"iqtisodiyot va menejment "


Sanoat uchun mo`ljallangan tovarlar bozori



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

Sanoat uchun mo`ljallangan tovarlar bozori
- boshqa tovar ishlab chiqarish 
va xizmat ko`rsatish sohasida boshqarish va boshqa iste`molchilarga sotilgan tovar va 
xizmatlar sotib oluvchi shaxlar va tashkilotlar yig’indisidir.
Tovarlar nomenklaturasi va pul aylanmasi hajmi jihatidan sanoat uchun 
mo`ljallangan tovarlar bozori keng iste`mol tovarlari bozoridan ustun bo`ladi.
Avtomobil ishlab chiqarish va sotish uchun metall, oyna, rezina sotuvchilar o`z 
mahsulotlarini mashinasozlarga sotishlari lozim, mashinasozlar esa tayyor mahsulotni 
iste`molchilarga sotadilar. 
Sanoatga mo`ljallangan tovarlar bozori keng iste`mol mollari bozoridan farq 
qiluvchi o`ziga xos xususiyatlarga ega: 
1.
Sanoat uchun mo`ljallangan tovarlar sotuvchisi nisbatan ancha kam xaridorga ega 
bo`ladi. 
2.
Hatto ishlab chiqaruvchilar ko`p bo`lgan tarmoqlarda ham xaridning katta qismi 
bir nechta yirik ist`molchi hissasiga to`g’ri keladi. 
3.
Xaridorlar hududiy jihatdan va neft’ sonoati, rezina, po`lat quyish sanoati kabi 
tarmoqlar bo`yicha to`plangan. 
4.
Sanoat uchun mo`ljallangan tovarlarga bo`lgan talab keng iste`mol mollariga 
bo`lgan talab bilan o`lchanadi. Masalan, hayvonlar terisi poafzal ishlab chiqarish 
uchun sotib olinadi. 


263 
5.
Sanoat uchun mo`ljallangan tovarlarga talab keng iste`mol tovarlari va xizmatlar 
uchun talabga nisbatan tezroq o`zgaradi. Bu ayniqsa yangi ishlab chiqarish 
uskunalarida yaxshi namoyon bo`ladi. Ba`zan iste`mol tovarlariga bo`lgan talab 
1% ortishi sanoat uchun mo`ljallangan tovarlarga talabning 2% ortishiga olib 
keladi. 
6.
Sanoat uchun mo`ljallangan tovarlar kam xarajat qilib xarid qilishni doimo 
o`rganuvchi malakali agentlar tomonidan xarid qilinadi. Keng iste`molchi xarid 
qilish sohasida uncha malakaga ega emas. Sanoat uchun qilinadigan xarid 
qanchalik murakkab bo`lsa, u haqda qaror qabul qilish jarayonida shuncha ko`p 
kishi ishtirok etadi. Eng muhim tovarlarni sotib olishda odatda maxsus xarid 
komissiyalari shug’ullanib, ular tarkibiga texnikaviy ekspertlar va rahbariyat
vakillari kiradi. 
Sanoat uchun mo`ljallangan tovar sotib olish jarayonida xaridor bir qancha qaror 
qabul qilishi kerak bo`ladi.
Qarorlar miqdori xarid qilinayotgan vaziyatga bog’liq 
bo`ladi.
Xarid qilinish jarayonida uch xil vaziyat vujudga kelishi mumkin: 
1. 
O`zgarishlarsiz qayta xarid qilish–bu xaridor biror narsaga o`zgarishsiz 
buyurtma beradigan vaziyatdir. 
2. 
O`zgarishli qayta xarid qilish – bu vaziyatda xaridor qayta buyurtma berish 
davrida tovar texnikaviy xususiyatlar, narx, savdoning boshqa shartlariga o`zgartirish 
kiritgan, yoki qisman ta`minotchilarni o`zgartirgan holda yuz beruvchi vaziyatdir. 
Avvalgi ta`minotchi mijozni saqlab qolishga, yangilari esa yangi mijoz orttirishga 
harakat qiladilar. 
3. 
Birinchi marta tovar yoki xizmatlar sotib oluvchi firma yangi masalalarni hal 
etish uchun xarid qilishi. Masalan, firma birinchi komp’yuter tizimini o`rnatmoqchi 
bo`lsin. eng kam qaror o`zgarishsiz qayta xarid qiluvchi xaridor hissasiga, eng ko`p 
qaror - yangi masalalarni hal etish uchun xarid qiluvchi hissasiga to`g’ri keladi. 
Birinchi marta xarid qilishda tovarning texnikaviy texnikaviy xususiyatlarini, narxlar 
chegarasi, ta`minot vaqti va sharti, texnik xizmat ko`rsatish shartlari, to`lov shartlari, 
buyurtma hajmini aniq, maqbul ta`minotchilarni tanlash masalalarini hal etish kerak. 


264 
Oraliq tovarlar bozori boshqa iste`molchilarga qayta sotish yoki ijaraga berish 
yo`li bilan foyda ko`rish maqsadida, yoki o`z xususiy korxonasi beto`xtov ishlashi 
uchun zarur tovar va xizmatlar sotib olinadigan bozordir. Oraliq tovarlar bozori 
sotuvchilari qayta sotish uchun mo`ljallangan qayta sotish uchun mo`ljallangan juda 
katta hajmda turli-tuman tovarlar bilan ish ko`radilar. Bundan tashqari, oraliq tovar 
sotuvchisi qaysi sotuvchidan, qanday narxda va shartlar bo`yicha sotib olish va
kimga, qanday narxda qachon sotish masalasini hal etish kerak. 
Korxona butun markting faoliyati va rejalashtirishni amalga oshiruvchi 
marketing tizimini yaratishi kerak. Agar bu kichik korxona bo`lsa, marketing 
xizmatini bir kishi bajarishi kerak. U marketing tadqiqotlarini olib boradi, savdo va 
reklamani tashkil etadi hamda bir vaqtning o’zida mijozlarga xizmat ko`rsatishni 
amalga oshiradi. Agar korxona katta bo`lsa, marketing xizmati bilan marketing 
bo`limi shug’ullanadi.
Bo`limda agentlar, marketing bo`yicha tadqiqotchilar, reklama bo`yicha 
mutaxassislar, mahsulot ishlab chiqarishni boshqaruvchilar, bozor segmentlari 
bo`yicha boshqaruvchilar, mijozlarga xizmat ko`rsatuvchi xodimlar ishlaydi. 
Marketing xizmatini tashkil etishning eng keng tarqalgan turi - funktsional tur 
bo`lib, unda marketing bo`yicha mutaxassislar marketing faoliyatining turli 
vazifalarini bajarishga rahbarlik qiladilar. Ular faoliyatini tartibga soluvchi marketing 
bo`yicha vitse-prezident (direktor o`rinbosari)ga bo`ysunadilar(18.2-chizma).
Chizmada marketing xizmati bo`yicha beshta mutaxassis ko`rsatilgan. Bulardan 
tashqari mijozlarga xizmat ko`rsatish xizmati boshqaruvchisi, marketingni 
rejalashtirish bo`limi va tovar xarajati xizmati boshqaruvchisi bo`lishi mumkin.

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish