"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

Reklama ob'yekti
tovar, tovar ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi, shaxs, 
intellektual faoliyatning mahsuli yoki biror bir odamlarning e'tiborini ko’proq 
qaratish lozim bo’lgan tadbirlar, sport o’yinlari, kontsert, festival, o’yinlar, 
musobaqalar va h.k.z. 
Reklama qilinishi lozim bo’lgan ob`yekt nihoyatda ehtiyotkorlok va sinchkovlik 
blan aniqlanadi. Bunda, masalan, tovarning qanchalik xaridorga mos kelishi, uning 
ehtiyojini qondirish xususiyatlarи tahlil qilinadi. Bu tovar reklama qilinar ekan, uning 
jamiyatga, atrof-muhitga zararsizligiga, ayniqsa alohida e`tibor beriladi. Shaxs 


266 
reklamasida ham shaxning ta’rifi to’liq keltirilishi lshart. Masalan, Prezidentlikka 
nomzod shaxs reklamasini berishdan oldin, uning barcha xizmatlari, odamiylik, 
ma`naviy, ishchanlik tomonlari, imidji, uning kelib chiqishi, atrofdagilari, oilasi, 
saylov oldi dasturi, xullas hammasi o’rganib chiqiladi. Aks holda reklamani 
nomzodning raqiblari yolg’onga chiqarishlari ва bu bilan reklama bilan 
shug’ullanuvchi firmaning o’zi, matbuot, radio, televidenie va boshqa reklama 
qiluvchi tashkilotlarning o’zlari javobgarga aylanib qolishlari mumkin. Albatta, 
siyosiy arboblar, sport, madaniyat va san`at xodimlari reklamasining o’z xususiyatlari 
bor, ularni reklama qilish asosida ko’p hollarda sub`yektivizm va katta manfaatlar 
yotadi. Ular maxsus reklama firmalari tuzishlari va o’z reklamalarini ilmiy asoslab 
qoyilmaqom qilishlari mumkin. Lekin, ma`lum davr o’tgach, prezidentlikka saylovlar 
tugagach, bu reklama kompaniyasi ham tugatiladi. Bundan ayrim san`at, sport 
xodimlarining 
reklamasi 
mustasnodir. 
Ularning 
o’z menejerlari doimo 
tinglovchilarni, tomoshabinlarni shu shaxsга qiziqishini saqlab turish bilan 
shug’ullanadi. O’z “yulduzi” haqida shov-shuvlar ko’taradi, gap tarqatadi va doimo 
jamoatchilik diqqat markazida turishga intiladi. 
Tovar va firmalar reklamasida ham shunga o’xshashlik jihatlar uchraydi. Lekin 
ularning sifat ko’rsatkichi yillar davomida orttirgan obro’si, markasi har qanday 
reklamadan ham yuqori turadi. Masalan, Mersedes-bents, Toyota, Ford, Adidas, 
Koka-kola kabi nomlar millionlab xaridorlar uchun tovarning nomidan ko’ra afzal va 
qadrliroqdir. Chunki tovar eskirishi, modadan qolishi va yo’q bo’lib ketishi mumkin. 
Biroq uning chidamliligi, sifatliligi, ilg’or konstruktsiyasi, go’zal dizayni, did bilan 
o’rab joylanishi va boshqa yaxshi tomonlari uning o’rniga ishlab chiqarilgan tovarda 
namoyon bo’lishi va keyingilarida qaytarilishi, xaridor xotirasida qoladi va tovarga 
nom berishga asos bo’ladi. Bu sifatlar reklama organlari tomonidan tovarning marka 
timsoliga aylantiriladi.
Reklama yo'naltirilayotgan xaridor va bo’lajak xaridorlarga ham aniq bo’lmogi 
lozim. Masalan, modali shimni yoki sport yengil avtomashinasini asosan yoshlar 
xarid qiladilar, shunday ekan, ularning reklamasi televidenieda yoshlar uchun 
beriladigan ko’rsatuvlar oralig’ida berilmog’i, ayollar bijuteriyasining reklamasi, 


267 
ularga bagishlangan ko’rsatuvlar oralig’ida berilsa maqsadga tezroq erishiladi. 
“Neksiya” yengil avtomashinasini yoki maxsus tikuv, tukuv, presslash stanoklarini 
televidenieda yoshlar uchun maxsus reklama qilish, ko’zlangan natijani bermasligi 
mumkin, chunki ularning har birini o’z iste`molchisi, xaridori bor. Reklama qiluvchi 
tovar xaridorlarining kayfiyatini, ularning orzu-umidlarini, qiziqishlari va 
daromadlarini ham e`tiborga olmog’i lozim. Shularni hisobga olish maqsadida ishlab 
chiqarish firmalari qoshidagi marketing bo’limining reklama guruhlari yoki maxsus 
reklama bilan shug’ullanuvchi firmalar (agentliklar) xaridorlar bo’yicha ma`lumotlar 
banki tuzadilar va uni saqlaydilar. Bu bank doimo yangilanib va to’ldirilib turiladi.
Reklama qilishda uning vositalarini ham to’gri tanlash muhim ahamiyatga ega. 
Bu vosita reklamaning maqsad va mazmuniga monand hamohang bo’lishi, reklama 
qilinayotgan tovar, xizmatlar za ijtimoiy voqelikning xususiyatiga, iste`molchi va 
xaridorlarning didiga, xarakteriga mos kelishi muhimdir. Reklama vositalarini 
aniqlashda u reklamaning xarakteriga, firmaning, tovar ko’rinishi, shakli va 
mohiyatiga to’g’ri kelishiga e`tibor beriladi. Reklama vositalari va usullari bir-biriga 
yordam beradi va bir birini to’ldiradi. Bunda reklama vositalari va usullarining 
imkoniyatlari va yo’nalishlarini hisobga olish lozim.
Reklamani amalga oshirishda turli vositalar va usullardan foydalaniladi. Ular 
ichida to’g’ridan-to’g’ri, bevosita reklama qilish vositalari alohida o’rin egallaydi. Bu 
reklamani reklama agentlari tomonidan bo’lajak va doimiy xaridorlar bilan uchrashib 
adabiyotlar, varaqalar, xatlar va boshqa har xil reklama materiallarini tarqatish bilan 
amalga oshiriladi. Ular aloqa qilish muassasalari (pochta, telefon, telegraf) orqali ham 
yunaltirilishi mumkin. Matbuot reklamasi gazeta, jurnal, spravochniklar, firmalarning 
byulletenlari orqali amalga oshiriladi. Bosma usulida qilinadigan reklama 
prospektlar, kataloglar, bukletlar, plakatlar, otkritka, kalendar va boshqa usuldagi 
mahsulotlar yordamida qilinadigan reklamalardir. Ekran reklamasi televidenie, kino, 
poliekran, slayd-proyektsiyalar orqali amalga oshiriladi. Reklama qilishda radio, 
telefon, telegraf, fakslar ham muhim rol o’ynaydi. Sirtqi reklama maxsus yirik va 
kichik gabaritli plakatlarni elektrlashtirilgan panolar, EHMda programmalashtirilgan 


268 
panolardan foydalanib, harakat qiluvchi yozuvlar orqali, reklama ko’rgazmalarida 
tovarlarning o’zini namoyish etish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Transport vositalariga har xil plakatlar, e`lonlar, yozuvlar yopishtirish, ularning 
devorlarini bo’yash, yozish, rasmlar, grafiklar, sxemalar chizish orqali reklama qilish.
Tovarlarni sotish joyida reklama o’z ichiga magazin vitrinalariga ularni qo’yish, 
savdo zallariga ko’rgazmalar, tovar belgilari, planshetlar osish yo’li bilan qilinadi. 
Esdaliklar, har xil hadyalar berish orqali tovar va xizmatlarni reklama qilish keyingi 
yillarda ayniqsa, tez rivojlanib bormoqda. Bunday hadya va esdaliklar qimmat 
bo’lmasada, kishilar uchun kundalik ehtiyojlariga zarur buyumlar bo’lmog’i lozim. 
Masalan, talaba, o’qituvchi, ilmiy xodimlar uchun ruchka, qalam, daftar, kitob, kichik 
komp'yuter, papka va hokazolar, ayollarga ro’zg’or xaltachalari, har xil bijuteriyalar 
va boshqalarni berish maqsadga muvofiqdir. Bularning biron-bir ko’rinarli yerida 
tovar belgisi, firmaning nomi albatta ko’rsatilgan bo’ladi.
Reklama qilish va vaqtini tanlash ayniqsa muhim bo’lib, bu ish kishilarning 
kayfiyatini, holatini e`tiborga olmog’i lozim. Masalan, kunduz kuni yoshlarning 
o’qish va ish paytida ularga yaxshi modali kiyim bosh yoki kino fil'mni reklama 
qilish, reklamaning ta`sirini kamaytiradi. Reklamani amalga oshirishda uning 
miqdori, chastotasi, televidenie, radio, yoki matbuotda e`lon qilish qaytarilish grafigi 
ishlab chiqiladi. Buning uchun reklamani ta`sirchanligi, uni qachon, qancha, necha 
marta, qay yo’sinda berilishi aniqlanadi. Xabarnoma va e`lon o’zining ahamiyatiga 
qarab uni tarqatish tartibi (ketma-ketligi) belgilanadi. Reklamalar barchaga tushunarli 
bo’lishi, qiymat jihatdan esa nihoyatda baland bo’lmagani ma`qul, aks holda reklama 
beruvchilarni cho’chitib yuboradi. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish