Iqtisodiyot va turizm



Download 323,5 Kb.
bet1/6
Sana16.07.2021
Hajmi323,5 Kb.
#121260
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Z.Ro'zimurodova-Menejment


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT VA TURIZM” FAKULTETI

MOLIYA” KAFEDRASI



MENEJMENT FANIDAN

MUSTAQIL ISHI

Mavzu:Boshqaruv mehnati va uni tashkil etish

5230600-Moliya ta’lim yo’nalishi

Bajardi: Z.Ro’zimurodova

Qabul qildi: CH.Xo’jakeldiyev
T ermiz-2020
Mavzu: Boshqaruv mehnati va uni tashkil etish

Reja:

1. Boshqaruv mehnati: ta’rifi va xususiyatlari

2. Boshqaruv mehnatining turlari

3. Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil etish

Xulosa:


  1. Boshqaruv mehnati: ta’rifi va xususiyatlari

Boshqaruv mehnati — bu ma’muriy boshqaruv xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiyalar va ishlardir. Boshqaruv mehnati mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash davrlarida ajratiladi.Ma’muriy boshqaruv xodimlarining mehnati yig‘ma ijtimoiy mehnatning ajralmas qismidir. Demak, boshqaruv tizimidagi mehnat qanchalik samarali bo‘lsa, yig‘ma mehnatning natijalari ham shunchalik yuqori.Ammo ma’muriy boshqaruv xodimlari, ishchilardan farqli ravishda, o‘zlari bevosita mehnat predmetiga ta’sir ko‘rsatmaydilar, ya’ni o‘zlarining qo‘llari bilan (mehnat vositalaridan foydalanish bilan) moddiy boyliklarni ishlab chiqarmaydilar. Ular bevosita ishlab chiqarish (tijorat) operatsiyalarini bajarish bilan band bo‘lgan odamlarning samarali mehnatlari uchun kerakli tashkiliy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratadilar.

Demak, boshqaruv vazifalari bajarilishi qanchalik sifatli bo‘lsa,ishlab chiqarish obyekti shunchalik ishonchli va samarali faoliyat yuritadi. Boshqaruv mehnati jarayonida belgilangan resurslar moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari — binolar, inshootlar, boshqaruv apparati xodimlarining mehnat vositalari va predmeti, boshqaruv tizimi faoliyatini yuritish xarajatlari, malakali mutaxassislar va h.k.dan foydalaniladi. Ulardan foydalanish samaradorligi ham ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijalariga ta’sir etadi. Shunday qilib, boshqaruv mehnati ijtimoiy ishlab chiqarish mehnatining turli-tumanligidir, chunki u yig‘ma mahsulot ishlab chiqaruvchi va boshqaruv xodimlari faoliyatining natijasidir. U ishchilar mehnati singari zarur.Boshqaruv mehnati g‘oyatda turli-tuman, shu sababli ushbu mehnatning mazmunini ta’riflovchi operatsiyalar va tadbirlarni aniq tasniflash, turlarga ajratish qiyindir. Shu bilan birga boshqaruv operatsiyalari doirasi kengaymoqda, operatsiyalarning o‘zlari esa bir tomondan boshqaruv usullarini ularni qo'llash sohalaridagi o‘zgarishlar oqibatida, boshqa tomondan axborotlarni saqlash, uzatish, jamlab, ishlab chiqishning yangi texnik vositalaridan foydalanish o‘sishi munosabati bilan turlarini o‘zgartirmoqdalar. Boshqaruv mehnati operatsiyalari, tadbirlari mazmuniga kompyuter texnikasi inqilobiy o‘zgarishlar kiritmoqda, u tubdan yangi axborot texnologiyalarini tatbiq etish imkonini ber-moqda.Shunga qaramasdan boshqaruv mehnatning, hammadan avval, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida eng xarakterli operatsiyalarini ajratish mumkin. Ular quyidagilardan iborat:

— vazifani qo‘yish;

— qo‘lda va kompyuterdan foydalangan holda axborotlarni

izlash;

— axborotlarni tahlil qilish;

— axborotlarni guruhlarga ajratish (qo‘lda yoki kompyuterdan

foydalanish bilan);

— kompyutersiz oddiy hisoblashlar;

— kompyuterni qo‘llash bilan hisob-kitoblar;

— qarorlarni tayyorlash;

— qarorlarni yakka holda qabul qilish;

— qarorlarni jamoaviy qabul qilish;

— hujjatlarni rasmiylashtirish, xatlarni tuzish va h.k.

Ma’muriy-boshqaruv xodimlarining yig‘ma mahsulot predmetiga ta’sir ko‘rsatishi axborotlardan foydalanish va uni ushbu obyekt holatini qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo'nalishiga o‘zgartirish uchun tegishli qarorlarni o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnatining asosiy xususiyati predmetning axborotli xarakteri va ularning mehnati jarayoni (o‘zining mazmuni va natijalari bo‘yicha)ni mehnatning boshqa turlaridan tubdan farqlanishi bilan asoslangan mehnat mahsulotidan iborat bo‘ladi.Boshqaruv mehnatining yakuniy mahsuloti -obyektga boshqaruv ta’sirlarining o‘lchamlarini belgilab beruvchi qarorlardir. Umuman xizmatchilar mehnatlarining natijalari ular tomonidan chiqarilgan farmoyishlar va hujjatlarning soni bo‘yicha emas, balki ularning tashkilot yoki tashkilot bo‘linmasining butun jamoasi faoliyatiga ta’siri bo‘yicha baholanadi. Bundan, xizmatchilar mehnatini tashkil qilish masalalarini hal etishga g‘oyatda muhim o‘ziga xos talab kelib chiqadi — tarkibiy va hujjatiy ortiqchaliklarni aniqlash va bartaraf qilish, boshqaruvning tashkiliy shakllarini ehtimol bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish bilan takomillashtirish maqsadida har xil mehnat vazifalarini bajarish usullari va vositalarini oldindan tahlil qilish.Bu jihatdan boshqaruv sohasidagi mehnat ilmiy mehnatga yaqinroq, ko‘proq uni eslatadi. Ammo agar ilm sohasida asosan ilmiy axborotlar bilan harakat qilinsa, boshqaruv mehnati o‘z orbitasiga hisob-statistik, ilmiy-texnik, bashoratli-tahliliy, rejaviy, operativ va iqtisodiy axborotlarning boshqa turlarini jalb etadi.

Boshqaruv mehnatining boshqa xususiyati uning aqliy harakatlaridir. U predmet va mehnat predmetinmg axborotli xarakteridan kelib chiqadi, shunga ko‘ra ma’muriy-boshqaruv xodimlari qarorlar qabul qilishda ko‘proq asabiylashadilar.Boshqaruvda, mehnat faoliyatining har qanday boshqa turidagi kabi, mehnat taqsimoti mavjud. Bunday taqsimot boshqaruv obyektlari farqlanishi sababli paydo bo'ladi. Boshqaruv obyekti sinflari, turlari farqlanishi boshqaruvni iqtisodiyot tarmoqlari, sohalari, boshqariladigan obyektning turiga ko‘ra boshqaruvchilar ixtisoslashishlari zaruriyatini keltirib chiqaradi. Boshqaruv faoliyatining turlari, boshqaruv mutaxassisliklari bo‘yicha taqsimlanadi, masalan, tahlilchilar, rejalovchilar, hisobchilar, menejerlarga ajratiladi.

Boshqaruv mehnati bilan band bolgan xodimlar bajaradigan ishlar, operatsiyalar, tadbirlarning aniq mazmuni nuqtayi nazaridan ularning boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishdagi rollari ham boshqaruv xodimlarining har xil guruhlariga taqsimlanadi. Bunday taqsimot ayrim operatsiyalarning murakkablik darajasi, kasbiy mahoratga talablar, qarorlarni qabul qilishdagi vakolatlarni aks ettiradi. Boshqaruvda to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki vositali ishtirok etuvchi, ba’zan «oq yoqachalar» nomi bilan mashhur rahbarlar, xizmatchilar bajarilayotgan vazifalarning xarakteri va mazmuniga ko‘ra uch toifaga bo‘linadi:

— boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruv ta’sirlarini bevosita amalga oshirish vakolatini olgan rahbarlar (menejerlar);

— boshqaruv xizmatlari apparati xodimlari shaxsidagi mutaxassislar, amaldorlar, ular boshqaruv obyekti haqidagi axborotlarni tahlil qiladilar, boshqaruv qarorlarini tayyorlash, muhokama qilish, tanlashda ishtirok etadilar, boshqaruvchilar uchun tavsiyalar tayyorlaydilar;

— boshqaruvchilar va mutaxassislarga xizmat ko‘rsatuvchi, boshqaruv jarayoni va uning ishtirokchilarini ta’minlash bo‘yicha yordamchi operatsiyalarni bajaruvchi texnik ijrochilar.Bu guruhlarning har biriga ham ular mehnatining mazmuni va aqliy yuklamalarning xarakteri nuqtayi nazaridan, ham mehnat jamoasi faoliyati natijalariga ta’sir ko‘rsatish nuqtayi nazaridan o‘zining xususiyatlari xosdir.Masalan, korxonalar va ularning bo‘linma rahbarlari xodimlarni tanlash va joyjoyiga qo‘yish, ijrochilar, ishlab chiqarish (tijorat) va boshqaruv bo‘linmalari ishini muvofiqlashtiradilar, tegishli jamoalarning muvofiqlashtirilgan, yoiga qo‘yilgan va samarali mehnatini ta’minlaydilar. Ularning mehnatida, rahbarlar o‘rtasida katta farqlar bo‘lishiga qaramay, ijodiy operatsiyalar ustunlik qiladi.Rahbarning mehnati g‘oyatda turli-tuman va mas’uliyatlidir. Unda shaxsiy, kollegial va jamoaviy faoliyat birlashadi.Rahbar axborotlar, kirish hujjatlari bilan shaxsan tanishishi, chiqish xatlarini tekshirishi, imzolashi, ba’zan esa tayyorlashi, tayyorlanayotgan qarorlarni o‘ylab ko‘rishi va ularni qabul qilishi, vujudga kelgan vaziyatni, boshqaruv obyekti bilan bog‘liq sodir bo‘layotgan jarayonlarni tahlil qilishi kerak. Bunda menejerning shaxsiy faoliyati namoyon bo‘ladi.Shu bilan bir vaqtda rahbarlar yuqori va quyi darajadagi rahbarlar, sheriklar, qo‘shnilar, qo‘li ostidagilar, mutaxassislar, maslahatchilar, ijtimoiy, kasaba uyushmasi yetakchilari ishtiroki

bilan qarorlarni kollegial ishlab chiqishda ishtirok etishga da’vat etilganlar. Bu asosan maslahat qilish xarakteridagi faoliyatdir.Jamoaviy faoliyat — rahbarning ishlab chiqarish, mehnat jamoasi, ijrochilar bilan ishlashidir. Aloqalarning borishi, xodimlar bilan muloqotda rahbar jamoadagi ijtimoiy-psixologik holatni aniqlaydi, xodimlarning fikrlari va arzlarini tinglaydi, ularga tayyorlanayotgan va qabul qilingan qarorlar haqida xabar beradi, rejalar, tadbirlarni amalga oshirish zarurligi va maqsadga muvofiqligini asoslab beradi, ularni samarali, sifatli ishlashga undaydi. Ijrochilar bilan aloqalar ishlab chiqarish kengashlari, uchrashuvlar, bo‘linmalar, ish joylariga borish, shaxsiy qabullar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.Mutaxassislar (muhandis, texnik, iqtisodchi va boshqalar)ning mehnati ma’lum tarzda chizib, belgilab berilgan, ular mahsulotlarning yangi yoki takomillashtirilgan turlari, texnologik jarayonlar hamda mehnat va boshqaruvni tashkil etish shakllarini ishlab chiqadilar va tatbiq etadilar, korxonani kerakli hujjatlar, materiallar, ta’mirlash va boshqa xizmat ko‘rsatish bilan ta’minlaydilar, tijorat faoliyatini amalga oshiradilar, ya’ni ma’lum vazifalar yoki vazifalarning bir qismini bajaradilar. Mutaxassislarning faoliyatini ular (mutaxassislar) o‘rtasida katta farqlar mavjud bo‘lsa ham, ijodiy va takrorlanuvchi operatsiyalar birlashtiradi.Mutaxassislar, maslahatchilar, rahbarning yordamchilari bo‘lgan holda boshqaruv uchun zarur ishlarni bajara turib, kamdan kam hollarda o‘zlari ham o‘z rahbarining huquq doirasiga kiruvchi qarorlarni qabul qilishga vakolat oladilar. Ammo ular, bunday qarorlarning ma’lum variantlarini ilgari surib va asoslab, shuningdek rahbar bilan yakuniy variant tanlashda ishtirok etib, bu qarorning foydasi, boshqaruv qarorini qabul qilishga ma’lum miqdorda ta’sir ko‘rsatadi. O’z ishida omilkor, yetarlicha savodli bo‘lmagan rahbarda boshqaruv qarorlarining taqdiri ko‘pincha mutaxassislarning qo‘lida bo‘ladi.

Xizmatchilar (kotiblar, ish yurituvchilar, hisobchilar va boshqalar) rahbarlar va mutaxassislar faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq turli ishlarni bajaradilar. Ularning mehnati boshqaruvda juda oddiy hisoblanadi. Buning ustiga ularning mehnatida takrorlanadigan operatsiyalar ustuvorlik qiladi. Ishlab chiqarish va

boshqaruvda kompyuter hamda boshqa axborot texnikasidan foydalanish ko‘payishi, boshqaruv axborotlari miqdori ancha oshishi, uni tizimlashtirish, ortiqcha axborotlardan tozalash zarurligi yordamchi xodimlar mehnatini keskin murakkablashtiradi, tayyorgarlik, bilimlar, tajribani talab etadi, umuman boshqaruv jarayonining sifatiga borgan sari ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Bundan

tashqari, unda ijodiy operatsiyalarning ulushi oshadi.






  1. Download 323,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish