Amortizatsiya ajratmalari
- mahsulot tannarxiga kiritiladigan asosiy fondlar
amortizatsiyasi summasi; asosiy fondlarni qisman tiklash (kapital ta`mir va
yangilash) va to`liq tiklash (renovatsiya) fondlarinи yaratishga xizmat qiladi.
Amortizatsiya ajratmalari me`yorlari asosiy fondlar qiymatiga proportsional
ravishda hisoblanishi, ya`ni taxminiy foydalanish muddatiga tekis taqsimlanishi yoki
kamayib boruvchi balans usulida - jadallashtirilgan tartibda hisoblanishi mumkin.
Jadallashtirilgan tartibda foydalanishning birinchi yilida amortizatsiya me`yori 2
marta oshiriladi, ikkinchi yili qoldiq qiymatining 20% va shu tarzda ajratmalar
nazarda tutiladi. Natijada asosiy fondlar qiymatining 2/3 qismi ular xizmat
muddatining yarmidayoq amortizatsiyalanadi.
1
O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 1 jild. – Т.: «Davlat ilmiy nashriyoti», 2000. – 288 bet.
74
Amortizatsiya me`yorlarining pasaytirilishi asosiy fondlarning yangilanishini
sekinlashtiradi, oshirilgan me`yorlar mahsulot tannarxini qimmatlashtiradi. Shu
sababli amortizatsiya ajratmalari davlat tomonidan tartibga solinadi. Amortizatsiya
ajratmalari ta`minlanishi kerak bo`lgan asosiy shart asosiy fondlar eskirishini to`liq
qoplashi va ularni takror yaratishni ta`minlashidir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarda
davlat
amortizatsiya
ajratmalari
normativlarini
belgilab,
jadallashtirilgan amortizatsiya orqali tadbirkorlarga soliqqa tortiladigan foyda
summasini kamaytirishga imkoniyat yaratib beradi. Ayni paytda asosiy fondlar
qiymatini hisobdan chiqarishni tezlatish tadbirkorni asosiy fondlarning ma`naviy
eskirishi bilan bog’liq ehtimoli bo`lgan zarar ko`rishdan saqlaydi, yangi texnika va
texnologiyani tezroq joriy etishga rag’batlantiradi.
Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlarning o`zini yoki uning ba`zi qismlarini
yangilash vaqti kelgunchа shu shaklda ma`lum fondda jamg’arilib turiladi va bu
fondni amortizatsiya fondi deb ataydilar. Demak, amortizatsiya fondi - amortizatsiya
ajratmalari hisobiga shakllanadigan maxsus fonddir. Asosiy vositalar va ishlab
chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan moddiy aktivlar amortizatsiyasi degan tushuncha
ham mavjud. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasi bo`yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
-
asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki qiymatidan kelib chiqib hisoblangan
amortizatsiya ajratmalarining summasi (hisoblangan eskirish);
-
lizing bo`yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladigan, jadallashtiriladigan amortizatsiya summasi.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy aktivlar eskirish, har oyda
xo`jalik yurituvchи sub`yekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan natijali
foydalanish muddatidan (biror xo`jalik faoliyati yurituvchi sub`yekt muddatidan ortiq
emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli
bo`ladi. Natijali foydalanish muhlatini aniqlash imkoni bo`lmagan nomoddiy aktivlar
bo`yicha eskirgan normasi 5 yilga hisoblanadi.
Ma`lumki, amortizatsiya ajratmalari belgilangan normalar bo`yicha tayyor
mahsulotning tannarxiga kiritiladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
75
Do'stlaringiz bilan baham: |