Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan



Download 0,66 Mb.
bet45/134
Sana21.12.2022
Hajmi0,66 Mb.
#893760
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   134
Bog'liq
умк СМЕТА 22 (5)

Umumiy tushuntirish matnida ob’ektning loyihaviy quvvati, mahsulotlar nomentklaturasi, sifati va raqobatbardoshligi, ob’ekt bo‘yicha resurslarga bo‘lgan talab–ehtiyojlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, qurilish maydoni joylashgan rayonning ijtimoiy - iqtisodiy va ekologik sharoitlari, bosh reja, injenerlik tarmoqlari va kommunikatsiyalari hamda investitsion loyihani amalga oshirishning boshqa xarakteristikalari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar haqidagi ma’lumotlar beriladi.
2. Bosh reja va transport. Bosh reja, ichki maydon va tashqi transport bo‘yicha ko‘rsatkichlar, hududni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha asosiy rejaviy echimlar, tadbirlar va boshqa materiallarni o‘z ichiga oladi.
3. Texnologik echimlar – ishlab chiqarish texnologiyasi, mahsulotlarni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan mehnat sig‘imi xarakteristikalari, mahsulotlar sifatini nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha takliflar, texnologik jarayonlarning yoqilg‘i-energetik va moddiy balanslari, atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarishni bartaraf etish bo‘yicha texnik echimlar keltiriladi va h.k.
4. Ishlab chiqarish, korxonani boshqarish hamda ishchi va xizmatchilar uchun barcha zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratishni tashkil etish va ularning mehnatini muhofaza qilish korxonani boshqari tashkiliy – funksional tuzilmasining tahlilini, boshqarishning avtomatik tizimi (BAT), ishchi o‘rinlari soni va jihozlar bilan ta’minlanganligi, ishchi – xodimlar mehnat qilishlari uchun sanitariya-gigienik sharoitlarning yaratilganligi, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha chora – tadbirlarni o‘z tarkibiga kiritadi.
5. “Arxitekturaviy – qurilish echimlari” bo‘limiga qurilish maydonining injener – geologik, gidrogeologik sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, arxitekturaviy – qurilish echimlarining va ishlab chiqarish shovqinlarini va tebranishlarni pasaytirish bo‘yicha chora – tadbirlarning asoslanishi kiradi va h.k.
6. Injenerlik tarmoqlari va tizimlari, jihozlari bo‘limida suv ta’minoti, kanalizatsiya, isitish tarmog‘i, shamollatish bo‘yicha echimlar keltiriladi va h.k.
7. “Qurilishni tashkil etish” bo‘limida QMKga muvofiq ravishda “Qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish” (QITE) ishlab chiqiladi va unda ob’ektni tiklash jarayonida resurslardan (shu bilan bir qatorda vaqt resurslaridan ham) foydalanish prinsiplari tavsiflanadi.
QITE tarkibiy qismlari – qurilish bosh rejasi va qurilish kalendar rejasidan iborat bo‘ladi. QITEda qurilishni materiallar, konstruksiyalar, yarimfabrikatlar, detallar, buyumlar, qurilish mashinalari hamda transport vositalari bilan ta’minlash manbalariga doir savol va masalalar echiladi. Bunda butun qurilish bo‘yicha qurilish ishlab chiqarishi hajmlari mavjud bo‘lgan resurslar bilan solishtiriladi. Agar korxonaning ishlab chiqarish quvvtlari etarli bo‘lmasa, u holda ularni oshirish bo‘yicha chora – tadbirlar ishlab chiqiladi.
Qurilishni tashkil etish loyihasi ob’ektlar qurilishi kalendar rejasi va asosiy qurilish – montaj ishlarini ishlab chiqarish metodlarini o‘z ichiga oladi, pudratchi qurilish tashkilotlar tarkibi, ularni boshqarish tizimi, qurilishni amalga oshirish jarayonida ularni rivojlantirish yo‘llarini aniqlab beradi.
8. “Atrof – muhitni muhofaza qilish” bo‘limida ob’ektni qurish jarayonida ham keyingi ekspluatatsiya jarayonida ham atrofdagi tabiiy muhitga ko‘rastiladigan zararli ta’sirni kamaytirish va bartaraf etish bo‘yicha chora – tadbirlar keltiriladi.
9. Fuqaro mudofasi bo‘yicha injener – texnik tadbirlar aholi va hududni tabiiy ofatlardan hamda texnogen xarakterli favqulodda vaziyatlardan himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni o‘z tarkibiga kiritadi.
10. “Smeta hujjatlari” bo‘limi qurilish tannarxining jamlangan smeta hisoblarini, zarur bo‘lgan hollarda sarf – xarajatlar jamlamasini, ob’ektli va lokalli smeta hisoblari, alohida turdagi sarf-xarajatlar va shu bilan birgalikda tadqiqot ishlari hamda loyihalash ishlari bahosini ham o‘zida mujassam etadi. Smeta hujjatlarida qurilishning smetaviy narxini ikkita narx bo‘yicha: bazisli va oldindan (yoki bashoratli) baholash tavsiya etiladi. Bazisli va bashoratli narxlar asosida buyurtmachilar va pudratchilar qurilish mahsulotlariga qo‘yiladigan jamlanma (shartnomali) narxlarni shakllantiradilar.
11. “Investitsiyalar samaradorligi” bo‘limida investitsiyalarni asoslash vaqtida o‘rnatilgan kapital mablag‘lar samaradoligini baholash aniqlanadi.
Loyiha (texnik loyiha)da, qoidaga ko‘ra, qurilishni bajarishga jalb qilish va uni amalga oshirish bo‘yicha savdolashish e’loni uchun tenderli hujjat ishlab chiqiladi.
Texnik loyiha, qoidaga ko‘ra, ekspertizadan o‘tkaziladi. Aksariyat hollarda buyurtmachi yirik va murakkab ob’ektlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun tender e’lon qiladi. Ekspertiza jarayonida ishlab chiqilgan loyihaning loyihalash uchun taqdim etilgan texnik topshiriqqa muvofiq kelishi tekshiriladi, ilg‘or taraqqiyot natijalaridan foydalanganlik darajasi va loyihaviy echimlarning yangligi tahlil qilinadi, kapital mablag‘lar iqtisodiy samaradorligining to‘g‘ri baholanganligi tekshiriladi, qabul qilingan loyihaviy echimlar mamlakatdagi va xorijdagi eng yaxshi loyihalar bilan solishtiriladi. Inshootning xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar echimlariga alohida e’tibor qaratilishi taqoza etiladi.
Ekspertiza yakunlangandan keyin ekspertiza xulosasi loyihalovchiga beriladi. Loyihachi ekspertlar tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni o‘rganib chiqqandan keyin buyurtmachi bilan birgalikda loyihani to‘ldirish va unga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Undan so‘ng loyiha tasdiqlanadi va buyurtmachi ob’ekt qurilishi uchun tender e’lon qilish haqida qaror qabul qiladi, shu asosda pudratchi qurilish tashkiloti aniqlanadi.
Xalqaro amaliyot va amaldagi tavsiyalarga muvofiq ob’ekt qurilishiga tegishli bo‘lgan ishchi hujjatlar buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi yoki uning (buyurtmachining) qarori bilan ishchi hujjatlarning kontrakt asosida tuzilishi ixtisoslashgan loyiha – ilmiy tekshirish tashkilotlariga topshiriladi.
Ishchi chizmalarni tuzishda texnik loyihadagi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni pasaytiradigan, ishchi – xizmatchilarning mehnat qilish sharoitlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan echimlar yoki inshootning xavfsizlik darajasini pasaytiradigan echimlarni qabul qilish taqiqlanadi.
Ishchi chizmalar kelishuv, ekspertiza va tasdiqlashga topshirilmaydi. Ishchi chizmalar qurilayotgan korxona bosh injeneri yoki amaldagi korxona kapital qurilishi boshqarmasining bosh injeneri imzosi bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri ishlarni bajarishga tadbiq etiladi.
Ishchi loyihalarni tuzish bosqichida qurilish tashkiloti odatda o‘zining xusuiy kuchlari orqali ishlarni ishlab chiqarish loyihasini (IIL) ishlab chiqadi, unda ishlarni ishlab chiqarish metodlari va ob’ektni qurish uchun zarur bo‘lgan resurslar aniqlanadi.
Ishlarni ishlab chiqarish muddatlari moddiy-texnika resurslarining hajmi va ularning o‘z vaqtida etkazilib berilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu savollar ishlarni ishlab chiqarish va resurslarning ob’ektga etkazilish grafigini tuzish vaqtida echiladi. Qurilish maydonini zarur bo‘lgan material resurslari bilan minimal ravishda ta’minlashdan kelib chiqqan holda qurilish materiallarini ob’ektga etkazish grafigi tuziladi.
Ob’ektning bosh qurilish rejasi ham ishlarni ishlab chiqarish va qurilayotgan ob’ektni resurslar bilan ta’minlash singari IILning muhim tarkibiy qismlaridan biri deb hisoblanadi, unda qurilayotgan bino va inshoot oldindan mavjud bo‘lgan doimiy va inventar binolarning joylashish o‘rni ko‘rsatiladi. Qurilishning bosh rejasi qurilish maydoni hududidan oqilona foydalanishni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish–maishiy xonalarining soni va ularni joylashtirish tartibi sanitariya me’yorlarini qoniqtirishi zarur va ishchilarning qurilish maydoni hududi bo‘yicha ortiqcha yurishlariga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Injenerlik kommunikatsiyalari trassalari va yo‘llar minimal uzunlikka ega bo‘lishi kerak. Qurilish mashinalarini shunday joylashtirish taqoza etiladiki (texnika xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda), bunda ishlab chiqarishni oqilona ishlangan texnologiya bilan ta’minlash talab etiladi.
Loyihalash bir bosqichda olib borilayotganda texnik-ishchi loyiha formatida tasdiqlanadigan qism va ishchi chizmalar ajratilib ko‘rsatiladi. Tasdiqlanadigan qismning kelishuvi va tasdiqdan o‘tkazilish tartibi texnik loyihani kelishish hamda tasdiqlash protseduralariga o‘xshash bo‘ladi.
Ishchi hujjatlar lokalli smetalar, qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyoj bayonnomalari, jihozlar spetsifikatsiyalari, ishlarni ishlab chiqarishga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oladi.



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish