Iqtisodiyot va turizm fakulteti



Download 215,27 Kb.
bet3/8
Sana25.12.2022
Hajmi215,27 Kb.
#896033
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi.

Salohiyat (potensial) tushunchasining o‘zi lotin tilidan olingan bolib (potentia), imkoniyat, kuch-quvvat, yashirin imkoniyat ma’nosini anglatadi. Lug‘at va qollanmalarda u mavjud va harakatga keltirilishi ma’lum bir maqsadlarga erishish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan vosita, zaxira, manba deb ko‘rsatilgan. Kadrlar salohiyati - mehnat resurslarining umumiy soni va jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbiy ko‘nikmalari, korxonaning u yoki bu bo‘g‘inlarida va jamoatchilik ishlab chiqarishida qatnashishi bilan ifodalanuvchi mehnat resurslari yoki imkoniyatlarini ifodalaydi. Kadrlar salohiyati jamiyat mehnat salohiyatining tarkibiy qismidir. Korxonalarda ishchi kuchi va umuman kadrlar salohiyatidan samarali foydalanishga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: xodimlarning moddiy manfaatdorligi, atrof-muhit, aqliy, jismoniy va asablar
kuchlanishi, boshqarish usullari va hokazolar. Ayniqsa mehnat uchun ijtimoiy sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona personali yoki kadrlar tarkibi va uning o'zgarishi ma’lumbir sifat, miqdor va tuzilmaviy tavsiflarga ega boiib, ulardan faoliyatni
rejalashtirish va hisobga olishda foydalaniladi. Korxona xodimlarining ro‘yxat bo‘yicha tarkibi zamonaviy tasnifi bo‘yicha quyidagilami o‘z ichiga oladi:- sanoat-ishlab chiqarish personali (S.ICh.P) - asosiy va yordamchi sexlar, zavod boshqaruvi, laboratoriya, ilmiy-tadqiqot va tajriba-loyihalashtirish boiimlari (IT va TL.I), hisoblash markazi xodimlari;
- noishlab chiqarish personali - uy-joy, kommunal va yordamchi xo‘jalik-larda, sogiiqni saqlash, profilaktika va ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi xodimlar;
-rahbarlar - direkter, direkter o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar, bo‘lim va xizmat boshliqlari, ya’ni muhandis-texnik personal (MTP);
-xizmatchilar - hujjatlami tayyorlash, hisob-kitob va nazorat qilish, xo‘jalik xizmati xodimlari (agentlar, g ‘aznachilar, ish yurituvchilar, kotiblar, statistlar va hokazo).
Korxona S.ICh.P ning asosiy va ko‘p sonli qismini ishchilar tashkil qilib, ular mahsulot ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish, ish bajarish), ta’mirlash va uskunalarga xizmat ko‘rsatishda (ta’mirlovchi ishchilar) qatnashadilar, mehnat predmetlarini tashish va mahsulot tayyorlashni amalga oshiradilar {transport ishchilari), qurilish-ta’mirlash ishlarini bajaradilar {quruvchiishchilar). personalining sifat tavsifi ham muhim ahamiyatga ega boiib, u korxona xodimlarining mazkur ishlab chiqarishga kasbiy va malakaviy jihatdan yaroqlilik darajasi bilan aniqianadi. Bu yerda birinchi o‘ringa
“mutaxassislik”, “kasb”, “malaka ” kabi tushunchalar chiqadi.
Mutaxassislik insonda maium bir turdagi ishlami bajarish uchun zarur boigan bilim va ko‘nikmalar majmuasining mavjudligi bilan tavsiflanadi. Masalan, iqtisodchi, buxgalter, moliyachi yoki texnik tilda - mexanik, quruvchi, energetik, geolog va boshqalar. Ishchilaming bilim va qobiliyatlariga boigan talab yagona tarif-malakaviy maiumotnomasida (YaTMM), (MTP) va xizmatchilarga esa lavozimlar malakasi maiumotnomada aks ettirilgan. Bu hujjatlar asosida korxonalar ishchi va xizmatchilar tariflariga o ‘zgartirishlar kiritadilar. Kasb-faoliyatning mahsus va tor ko‘rinishdagi turi boiib, mutaxassislik kabi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talab qilsada,
mutaxassislikdan farqli ravishda ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib qo‘shimcha ko‘nikmalami ham talab qiladi.
Malaka deganda biron-bir kasb yoki mutaxassislik bo'yicha murakkab ishlami bajarish uchun zarur boigan mehnat ko'nikmalari va bilimlar darajasi tushuniladi. Ishchilar malakasi darajasini baholashda o'rtacha tarif koeffitsiyenti va o'rtacha tarif razryadi hisoblanadi. Tarif l'azryadlari va koeffitsiyentlari bir vaqtning o'zida bajarilayotgan ishlar inurakkabligini tavsiflovchi ko'rsatkichlar hisoblanadi.



Download 215,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish