Iqtisodiyot va turizm


Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil etish o‘z ichiga quyidagi yo‘nalishlarni oladi



Download 323,5 Kb.
bet5/6
Sana16.07.2021
Hajmi323,5 Kb.
#121260
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Z.Ro'zimurodova-Menejment

Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil etish o‘z ichiga quyidagi yo‘nalishlarni oladi:

— xodimlar mehnatining taqsimlanishi va ularni korxona ko‘lamlarida va har bir bo‘linmalar doirasida kooperatsiyalashuvi;

— xodimlarni tanlash va joy joyga qo‘yish hamda lavozimli vazifalarga muvofiq ularning malakalari darajasini ta’minlash;

— boshqaruv xodimlarining ularni boshqarish bo‘yicha ishlab chiqarish jamoasi tarkibida va uni muhandis-texnik ta’minlash bo‘yicha faoliyatini tashkil etish;

— ish joylarini tashkil etish va jihozlash;

— ishning ilg‘or usullaridan foydalanish;

— mehnatning qulay sharoitlarini yaratish;

— mehnatni me’yorlashtirish;

— boshqaruvning texnik vositalari, axborot texnologiyalari, shaxsiy kompyuterlardan foydalanish;

— mehnatni rag‘batlantirish.

Mamlakatimizda keyinchalik (70-yillarning boshlarida) BMITQ rivojlanish tendensiyalarini aks ettiruvchi «tashkiliy loyihalashtirish» tushunchasi paydo bo‘lgan. Tashkiliy loyihalashtirish bu boshqaruv mehnatini boshqaruv apparati ishi samaradorligini oshirish maqsadida MITQ talablari va zamonaviy tashkiliy hamda hisoblash texnika bazasida oqilonalashtirish loyihalarini ishlab chiqish va tatbiq etish jarayonidir. Tashkiliy loyihalashtirishni quyidagi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirish taklif etilgan:

— boshqaruv apparatining tashkiliy va vazifaviy tuzilishini

oqilonalashtirish;

— ishlarning asosiy va eng ommaviy turlarini bajarish texnologiyasi, mehnat sharoitlari va xodimlarning ish vaqtidan foy- dalanishni oqilonalashtirish;

— boshqaruvning ushbu apparati faoliyatini hujjatlashtirish va hujjatlar bilan ta’minlashni oqilonalashtirish;

— boshqaruv apparatini tashkiliy va hisoblash texnikasi bilan jihozlanganligini oshirish va xodimlar mehnatini avtomatlashtirish.

Xorijda boshqaruv mehnatini takomillashtirish (oqilonalashtirish) jarayonini ta’riflovchi bir qator atamalar qo‘llaniladi. Masalan, AQSHda «Tizimlar va usullar», «Tizimli loyihalashtirish», «Biznes jarayonlarning reinjiniringi», Buyuk Britaniyada «Ishni tadqiq qilish» va «Tashkil etish va usullar» atamalaridan foydalaniladi.Mamlakatimizda xorijga nisbatan yaqinda, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish zaruriati, ya’ni XX asr 50-yillar oxiri va 60-yillarning boshida vujudga kelgan. Xorijiy mualliflar «ma’muriy boshqaruvdagi inqilobni» boshqaruv apparati va unga xarajatlarning o‘sishi, ma’muriy (idora) ishining hajmlari o‘sishi, korxonalarda boshqaruv vazifalarining yangi turlari (reklama faoliyati, ijtimoiy sug‘urta, jamoatchilik bilan aloqalar va h.k.) paydo bo‘lishi, axborot va hujjatlar aylanishi hajmlari keskin o‘sishi va natijada boshqaruv mehnatini aniq tashkil etish, boshqaruv jarayonlarini oqilonalashtirish, ya’ni boshqaruv faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha majmuaviy harakatlar zarurligi bilan bog’laydilar.Rahbar, mutaxassis ishini oqilona tashkil etish barcha bajarilayotgan ishlarni hisobga olish, o‘z ish vaqti ustidan mantazam ravishda nazorat qilish, ish vaqti xarajatlari tuzilishini o‘rganishni taqozo qiladi. Bu ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish, shaxsiy ish va boshqaruv xodimlari mehnatini ilmiy tashkil etish bo‘yicha tadbirlarning asoslangan rejalarini tuzishga imkon beradi. Rahbarlar va mutaxassislar mehnatining mazmuni va ish vaqti xarajatlarining tuzilishini o‘rganish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

— anketali va og‘zaki so‘rovlar, u xodimni uning mehnati qanchalik oqilona tashkil etilganligi haqidagi fikrini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi: xodimning nuqtayi nazaridan uning vazifasi aniq belgilab berilganmi, unga o‘z vazifasiga taalluqli bo‘lmagan ishlarni bajarishga to‘g‘ri kelganmi (qanday va qancha vaqtda), uning ishi rejalashtiriladimi va rejadan tashqari ishlarning salmog‘i qanday, ish vaqtini yo‘qotilishlari bormi (ularning miqdori, sabablari), ishda mexanizatsiya va tashkiliy texnikaning vositalari qo‘llaniladimi (ulardan foydalanish), xodimning ish joyini tashkil etilishi va mehnat sharoitlari qanoatlantiradimi va nihoyat, xodimda mehnatni tashkil etishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bormi;

— ish vaqtining suratini olish, u kuzatishlarining rejalashtirilgan davri davomida uning xarajatlari tizimini belgilash uchun qo‘llaniladi. Bunda ish vaqti sarflanishini o‘rganish, vaqtning barcha istisnosiz sarflanishini, ularning haqiqiy izchilligini tartibda kuzatish va o‘lchash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Ish vaqtini suratga olish maxsus ajratilgan shaxs tomonidan o'tkaziladi, u yoppasiga (ya’ni, butun ish kuni davomida) yoki tanlovli bo‘lishi mumkin. Keyingi holda ish vaqtini alohida vazifalar (ish turlari) bo‘yicha, shu jumladan takrorlanuvchilar hamda ishning alohida davralari (davrlari) bo‘yicha o‘rganiladi;

— ish vaqtini o‘zini o‘zi suratga olishda ish vaqtini sarflanishini hisobga olish bevosita MITQ xizmatlari rahbarligi ostida ishlovchilar tomonidan amalga oshiriladi. U o‘zini o‘zi suratga olishning maxsus varaqchalari yordamida olib boriladi, unda barcha bajariladigan ishlar yoki soatning ma’lum qismini tashkil qiluvchi qayd etilgan oraliqlardagi tanaffuslar ro‘yxatga olinadi;

— bir zumli kuzatishlar usuli, turli toifali MTX va xizmatchilar mehnatining mazmuni va ish vaqtining sarflanishini o‘rganish uchun qo‘llaniladi.


Download 323,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish