"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

Texnik operatsiyalar –
ko’proq takrorlanish bilan tavsiflanadi. Bajarilishi 
bo’yicha oddiy va xizmatchidan yuqori malaka talab qilmaydi. Bu hujjatlarni 
ko’paytirish, pochtani yetkazib berish, hujjatlarni imzolash, arifmetik hisob-
kitoblar, hujjatlar bo’yicha ish yuritishdir. Boshqaruv jarayonining oraliq tavsifi bu 
boshqaruv saviyasi, ya`ni eng quyi saviyadan boshlab eng yuqori saviyasigacha 
boshqaruvidir. Masalan, kichik bo’limdagi boshqaruv bu bitta kichik oraliq 
boshqaruvi, so’ngra korxona boshqaruvi, firma boshqaruvi va hokazolar. 
Boshqaruv operatsiya va protseduralari tuzilishiga qarab quyidagicha bo’lishi 
mumkin: 
a)
axborotli, ya`ni axborot bilan ishlash; 
b)
mantiqiy - fikr yurituvchi - boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish; 
c)
tashkiliy - mehnat jarayonlarini tashkil qilish, ma`muriy farmon berish, 
dispetcherlik ishlari, muvofiqlashtirish, bajarilishni nazorat qilish. 
Turkumlanishning 
uchinchi 
belgisi 
bu 
boshqaruv 
operatsiya 
va 
protseduralarning murakkabligiga ko’ra taqsimlashi. Murakkablik operatsiyadagi 
elementlar soniga qarab aniqlanadi. Oddiy operatsiyalar, bir necha edementlardan 
tashkil topgan. Agar protsedura haqida gap ketsa bir necha operatsiyalardan tashkil 
topgan - 20 tagacha. Shu bilan bir vaqtda boshqaruv texnologiyasida tez-tez o’ta 
murakkab operatsiyalar (20-30 elementli) va murakkab protseduralar (100 
operatsiyagacha bo’ladi) uchrab turadi. 
To’rtinchi ustun harakatning takrorlanish omiliga asoslanadi. Bu yerda 
operatsiyalar vа protseduralar takrorlanuvchi va takrorlanmaydigan turlarga 
bo’linadi. 
Takrorlanuvchi standart operatsiyalar
ularni o’lchash, tahlil qilish, 
me`yorlash va loyihalash mumkin. 
Takrorlanmaydigan operatsiyalar
- bular 
ijodiy operatsiyalardir. 
Turkumlanishning beshinchi belgisi - mexanik qurollanish saviyasi bo’yicha.


319 
Bu yerda biz uchta turdagi boshqaruv operatsiyasi va protsedurasini ajratib 
ko’rsatishimiz mumkin. 
a)
qo’lda bajariluvchi, tashkiliy texnika vositasini ishlatmaydigan; 
b)
mexanizatsiyalashgan; 
c)
avtomatlashtirilgan, turli hisoblash texnikasi vositalari bilan bajariluvchi. 
Oltinchi turkumlanish belgisi - boshqaruv operatsiyalarni bir xil vaqt bo’yicha 
birlashtirish va taqsimlash. Bu yerda biz uch xil boshqaruv operatsiya va 
protsedurasini ajratib ko’rsatamiz. 
a)
biridan keyin biri bajariluvchi (ketma-ket); 
b)
parallel (yondosh) bajariluvchi; 
c)
ketma-ket yondosh bajariluvchi. 
Ketma-ket turdagi boshqaruv operatsiyalari birlashmasida har bir so’nggi 
operatsiya oldingisi tugagandan keyin bajariladi. 
Bu kabi ketma-ket texnologiyada masalan, bosh buxgalter farmoni o’z ko’li 
ostidagilarigа uzatiladi. 
Parallel (yondosh) tur bir vaqning o’zida bir nechta turdagi operatsiyalarni 
boshqarish bilan tavsiflanadi. U jarayonlarni tezlashtirish maqsadida ishlatiladi. 
Masalan, uchta korxona bo’limlarining zarur buxgalterlik hisoboti ustida olib 
boradigan ishlari. 
Ketma-ket yondosh operatsiyalarni vaqt va fazo bo’yicha qisman bajarilishini 
ko’zda tutadi. 


320 
Keltirilgan chizmani aniq, misolda ko’rib chiqamiz; 1 - raqami, korxona 
rahbari ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish masalasini joriy yilga belgilaydi. Ushbu 
masala bir necha masalalarga taqsimlanadi, ular uchta bo’limlarda bir vaqtda 
bajariladi; 2-raqami, reja-iqtisod bo’limi, 4 - raqami, mehnat va maosh bo’limi, 6- 
raqami, moddiy texnika ta`minoti bo’limi. 
Bu bo’limlar o’z operatsiyalari va protseduralarini bajarib bo’lganlaridan 
keyin ular o’z natijalarini boshqa ish olib boruvchilarga beradilar (raqamlar 3, 5, 7) 
so’ngra axborot to’la to’kis reja-iqtisod bo’limi boshlig’iga uni yanada maromiga 
yetkazilishi uchun kelib tushadi. (8-raqam) undan keyin iqtisod bo’yicha 
o’rinbosarga (9-raqam) yuboriladi. Shunday qilib boshqaruvni ketma-ket yondosh 
jarayoni kelib chiqadi. 
Endi jadvalning oxirgi yettinchi punktini ko’rib chiqamiz - bu boshqaruv 
operatsiya va protseduralarning ishlab chiqarish tsikli uzunligiga qarab 
bo’linishidir. Boshqaruv mehnatida boshqaruv jarayonini to’xtovsiz va tsiklli 
tavsifni, ya`ni uni amalga oshirishdagi vaqt va fazoni hisobga olish kerak. Vaqt 
o’lchovlari bo’yicha boshqaruv tsikli (operatsiya, protsedura) birinchi minutdan bir 
necha yilgachа uzunlikda o’lchanishi mumkin. Boshqaruv jarayonining uzunligi 
quyidagi vaqtlardan tashkil topadi: yig’ish, axborotga ishlov berish va uzatish, 
qarorni ishlab chiqish va qabul qilish, qaror qabul qilinishini tashkil qilish va 
nazorat. Bundan ko’rinib turibdiki, boshkaruvda vaqt omili muhim ahamiyatga 
ega. Shuning uchun har bir operatsiya bajariladigan vaqtni kamaytirish, tashkiliy 
va hujjat protseduralarini soddalashtirish, boshqaruv mehnatida komp'yuterlashti-
rish ishlariga keng yo’l ochib berish zarur. 
Boshqaruv jarayonining oraliq tavsifi bu boshqaruv saviyasi, ya`ni eng quyi 
saviyadan boshlab enг yuqori saviyasigacha boshqaruvdir. Masalan, kichik 
bo’limdagi boshqaruv bu bitta kichik oraliq boshqaruvi, so’ngra korxona 
boshqaruvi, firma boshkaruvi va hokazolar. 
Boshqaruv faoliyati o’zining texnologiyasiga ko’ra uchta asosiy tsiklga 
bo’linadi, ular doirasiga turli operatsiyalar va protseduralar bajariladi. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish