"iqtisodiyot va menejment "


Amortizatsiya ajratmalari



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

Amortizatsiya ajratmalari
- mahsulot tannarxiga kiritiladigan asosiy fondlar 
amortizatsiyasi summasi; asosiy fondlarni qisman tiklash (kapital ta`mir va 
yangilash) va to`liq tiklash (renovatsiya) fondlarinи yaratishga xizmat qiladi.
Amortizatsiya ajratmalari me`yorlari asosiy fondlar qiymatiga proportsional 
ravishda hisoblanishi, ya`ni taxminiy foydalanish muddatiga tekis taqsimlanishi yoki 
kamayib boruvchi balans usulida - jadallashtirilgan tartibda hisoblanishi mumkin. 
Jadallashtirilgan tartibda foydalanishning birinchi yilida amortizatsiya me`yori 2 
marta oshiriladi, ikkinchi yili qoldiq qiymatining 20% va shu tarzda ajratmalar 
nazarda tutiladi. Natijada asosiy fondlar qiymatining 2/3 qismi ular xizmat 
muddatining yarmidayoq amortizatsiyalanadi.
1
O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 1 jild. – Т.: «Davlat ilmiy nashriyoti», 2000. – 288 bet. 


74 
Amortizatsiya me`yorlarining pasaytirilishi asosiy fondlarning yangilanishini 
sekinlashtiradi, oshirilgan me`yorlar mahsulot tannarxini qimmatlashtiradi. Shu 
sababli amortizatsiya ajratmalari davlat tomonidan tartibga solinadi. Amortizatsiya 
ajratmalari ta`minlanishi kerak bo`lgan asosiy shart asosiy fondlar eskirishini to`liq 
qoplashi va ularni takror yaratishni ta`minlashidir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan 
mamlakatlarda 
davlat 
amortizatsiya 
ajratmalari 
normativlarini 
belgilab, 
jadallashtirilgan amortizatsiya orqali tadbirkorlarga soliqqa tortiladigan foyda 
summasini kamaytirishga imkoniyat yaratib beradi. Ayni paytda asosiy fondlar 
qiymatini hisobdan chiqarishni tezlatish tadbirkorni asosiy fondlarning ma`naviy 
eskirishi bilan bog’liq ehtimoli bo`lgan zarar ko`rishdan saqlaydi, yangi texnika va 
texnologiyani tezroq joriy etishga rag’batlantiradi. 
Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlarning o`zini yoki uning ba`zi qismlarini 
yangilash vaqti kelgunchа shu shaklda ma`lum fondda jamg’arilib turiladi va bu 
fondni amortizatsiya fondi deb ataydilar. Demak, amortizatsiya fondi - amortizatsiya 
ajratmalari hisobiga shakllanadigan maxsus fonddir. Asosiy vositalar va ishlab 
chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan moddiy aktivlar amortizatsiyasi degan tushuncha 
ham mavjud. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy 
aktivlar amortizatsiyasi bo`yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
-
asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki qiymatidan kelib chiqib hisoblangan 
amortizatsiya ajratmalarining summasi (hisoblangan eskirish); 
-
lizing bo`yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiriladigan, jadallashtiriladigan amortizatsiya summasi. 
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy aktivlar eskirish, har oyda 
xo`jalik yurituvchи sub`yekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan natijali 
foydalanish muddatidan (biror xo`jalik faoliyati yurituvchi sub`yekt muddatidan ortiq 
emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli 
bo`ladi. Natijali foydalanish muhlatini aniqlash imkoni bo`lmagan nomoddiy aktivlar 
bo`yicha eskirgan normasi 5 yilga hisoblanadi. 
Ma`lumki, amortizatsiya ajratmalari belgilangan normalar bo`yicha tayyor 
mahsulotning tannarxiga kiritiladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 


75 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish