CHorvachilik tarmoqlarini, ularda maxsulot etishtirishni rivojlantirish va samaradorligini oshirish yo‘llari
Jamiyatning ekologik jixatdan toza maxsulotlarga bo‘lgan talabi o‘sib bormoqda. Ammo bu boradagi talab xozirgi davrda to‘liq qondirilgani yo‘q. Muammoni xal etish uchun bir qancha tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, chorvachilikda iqtisodiy isloxotlarni yanada chuqurlashtirish kerak. Bu jarayonni bir necha yunalishlar bo‘yicha amalga oshirish mumkin. Masalan, respublika xududlarining, xo‘jaliklarning yunalishlarini e’tiborga olgan xolda chorvachilik tarmoqlarini maqsadga muvofiq joylashtirib, ularni ixtisoslashtirish jarayonlarini rivojlantirishga e’tibor berish lozim. CHorva xayvonlarini ijara pudratchilariga, chorvachilik fermalarini esa ijaraga berish, ijarachilarga talabini qondiradigan xajmdagi ekin maydonlarini xam uzoq muddatga ijaraga ajratish zarur. Bu jarayonda samaradorlikka erishish uchun ijarachilar moliyaviy mabla\lar bilan etarli miqdorda ta’minlanishiga xam aloxida e’tibor berish kerak. Bu tadbir ochiq tanlov asosida shu soxa bo‘yicha tajribali, bilimdon, qonun ustuvorligini tan oladigan, insofli, ma’naviyati yuqori bo‘lgan fuqarolar zimmasiga yuklanishi maqsadga muvofiqdir.
SHirkat xo‘jaliklari maxsulot etishtirish maqsadida chorva xayvonlarini a’zolariga ijara pudrati asosida berishini xam rivojlantirish mumkin. Bunda pudratchilar chorva xayvonlari bosh sonini ko’paytirish, zotlarini yaxshilash, maxsuldorligini oshirib, tobora ko’proq maxsulot etishtirish uchun qilgan xizmatlari va etishtirgan maxsulotlari miqdoriga ko‘ra, ra\batlantirilishlari lozim.
Xo‘jaliklarda bu masalalarni xal etishda erlar unumdorligi oshishini ta’minlaydigan tadbirlarga xam aloxida e’tibor qaratishlishi zarur. Bu borada ijara munosabatlarini erkin bozor talablariga moslashtirish kerak.
CHorvachilik fermalarining zamonaviy talablarga javob beradigan moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich rivojlantirishga aloxida e’tibor berish vaqti keldi. CHorvachilik bino-inshootlari fan-texnika yutuqlarini e’tiborga olgan xolda moslashtirilishiga, tegishli vositalar bilan ta’minlanishga, chorva xayvonlari yaxshi parvarishlanib, sifatli maxsulot etishtirishda yangi texnikalar, il\or texnologiyalar joriy etilishiga erishish lozim. SHudagina tarmoqda ishlab chiqarish jarayonlari mexanizatsiyalashtirilib, mexnat unumdorligining oshishi ta’minlanadi. Naslchilik ishlarini rivojlantirib, sermaxsul chorva zotlarini yaratib, ular ishlab chiqarishga tezroq tatbiq etilishini ta’minlash, bunda zotli, sermaxsul chorva xayvonlarini sotib olish variantidan foydalanishni xam esdan chiqarmaslik kutilgan natijaga erishish imkoniyatini kengaytiradi.
CHorvachilikning ozuqa bazasini mustaxkamlash uchun em-xashak etishtiriladigan maydonlarni kengaytirib, ekinlarni almashlab ekishni rivojlantirish lozim. Bunda em-xashak ekinlari ekiladigan maydonlarning suv ta’minotiga, meliorativ xolatini yaxshilashga xamda organiq va mineral o‘\itlardan talab darajasida foydalanishga aloxida axamiyat berish zarur. Bu masalani xal etish uchun qayta ishlash sanoati korxonalarida ishlab chiqariladigan to’yimli ozuqa moddalari talab darajasida olinishini, chorva mollariga shakllangan ozuqa ratsion asosida vaqtida berilishini xam tashkil etish zarur. Bu masalaning dolzarbligini e’tiborga olib, respublika xukumati xo’jaliklarga iqtisodiy jixatdan ko’maklashish yo‘llarini, mexanizmlarini ishlab chiqqan. Jumladan, oziq-ovqat maxsulotlari etishtirishni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish, shu maqsadda chetdan moddiy-texnika resurslari keltirilsa, ular bojxona to’lovlaridan ozod etilishi va boshqa chora-tadbirlar belgilangan.
Bu jarayonda chet el investitsiyalari jalb etilishiga aloxida e’tibor berish zarur. CHunki xozirgi davrda bu masala juda sust echilmoqda.
YUqoridagilar bilan birga chorvachilik maxsulotlarining shartnomaviy baxolari inflyasiya darajasini e’tiborga olgan xolda oshirilishiga xam davlat tomonidan yordam ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. CHunki bu maxsulotlarni asosan davlat aksiyadorlik korxonalari sotib olmoqdalar.
Ta’kidlangan barcha masalalarning ijobiy xal etilishi tarmoqlarda faoliyat ko’rsatayotgan ishchi-xizmatchilarning munosabatlariga, bilimiga, tajribasiga, e’tiqodiga, onggiga xamda ra\batlantirilishiga bevosita bo\liq. SHunday ekan, bu masalalarni xal etish mexanizmlarini, yo‘llarini yanada rivojlantirish zarur. Ishchi-xizmatchilarning ish xaqlarini vaqtida berish xamda ularni etishtirgan maxsulotlari miqdori va sifatini e’tiborga olgan xolda mukofotlashning real usulini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
CHorvachilik tarmoqlari xisoblangan parrandachilik, pillachilik, yilqichilik, asalarichilik, baliqchilik iqtisodiyoti xaqida xam shu mazmundagi fikrlarni aytish mumkin. Lekin bu tarmoqlarning iqtisodiyotini o’rganishda ularning o’ziga xos xususiyatlarini, jumladan, parrandachilikni sanoat negizida xamda \allachilik xo‘jaliklarida tashkil etib, rivojlantirish va boshqalarni e’tiborga olish lozim.
YUqorida ko’rsatilgan masalalarning xal etilishi natijasida chorvachilik tarmoqlari rivojlanib, samaradorligi yuksalishi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |