272
Zarur paytda kerakli natija beradigan axborotlar qimmatli hisoblanadi. Kech
berilgan axborotlar o’z qimmatini yo’qotadi.
Ishlab chiqarish vaziyatiga to’g’ri baho berish va aniq qaror qabul qilish uchun
boshqaruv organi axborot bilan to’liq ta’min etilishi, axborot hajmi maqsadga
muvofiq bo’lishi kerak. Axborot yetishmasligi yoki haddan tashqari ko’payib ketishi
tezkor va to’g’ri boshqarishga xalal beradi. Va nihoyat, boshqarish apparati xodimlari
qanchalik yuqori malakali bo’lsalar, axborot qimmati
ham shunchalik yuqori va
tartibga solingan bo’ladi.
Boshqarish organlari ma`lumotlar qabul qiluvchi texnika vositalari bilan
qanchalik mukammal ta`minlangan bo`lsa, rahbarlarga ortiqcha, befoyda ma`lumotlar
shunchalik kam kelib tushadi. Bu esa, o`z
navbatida axborot oqimidagi
tejamkorlikni
ta`minlaydi. Boshqarish tizimining muvaffaqiyatli ishlashining zarur
sharti faqat to`g’ri aloqagina emas, balki teskari aloqaning ham mavjudligidir.
Teskari aloqa har qanday darajadagi tizimlar harakatini rostlab turish uchun universal
mexanizm hisoblanadi.
Boshqariluvchi tizimdan boshqaruvchi tizimga kelib tushadigan axborotni, ya`ni
berilgan farmoyish va buyruqning natijalari to`g’risidagi axborotni teskari aloqa deb
tushunish qabul qilingan.
Boshqaruv tizimi
unsurlari ichida murakkab, ko`p tomonlama va xilma-xil
aloqalar mavjudligi sharoitida ayniqsa teskari aloqaning ahamiyati ortadi.
Boshqaruvchi tizim farmoyish yoki buyruq (topshiriq) bergandan keyin uning qanday
bajarilayotganligi to`g’risida teskari aloqa yo`li bo`yicha o`z vaqtida axborot bilan
ta`minlanib
turilmasa, boshqarish jarayoni buziladi va boshqaruv tizimi butunlay
izdan chiqishi mumkin.
Axborot almashuvi jarayonida 4 elementni ajratish mumkin:
1.
Jo`natuvchi – axborotni to`plovchi va uzatuvchi shaxs.
2.
Axborot – simvollar bilan kodlashtirilgan informatsiya.
3.
Kanal – axborotni uzatish vositasi.
4.
Qabul qiluvchi – axborot tegishli bo`lgan shaxs.
273
Axborot almashuvida jo`natuvchi va qabul qiluvchi bir necha o`zaro bog’liq
bosqichlarni o`tadi. Ularning vazifasi – har ikkala tomon tushunishi uchun axborotni
to`g’ri tuzish va uzatish uchun muvofiq kanaldan foydalanish (11.2-chizma).
Bu bosqichlar quyidagilar:
1.
G’oyaning tug’ilishi.
2.
Kodlashtirish va kanalni tanlash.
3.
Uzatish.
4.
Dekodlashtirish.
G’oyaning tug’ilishi.
Qanday g’oyani almashuv ob’yekti sharoitida olish
mumkinligini jo`natuvchi hal qiladi. «O`ylamasdan gapirishni boshlamang» – bu
bosqichning printsipi. G’oya aniq vazifalarni bajarishdan va kutiladigan natijadan
iborat bo`lishi kerak: 1. Qanday o`zgarishlar kerakligini
ishchilar bilishi kerak,
masalan, 6% ishlab chiqarishni oshirish qo`shimcha ish haqisiz. 2. Nima uchun bu
o`zgarishlar kerakligi ishchilar bilishi kerak. 3. Qanday qilib bu o`zgarishlarni
amalga oshirish kerakligini ishchilar bilishi kerak.
Kodlashtirish va kanalni tanlash.
Jo`natuvchi axborotni jo`natishdan oldin uni
simvollar ya`ni so`zlar, intonatsiya va imo-ishora yordamida kodlashtiradi. Bunday
kodlashtirish g’oyani axborotga aylantiradi. Jo`natuvchi bundan tashqari
simvollarga mos uzatish kanalini tanlanishi kerak. Ularga nutq va yozma
materiallarni uzatish, hamda elektron aloqa vositalari (komp’yuter,
videomagnitofon va boshqalar) kiradi. Agar kanal
tanlangan simvollarga mos
bo`lmasa axborot almashuv samarasiz bo`ladi.
Shakllantiradi yoki
tanlaydi
Kodlashtiradi va
kanalni tanlaydi
Jo`natuvchi
G’oya
Axborot
Qabul
qiluvchi
G’oya
tushunarlimi?
Kanal bo`yicha
uzatadi
Dekodlashtiradi
Do'stlaringiz bilan baham: