Silliqlash.
Bu usul kishilarni yaxshilikka undash yo`li bilan nizoni bartaraf
qilishga qaratilgan. Ziddiyatli vaziyatda qarama-qarshi tomonlar bir-biri bilan
xushmuomalali bo`lishga, arzimagan narsaga achchiqlanish, umuman, bir vaqtning
o`zida birga suzayotgan qayiqni “qaltis tebratish” yaramasligiga chaqirishadi.
Bunday usul ikkala tomondan bittasining lavozim darajasi yoki mavqei yuqori
bo`lgan va u mazkur ziddiyat bo`yicha o`zini bahslashishga tushishni lozim deb
bilmagan hollarda qo`llaniladi. Bunda ziddiyatga tushishdan voz kechgan tomon
muxolifiga o`z istagiga erishish imkon bersa-da, ikala tomon o`rtasidagi dahshatli
“yong’in” so`nadi va kelajakda ham yaxshi munosabat saqlanib qolishiga erishiladi.
Shu tariqa ishonch orqali vaziyat silliqlashadi.
Majburlash
– bu tomonlardan birining xohish-irodasini, so`zini majburan,
zo`rlab qabul qildirishdir. So`zini o`tkazmoqchi bo`lgan tomon qarshi tomonning
fikri bilan hisoblashmaydi, uni inkor etadi. Bunday strategiyani qo`llaydigan tomon
tajavvuzkorlik bilan o`z xohishini qarshi tomonga majburlab o`tkazadi. Bu usulni
ko`proq rahbarlar qo`l ostida ishlaydiganlarga nistaban qo`llashadi. Majburlash
strategiyasi tashabbusni bo`g’adi, korxonada “ruhiy iqlim”ning beqarorligiga olib
keladi. Ayniqsa, bu usul yuqori malakali, nisbatan yosh mutaxassislarda nafrat
uyg’otadi.
176
Kelishuv.
Nizoli holatdan muvaffaqiyatli chiqishning eng muhim sharti – bu
murosaga keli olishdir. Kelishuv Bilan nizolarni hal etish, bu yuqori baholanuvchi
strategik usul bo`lib, bunda ikkala tomonni qanoatlantiruvchi echimga kelinadi.
Muammoni hal qilish.
Bu usul barcha tomonlarni qanoatlantiruvchi echimni
topish uchun nizoni chaqiruvchi sabablarni chuqur tahlil qilish va barchaning
fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o`z maqsadiga boshqalar
maqsadi orqali emas, balki nizoning eng oqilona echimini topish evaziga erishishni
xohlaydilar.
Jamoaga a`zo bo`lgan har bir shaxsning qalbiga yo`l topa bilish rahbarning ish
faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. Buni bilgan rahbar o`z jamoasi ichida mehnat
jarayonida vujudga keladigan har xil nizolarni jamoada jamoat tashkilotlari bilan
birga, yuqori tashkilotlarga chiqarmasdan o`zida hal qilishga qodir bo`ladi.
Bunday rahbar o`z ishini to`g’ri tashkil qiladi, jamoa oldiga qo`yilgan maqsad va
reja topshiriqlarini o`z vaqtida muvaffaqiyatli bajaradi. Jamoalarda sog’lom ruhiy
iqlim yaratish uchun rahbar quyidagilarga, ya`ni:
har xil xodimning shaxsiy fazilatlariga:
yoshi, qobilyati, malakasi, iste`dodiga;
ishchilar o`rtasidagi hamjihatlikka;
o`zaro yordamni bir-biri bilan chambarchas bog’laydigan ijtimoiy aloqa maromiga;
raqobat muhitini tashkil qilinganiga;
korxonada pirovard natijalar uchun har bir xodimning m`uliyat sezish tuyg’usini
mustahkamlanganlik darajasiga;
jamoa a`zolari ishining unumdorligiga;
motivlashtirish darajasi kabilarga
e`tibor berishi lozim.
Har bir nizoli vaziyatni rahbar bosiq, hovliqmasdan hal etishi kerak. Nizoli
holatlarning oldini olish va undan muvaffaqiyatli chiqishning eng ishoncli
vositasi – bu har bir kasbga xos xulqni, muomala madaniyatini shakllanib,
sayqallanib mahorat darajasiga yetkazilganidir.
Nizoli holatdan muvaffaqiyatli chiqishning birinchi sharti – bu murosaga kela
olishlikdir. Ikkinchi sharti – bu nizoli holatni aniq idrok etishdir. Ya’ni o’z izzat-
nafsini yengib o’tib, suhbatdoshidan kechirim so’rashdir.
Stress
– inglizcha (stress) so`zidan olingan bo`lib, asabiylik, keskinlik degan
ma`nolarni anglatadi.
177
Asabiylik turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketishi, xavfli vaziyat
tug’ilgan paytlarda, zarur choralarni zudlik bilan topishga majbur bo`lganda vujudga
keladigan ruhiy holatdir. Bunday holatga tushgan kishilarga nisbatan: «u
asabiylashdi” deb aytishadi. Shu ma`noda asabiy tushunchasi:
salga asabiylashaveradigan, bo`lar - bo`lmasga qizishib, tutaqib ketadigan, zardasi
tez, jizzaki kishi;
asablarning kasalligi tufayli yuz bergan, asablarning faoliyatining buzilganligi
natijasida yuzaga kelgan xastalik;
asablarning qo`zg’alishi bilan bog’liq holat (janjal, baqiriq-chaqiriq ) kabilar
ma`nosida talqin qilinadi;
Kanadalak buyuk fiziolog Gans Sel’s asabiylashni odam yoki hayvon
organizmining har qanday ta`sirga o`ziga xos munosib javob deb baholaydi. U uch
bosqichga bo`linadi:
1.
Boshlang’ich ta`sirchanlik (emotsional) tuyg’usi (g’alayon); a`zoi badandagi
kuchlarning safarbarlikka tortilishi.
2.
Qarshilik ko`rsatish bosqichi.
3.
Toliqish bosqichi.
Stress
-bu oddiy va ko`p uchrovchi holat. Qattiq bezovta bo`lish, hayajon va
uyqusizlikdan biz hammamiz uni sezamiz. Ozgina stresslarning ziyoni bo`lmasligi
mumkin. Shuning uchun bir rahbar yoki xodim yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan va
haddan tashqari asabiylashganlik darajasini bilmog’i lozim. Nol holatdagi
asabiylashish bo`lishi mumkish emas. Ya`ni asabiylashmaydigan kishi mutlaqo yo`q.
Tanida joni bor har qanday kishi u yoki bu darajadagi asabiylik holatiga tushadi.
Ammo:
h
addan tashqari asabiylashishdan qochish kerak. Uning oqibati kutilmagan
noxushlikka olib keladi.
Stresga duchor bo`lmaslik uchun xayrli ishlarni, masalan, mahalla, qarindosh-
urug’, ishda – ijodiy ishlarni ko`proq qilish kerak. Sabr-qanoatli bo`lish, har qanday
mushkul vaziyatga tayyor bo`lish, har qanday mushkul vaziyatga tayyor bo`lish,
o`zini chalg’itish lozim. Mashaqqatli mehnatni yaxshi dam bilan birga olib borish,
178
hech bo`lmasa bir oz orom olish, tinchlanish kerak. Ishda xushfe`l, tavozelik bo`lish,
o`zaro hurmat va xushmuomalali inson bo`lish kerak.
Srtessning sodir bo’lishiga asosan ikki yo’nalishdagi omillar sabab bo’ladi
(6.2.6-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |