1. Mehnat resurslarining mohiyati va kadrlar salohiyati.
Korxonalarda ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun yer, mehnat va kapital resurslari talab etiladi. Ushbu resurslar ichida mehnat faol resurs bo‘lib, qolgan ikkita resursni bir-biri bilan bog‘laydi va uning darajasi ishlab chiqarish jarayonining natijalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Mehnat - bu insonning ongli, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir.
Korxonalarda ishlab chiqarish jarayoni inson mehnati, mehnat predmetlari va vositalarining samarali uyg‘unlashishini talab etadi.
Mehnat resurslari tarkibiga mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar hamda o‘z xohishiga ko‘ra mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘smirlar va nafaqaxo’rlar kiradi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko’ra, O‘zbekiston hududlarining 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra doimiy aholisi soni hamda 2022-yilning yanvar-iyun oylarida respublikamiz hududlarida mehnat resurslari soni quyidagicha:
№
|
Hududlar
|
2022 – yil 1- yanvar bo`yichaaholi soni
|
2022 – yil 1-yanvar bo`yicha mehnat resurslari
|
1
|
Samarqand viloyati
|
4 312 099
|
2 155 700
|
2
|
Farg`ona viloyati
|
3 896 393
|
2 092 300
|
3
|
Qashqadaryo viloyati
|
3 408 313
|
1 815 800
|
4
|
Andijon Viloyati
|
3 253 501
|
1 775 100
|
5
|
Toshkent viloyati
|
2 941 620
|
1 615 000
|
6
|
Namangan viloyati
|
2 931 066
|
1 590 000
|
7
|
Toshkent shahri
|
2 860 511
|
1 906 300
|
8
|
Surxandaryo viloyati
|
2 743 196
|
1 465 800
|
9
|
Buxoro viloyati
|
1 976 866
|
1 025 000
|
10
|
Qoraqolpog`iston viloyati
|
1 948 496
|
1 073 200
|
11
|
Xorazm viloyati
|
1 942 167
|
1 047 600
|
12
|
Jizzax viloyati
|
1 443 380
|
788 900
|
13
|
Navoiy viloyati
|
1 338 069
|
569 300
|
14
|
Sirdaryo viloyati
|
878 599
|
486 000
|
Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 35 271 276 kishini tashkil etgan va ulardan 17338,7 ming nafari yoki 49,1 foizi qishloq joylarda, 17932,6 ming nafari yoki 50,9 foizi shahar joylarda istiqomat qiladi. Respublikaning doimiy aholisi so‘nggi 30 yil ichida 13,9 million kishiga oshgan.
2022 yilning 4 oktabr holatiga respublikaning doimiy aholisi 35 822 284 kishini tashkil etgan.
Mamlakatimizda aholi sonining o’sish sur’ati so’nggi yillarda 1,9 foizni tashkil etmoqda. 2021-yilda mamlakatimiz aholisi soni 700 ming kishidan ko’proqqa o’sgan.
“Hamma narsani kadrlar hal qiladi” qoidasi iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi kunlarda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Zamonaviy korxonalar faoliyatida mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan tashqari kadrlar ham katta ahamiyatga ega. Aynan kadrlar ishlab chiqarishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga oshiradilar hamda ishlab chiqarish vositalarini foydalanishga
kiritadilar. Kadrlaming kasbiy malakasi qanchalik yuqori bolsa, korxonalaming iqtisodiy va ishlab chiqarish ko'rsatkichlari shunchahk yaxshi boladi. Korxonaning “mehnat resurslari”, “kadrlar”, “personal” tushunchalarini, garchi ular o‘rtasida ma’joziy ma’noda aytganda “xitoy devori” yo‘q bolsa va ular kadrlar salohiyatini shakllantirish va ulardan foydalanishda bir xilda qollansada, bir-biridan farqlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |