Iqtisodiyot va turizm fakulteti Dekan I f. n., dots. D. Sh. Yavmutov



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/23
Sana29.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#593603
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
iqtisodiy osishni vaqtli qatorlar asosida prognozlash

o‘zbek modeli
” nomi bilan tan olingan o‘zimizga xos va mos 
rivojlanish modeli yo‘lida dadil qadamlar bilan borayotganimiz qo‘lga kiritilayotgan 
iqtisodiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlarning bosh omili bo‘lib qolmoqda. Pirovardida
iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar natijasida yurtimiz kun sayin ravnaq topib, 
mamlakatimizning nafaqat shaharlarida, balki qishloqlarida ham sanoat jadal 
rivojlanib bormoqda, zamonaviy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari 
barpo etilayapti. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 
2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga 
mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 
Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida “Barchamiz uchun 
aziz va qadrli bo‘lgan Islom Abdug‘anievich Karimov bugun oramizda yo‘q. Biroq 
Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ni 
5
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича 
ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”гиПФ-4947-сонли 
Фармони
. // Халқ сўзи. 8 феврал 2017 йил. 


60 
amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz 
o‘z ishimizda doimo suyanamiz”deb taъkidlab o‘tildi
6
.
Yuqoridagi reytinglarning isboti tariqasida mamlakatimizda o‘tgan 2016 yil 
yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 7,8 foizga o‘sganligi, sanoat mahsuloti 
hajmlari – 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari – 12,5 foizga, chakana savdo aylanmasi 
– 14,4 foizga, xizmatlar – 12,5 foizga o‘sganligi, davlat byudjeti yalpi ichki 
mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilganligi, tashqi savdo 
aylanmasining ijobiy saldosi taъminlanganligi, inflyasiya darajasi prognoz 
parametrlaridan oshmaganligi va 5,7 foizni tashkil etganligini sanab o‘tishimiz 
mumkin. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, islohotlarni chuqurlashtirish, yangi ishlab 
chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarni yaratish, amalda faoliyat yuritayotgantexnika 
va texnologiyalarni yangilash, ularni qo‘llab-quvvatlash investitsion jarayonlarni 
nechog‘li to‘g‘ri va samarali amalga oshirishga bog‘liqdir. Shu boisdan ham, 
O‘zbekiston Respublikasidavlat rahbari tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiya 
qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan 
faol investitsiya siyosatini olib borishga alohida eъtibor qaratilmoqda. Buning uchun 
markazlashgan, markazlashmagan jamg‘armalar mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar 
va kreditlarni o‘zlashtirishga hamda ulardan samarali foydalanish masalalariga urg‘u 
berilmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya 
qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun 
investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida eъtiborga loyiq. 
2016 yildaiqtisodiyotga 16,6 milliard AQSH dollaridan ko‘p investitsiya 
qilindi, yoki 2015 yilga nisbatan 9,6 foizga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan chet el 
investitsiya va kreditlar hajmi esa 11,3 foizga o‘sib, 3,7 milliard dollardan ko‘p 
bo‘ldi. 
6
Ш. Мирзиёев.
Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар 
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.// Халқ сўзи. 15 январ 2017 йил. 


61 
2016 yilda Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard dollarlik 
164 yirik ishlab chiqarish obъekti ishga tushirildi. Jumladan, Talimarjon IESda 450 
MVt quvvatli ikkita bug‘-gaz turbinasi va Angren IESda ko‘mir kukunidan 
foydalanishga mo‘ljallangan 130-150 MVt quvvatli energiya bloki qurish, Jizzax 
viloyatidagi sement zavodi quvvatini kengaytirish, «Indorama Qo‘qon tekstil» xorijiy 
korxonasi va «Fanteks» MCHJda yigiruv ishlarini tashkil etish, «GM O‘zbekiston» 
aksiyadorlik jamiyatida «T-250» rusumidagi engil avtomobillar ishlab chiqarishni 
tashkil qilish», shu bilan birga «Sirdaryo viloyatidagi «Guliston Med Texnika» 
qo‘shma korxonasida steril shpritslar ishlab chiqarish" va boshqa loyihalar shular 
jumlasidandir
7

Bundan tashqari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlari 
doirasida 2016 yilda 28 mingdan ko‘p loyiha amalga oshirildi. 
2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yichaHarakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson 
manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida tarkibiy o‘zgartirishlarni 
chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va 
diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish yo‘nalishida 
korxonalarning mablag‘lari, O‘zTTJ, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiya va 
kreditlar hisobiga 2017—2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari 
miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlari amalga 
oshirildi.
Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning 
yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i 
ulushi
80 
foizdan 85 foizgacha oshadi. 2017 yilda 75 dan ortiq yangi turdagi 
raqobatdosh tayyor mahsulotlar o‘zlashtirildi. 
2017 yilda umumiy qiymati 1,0 mlrd. dollarlik 145 ta ishlab chiqarish 
quvvatlarini foydalanishga topshirish, shu jumladan: 
meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 147 mln. 
dollarlik 63 ta loyiha; 
7
www.gov.uz/uz/news/category/1 


62 
rangli va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 217 mln. 
dollarlik 6 ta loyiha; 
kimyoviy xom ashyolarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 25 mln. dollarlik 2 ta 
loyiha; 
uglevodorod xom ashyolarini qayta ishlashni chuqurlashtirish bo‘yicha 342 
mln. dollarlik 6 ta loyiha; 
tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha 6 
mln. dollarlik 9 ta loyiha; 
farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo‘naltirilgan 24 
mln.dollarlik 7 ta loyiha; 
qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘yicha 151 mln. 
dollarlik 29 ta loyiha; 
tayyor to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish 
bo‘yicha 178 mln. dollarlik 15 ta loyiha. 
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturida 2017-2020 
yillarda aholining energiya taъminoti yaxshilash uchun ko‘mir qazib olish sohasida 
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga ko‘mir qazib olishni yiliga 7,8 mln. 
tonnaga oshirish imkonini beruvchi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish ko‘zda 
tutilgan. 
Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya 
qilish borasida amalga oshirilayotgan saъy-harakatlar, ularning natijalari atroflicha 
muhokama qilinmoqda. 
Milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish 
masalasi hal etish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotning bazaviy 
tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonalarning rentabellik darajasini oshirish va 
moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 
darajasini oshirish asosida ishchilar sonini ko‘paytirishga erishish rejalashtirilgan. Bu 
tadbirlar natijasida korxonalarning rentabellik darajasi oshadi, ishlab chiqarish 
quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish va ishchilar sonini ko‘paytirishga olib 
keladi. 


63 
Iqtisodiyot tarkibida sanoatning rivojlanishi dinamikasidagi muhim o‘zgarish 
sifatida korxonalar va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik 
yangilanish asosida sanoatda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar va diversifikatsiyaning 
amalga oshirilgani hisoblanadi.
Sanoat siyosatidagi asosiy ustuvorlik institutsional islohotlarning sifatini 
oshirish va tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berish, sanoat ishlab chiqarishni 
modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, iqtisodiyotining real sektori korxonalarini 
qo‘llab-quvvatlash, o‘rta va uzoq muddatda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha dasturiy 
chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi. 
Davlat rahbari tomonidan Harakatlar strategiyasida yuqori texnologiyali qayta 
ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash 
asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal 
rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni 
yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish zarurati alohida taъkidlandi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash va 
sanoat tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlarning amalga oshirilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2016 
yilda 2015 yilga nisbatan 6.6 foizga o‘sishini taъminladi. Yuqori qo‘shilgan qiymatga 
ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan sanoat tarmoqlarida 
dinamik rivojlanish taъminlandi. 2016 yilda mahalliy xomashyo resurslarini 
bosqichma-bosqich chuqur qayta ishlash va tayyor isteъmol mahsulotlar 
nomenklaturasini kengaytirish tarmoqlari evaziga sanoat mahsulotlarining yuqori 
o‘sish surъatlariga erishildi. Xususan, to‘qimachilik buyumlari, kiyim va charm 
mahsulotlari ishlab chiqarish 111,7 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari 110,8 foiz, 
farmatsevtika mahsulot va preparatlari 123,9 foiz, kimyo mahsulotlari, rezina va 
plastmassa buyumlari 129,7 foiz, boshqa noruda meneral mahsulotlar 113,8 foizga 
oshdi. 
Sanoatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash loyihalari, 
shuningdek, 2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya 
sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-


64 
tadbirlari dasturining hayotga samarali tatbiq etilishi natijasida respublika YAIMga 
energiya sarfini 7,4 foizga, hamda yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar tannarxini esa o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 10,6 foiz kamaytirishga 
erishildi. 
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturida 2017 yilda 
sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 
tannarxini o‘rtacha 8 foizga qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishni nazarda 
tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab berilgan. SHu 
jumladan, maъnan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash hamda 
modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish, 
texnologik jarayonlarni optimallashtirishga alohida eъtibor qaratiladi. Bu 
yo‘nalishga korxonalarning mablag‘lari va tijorat banklar kreditlari hisobidan 602 
000,0 mln. so‘m investitsiyalar yo‘naltiriladi, bu esa mahalliy mahsulotlarning, 
birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatdoshligini va tarmoqlarning eksport 
salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda Harakatlar strategiyasida iqtisodiyot 
tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va 
xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish bo‘yicha vazifalar 
belgilangan. Mazkur yo‘nalish avvalambor 2017 yilda ushbu sohani tartibga 
soluvchi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qilish nazarda tutiladi. Mazkur 
qonunda quyidagilar aks ettirilishi rejalashtirilgan: 
korxonalarning birlashishi va qo‘shib olinishida monopoliyaga qarshi 
organning dastlabki roziligini olish talablarini birxillashtirish; 
raqobatni cheklovchi kelishuvlar, bitimlar va kelishilgan harakatlarga qarshi 
kurash mexanizmlarini takomillashtirish; 
ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarning aksiya va ulushlarini sotib olishda 
tadbirkorlik subъektlarining hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibini soddalashtirish; 
manfaatlarto‘qnashuvinibartarafetishmaqsadidashuъbakorxonatomonidantaъsi
schining ustav fondidanulushsotibolishinivashuъbakorxonavakillariningtaъsischi 
kuzatuvchilar kengashida aъzoligini taqiqlash. 


65 
Turizm tarmog‘i jahon savdosining eng yirik tarmog‘iga aylanib bormoqda va 
hozirgi kunda er yuzidagi jami tovar va xizmatlar eksportida daromad keltirish 
bo‘yicha uchta yirik tarmoqlar neft qazib olish va avtomobilsanoatidan keyingi 
uchinchi o‘rinda turadi. Turizm sohasi jahonda bo‘ladigan jami eksportning 10 
foizini beradi, xizmatlar savdosining esa 35 foizi turizmga to‘g‘ri keladi. Buyuk 
Ipak Yo‘lida joylashgan, asrlar davomida o‘z davlat g‘aznasining katta qismini 
sayohatchilar va xorijiy savdogarlar hisobidan to‘ldirib kelgan qadimiy shaharlari 
bilan mashhur, tarixiy va madaniy o‘tmishga ega O‘zbekiston Respublikasi turizm 
tarmog‘ini rivojlantirish uchun real imkoniyatlariga ega. 
Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda turizm industriyasini jadal 
rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni 
diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirishga 
olib keladigan o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini 
rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, shuningdek 2017 — 2021 yillarda 
Konsepsiyani amalga oshirishga doir aniq chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqish 
rejashtirilgan. Mazkur vazifani amalga oshirilishi turizm sohasining tezkor 
rivojlanishi, uning iqtisodiyotdagi ulushining ortishi, turistik xizmatlar sifatining 
oshishiga olib keladi. Shu bilan birga 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish