"iqtisodiyot va menejment "


I. Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlar



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

I. Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlar. 
1.
Ishlab chiqariladigan mahsulot asosini tashkil etib uning tarkibiga kiradigan yoki 
mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko’rsatishda) zarur tarkibiy 
qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom ashyo va materiallar. 
2.
Normal texnologiya jarayonini ta`minlash va mahsulotlarni o’rash uchun 
mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga 
sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar 
sinovini o’tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun 
ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan, xarid qilinadigan materiallar, 
shuningdek, asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, instrumentlar, 
moslamalar, inventar, priborlar laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fondlarga 
kirmaydigan boshqa arzonbaxo ashyolarning eskirishi. 
3.
Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo’jalik yurituvchi sub`yektda montaj 
qilinadigan yoki qo’shimchа ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim 
tayyor mahsulotlar. 
4.
Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub`yektning 
ichki tarkibiy bo’linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga 
tegishli bo’lmagan, lekin ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ishlar va 
xizmatlar. 
Ishlab chiqarish xarakteriga ega bo’lgan ishlar va xizmatlarga mahsulot 
tayyorlash bo’yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xom ashyo va materiallarga ishlov 
berish, iste`mol qilinayotgan ashyo ва materiallar sifatini aniqlash uchun sinovlar 


99 
o’tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, 
asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar kiradi. 
Xo’jalik yurituvchi sub`yekt ichida tashqi yuridik shaxslarning transport 
xizmatlari (xom ashyo, materiallar, detallar, instrumentlar, inventarlar, yuklarning 
boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan tsexga keltirish va tayyor mahsulotni 
saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga egа bo’lgan 
xizmatlarga tegishli bo’ladi. 
5.
Tabiiy xom ashyo (yer rekul'tivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik 
shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekul'tivatsiya qilish ishlariga haq 
to’lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to’lash, sanoat korxonalari 
tomonidan suv xo’jaligi tizimidan belgilangan limitlar doirasida va undan 
ortiqcha olinadigan suv uchun haq to’lash. Sanoatning xom ashyo tarmoqlari 
uchun – yog’och-taxtа materiallardan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) 
foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof-muhitni 
tiklash xarajatlari. 
6.
Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, 
binolarni isitishga sarflanadigan yonilg’ining chetdan sotib olinadigan barcha 
turlari, xo’jalik yurituvchi sub`yektlarning transporti tomonidan bajariladigan 
ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bo’yicha transport ishlari. 
7.
Xo’jalik yurituvchi sub`yektning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish 
hamda xo’jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan 
energiya.
8.
Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo’qolish normalari 
doirasida va ulardan ortiqcha yo’qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi. 
9.
Xo’jalik yurituvchi sub`yektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy 
resurslarni yetkazish bilan bog’liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu 
jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak 
(mehnatga haq to’lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy 
xarajatlar va boshqalar). 


100 
10.
Xo’jalik yurituvchi sub`yektlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib 
beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi. 
11.
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladigan 
chiqitlar qiymati, idish va urash-joylash materiallari qiymati ularning amalda 
sotilishi, foydalanishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo’yicha chiqarib 
tashlanadi. 
12.
“Moddiy xarajatlar” elementi bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati 
sotib olish narxidan, jumladan, barter bitishuvlarida, qoshimcha narx (ustama)dan, 
ta`minot, tashki iqtisodiy tashkilotlar tomonidan tulanadigan vositachilik 
taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, xususan, brokerlik 
xizmatlaridan, bojlar va yig’imlardan, transportda tashishga haq to’lashdan, tashqi 
yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq 
to’lashdan kelib chiqib shakllanadi. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish