Boshqaruvning zarurligi.
Tashkilot o`z maqsadlarini amalga oshirishi uchun,
vazifalar vertikal mehnat taqsimoti vositasida muvofiqlashtirilishi kerak. Shuning
uchun boshqaruv tashkilot uchun muhim faoliyat hisoblanadi. Biroq, kichik
korxonalarda boshqaruvchilar guruhi aniq ajratib ko`rsatilmaydi. Hatto yirik
tashkilotlarda ko`pgina rahbarlar doimo boshqalar ishini yo`naltirish bilan bog’liq
56
bo`lmagan ishlarni ham bajarishadi.
Tashkilot ichki muhitini ichki o`zgaruvchilar aniqlaydi.
Ichki o`zgaruvchilar
–
bu tashkilot ichidagi vaziyatli omillar. Ichki o`zgaruvchilar, asosan, boshqaruv
qarorlari natijalari hisoblanadi. Lekin bu hamma ichki o`zgaruvchilar rahbarlar
tomonidan nazorat etiladi, degani emas. Ichki o`zgaruvchi – bu rahbariyat o`z ish
faoliyatida erishishi lozim bo`lgan bir holat yoki tadbirdir.
Tashkilotning rahbariyat e`tiborini talab etadigan asosiy ichki o`zgaruvchilari bu
maqsadlar
,
struktura
,
vazifa
,
texnologiya
va
odamlar
.
Maqsadlar.
Tashkilot – bu umumiy maqsadlari tan olingan odamlar guruhi.
Tashkilotni maqsadlarga erishishda odamlarni jamoa bo`lib ishni bajarishga imkon
beradigan vosita sifatida qarash mumkin. Maqsad – bu guruh birga ishlab, erishishga
intiladigan aniq oxirgi holat yoki ko`zda tutilgan natija hisoblanadi. Rejalashtirish
jarayonida rahbariyat maqsadlarini ko`zlaydi va ularni tashkilotning hamma
a`zolariga yetkazadi. Bu jarayon kuchli muvofiqlashtirish mexanizmi hisoblanadi,
chunki u tashkilot a`zolariga nimaga intilishlari kerakligini ko`rsatib beradi.
Tashkilotda maqsadlar turlicha bo`lishi mumkin, ayniqsa bu turli tipdagi
tashkilotlarga taalluqli. Biznes bilan shug’ullanadigan tashkilotlar o`z faoliyatini,
asosan, xarajatlar va olinadigan foyda chegaralarida ma`lum tovarlarni yaratishga
qaratishadi. Bu vazifa ularning rentabellikni va unumdorlikni oshirish maqsadlarida
aks etadi. Davlat tashkilotlari, o`quv muassasalari va notijorat kasalxonalar foyda
olishga intilmaydi, lekin ularni xarajatlar o`ylantiradi. Bu esa, ma`lum byudjet
cheklanmalari belgilangan chegarada shakllangan aniq xizmatlarni ko`rsatish uchun
zamin yaratadigan maqsadlar to`plamida ifodalanadi.
Yirik korxonalar ko`p maqsadlarga ega bo`lishadi. Masalan, foyda olish uchun,
biznesning bozor hissasini oshirish, yangi mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar sifati,
raqobatda yutish, rahbarlarni tanlash va tayyorlash va hatto ijtimoiy mas`uliyatlilik
kabi maqsadlarni qo`yishi kerak. Notijorat tashkilotlar ham xuddi shunday turli
maqsadlarga ega bo`lishadi, lekin ular ijtimoiy javobgarlikka alohida e`tibor
berishlari lozim. Butun tashkilot kabi, bo`linmalar ham o`z maqsadlariga ega
bo`lishlari kerak. Masalan, moliya bo`limining maqsadi sotuv summasidan kredit
57
yo`qotuvlarini 1 % gacha kamaytirish bo`lishi mumkin. SHu tashkilotda marketing
bo`limining maqsadi kelgusi yilda bozorning kengroq qismini egallab olish bo`lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |