O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT VA SERVIS” kafedrasi
“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” yo‘nalishidagi talabalar uchun
“MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH” fanidan
kurs ishini bajarish bo‘yicha
U S L U B I Y K O‘ R S A T M A
Farg‘ona – 2022
Annotatsiya
“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fani makroiqtisodiyot doirasida nazariy va amaliy masalalarni o‘rganish va uni mo‘tadil rivojlantirishning yechimlarini topishda hamda “iqtisodiyot” sohasi mutaxassislarining shakllanishida katta ahamiyatga ega. Ushbu fanning yutuq va xulosalaridan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatlarga belgilangan dasturlarini ishlab chiqishda keng foydalaniladi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy boshqaruv usullarini qo‘llash, moliyaviy-iqtisodiy faoliyat natijalarini tahlil qilish, boshqaruvning turli darajalaridagi qarorlarni asoslash, makrodarajada tartibga soluvchilar tomonidan makroiqtisodiy modellar asosidagi siyosatni ishlab chiqish, mamlakat va mintaqalarning rivojlanishini iqgisodiy usullar asosida taqqoslash bo‘yicha nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, zamonaviy boshqaruv nazariyasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini o‘rganish; zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda makroiqtisodiy tahlil va prognoz qilish usullarini o‘zlashtirish; zamonaviy boshqaruv muammolarini hal qilish uchun makroiqtisodiy modellardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallash; iqtisodiy targetlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlari to‘g‘risidagi o‘rta va uzoq muddatli ssenariylarni ishlab chiqishda makroiqtisodiy yondoshuvlarni mohirona qo‘llash usullarini o‘rganishdan iborat.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma “Iqtisodiyot va servis” kafedrasining 2022 yil “___” “___” dagi “__” – sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
Tuzuvchilar:
Xolmatov B.A. – FarDU «Iqtisodiyot va servis» kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent
Abdisamatov Sh.A. – FarDU «Iqtisodiyot va servis» kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar:
Xakimov D.R. – FarDU “Mintaqaviy iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
Ergashev A.X. – FarDU «Iqtisodiyot va servis» kafedrasi dotsenti, i.f.n.
FarDU o‘quv-uslubiy kengashida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Bayonnoma №____«____»____________2022 y.
Uslubiy ko‘rsatma FarDU bosmaxonasida ___ nusxada ko‘paytirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |