2.CHorvachilik tarmoqlarida etishtiriladigan maxsulotlar darajasi va samaradorligi
CHorvachilik tarmoqlarining rivojlanishini, ishlab chiqarish faoliyati samaradorlik darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar ifodalaydi:
- chorva xayvonlari bosh sonining o‘zgarish darajasi. Uni aniqlash uchun xaqiqiy muddatga bo‘lgan ma’lumot bo’yicha ko’rsatkichni qiyoslanayotgan vaqtdagi ma’lumot bo’yicha ko’rsatkichga taqsimlash lozim. Bu usuldan foydalangan xolda etishtirilayotgan chorvachilik maxsulotlari miqdorini, tarmoq maxsuldorligining yillar bo‘yicha o‘zgarishini aniqlash, bu boradagi ko‘rsatkichlar koeffitsientda yoki foizda aniqlanishi mumkin;
- chorva xayvonlarining maxsuldorligi. Bu ko‘rsatkich etishtirilgan maxsulot miqdorining (turlari bo‘yicha) shu maxsulotni bergan xayvonlar bosh soniga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
CHXmq
Bunda: CHXm–chorva xayvonlarining maxsuldorligi (kg);
Mm–etishtirilgan go‘sht, sut, jun, tuxum miqdori (sentner, ming dona);
Bs- chorva xayvonlarining bosh soni.
- chorva xayvonlarining sutkalik o‘rtacha o‘sish vazni. U chorva xayvonlarining ma’lum muddatdagi o‘sgan vaznini shu o‘sishni ta’minlagan muddatga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Suq ; Bunda: Su–chorva xayvonlarining sutkalik o‘sishi (grammda);
Xu–xayvonlarning ma’lum muddatdagi o‘sgan miqdori (kg);
M–maxsulot o‘sishini ta’minlagan muddat (sutka);
- chorvachilik maxsulotlarining 1 sentnerini etishtirish uchun sarflangan ozuqa birligi. Uni aniqlash uchun sarflangan ozuqa birligi miqdorini shu ozuqa evaziga etishtirilgan maxsulot miqdoriga (turlari bo‘yicha) taqsimlash lozim yoki uning aksidan xam foydalanish mumkin;
- chorva xayvonlarining sutkalik o‘rtacha o‘sish vazni.chorvachilik tarmoqlaridagi mexnat unumdorligi (kg/kk; kk/kg; sum/kk...). U maxsulot etishtirish uchun sarflangan vaqt miqdorining shu vaqtda etishtirilgan maxsulotga nisbati bilan yoki aksincha aniqlanadi;
- chorvachilik tarmoqlarining, maxsulotlarining (turlari bo‘yicha) rentabellik (foydalilik) darajasi. Bu ko‘rsatkichlarni aniqlash tartibi ma’ruzalar matnini XIII-XIV boblarida keltirilgan.
Respublikada bozor munosabatlarini shakllantirish chorvachilik tarmoqlarida xam davlat raxbarligida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan, dastavval davlat va jamoa mulki xisoblangan chorvachilik tarmoqlari Respublika Vazirlar Maxkamasining 1993 yil yanvardagi qaroriga binoan xususiylashtirila boshlandi. Bunda sotib oluvchilarning mabla\lari etishmagan xollarda kreditlar xam berildi. Natijada bu soxada xam mulkdorlar shakllana boshladi. Ammo ulkan siyosiy axamiyatga molik bo‘lgan bu tadbir kutilgan natijalarni bermadi. CHunki chorva moliga ega bo‘lgan mulkdorlar ularni em-xashak, ya’ni ozuqa bilan ta’minlay olmaganliklari sababli ko’p o’tmay zotli, sermaxsul xayvonlarni sota boshladilar. Bunday xolning shakllanishiga chorvachilikni xususiylashtirish jarayonida mollarni ozuqa bilan ta’minlaydigan miqdordagi ekin maydonlari uzoq muddatga ijaraga berilmaganligi sabab bo’ldi. Natijada Respublika viloyatlarining barcha jamoa, shirkat xo‘jaliklaridagi chorva xayvonlarining miqdori 1996-2001 yillarda keskin kamaydi. CHunonchi, qoramol bosh sonlari 1095,6 ming boshdan 32,2 foizga kamayib, 743 ming boshni tashkil etgan. SHu yillarda sigirlarning bosh soni 310,2 mingtadan 236 mingtaga tushib, 23,3 foizga kamaygan. qoramollar bosh soni ayrim viloyatlarda keskin qisqargan. Masalan, Sirdaryo viloyatida 58,6 foizga; Jizzax viloyati xo‘jaliklarida esa 55,6 foizga; Far\ona viloyati xo‘jaliklarida 40,7 foizga; Samarakand va Surxondaryo viloyatlaridagi jamoa va shirkat xo‘jaliklarida 37,352 foizga kamaygan (34-jadval).
34-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |