Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan



Download 0,66 Mb.
bet43/134
Sana21.12.2022
Hajmi0,66 Mb.
#893760
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   134
Bog'liq
умк СМЕТА 22 (5)

Savdo-sotiq bozoridagi raqobat – kon’yunktura, raqobatchilar, ularning strategiyasi va qurilish mahsulotlari bozoridagi taktikasi, tashkilotlar soni, qurilish – montaj va boshqa ishlarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar haqidagi ma’lumotlar tahlilini o‘z ichiga oladi.
Marketing rejasi marketing, narxlarni hosil qilish (narxlarni belgilash)ning maqsad va strategiyasini, ishlar va xizmatlarni taqsimlash sxemasini o‘zida mujassam etadi, reklama va jamoatning fikrini shakllantirishga oid savollarni echadi.
Ishlab chiqarish rejasi bo‘lajak qurilish ob’ektining ishlab chiqarish quvvati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Agar so‘z qurilish tashkiloti haqida yuritilayotgan bo‘lsa, u holda unda qurilish tashkilotining quvvati, uning asosiy ishlab chiqarish jamg‘armalari, tashkilot salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Bosh vazifa – buyurtmachilarga o‘zini salohiyatli qilib ko‘rsatish, ya’ni taklif etilayotgan ish hajmlarini tashkilot zarur bo‘lgan muddatlarda va talab etiladigan sifatda bajara olishga qodir ekanligini namoyon eta bilish.
Tashkiliy reja – pudratli firma tashkiliy strukturasi va uning personali: tarkibi, yoshi, ma’lumoti, ish tajribasi; ishchi kuchi, moddiy sharoitlari, kadrlar siyosati va shu kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga kiritadi. Agar so‘z qurilayotgan ob’ekt, korxona haqida borayotgan bo‘lsa, u holda ham xuddi shunday ma’lumotlar keltiriladi.
Huquqiy ta’minlanganlik. Qurilish – montaj va loyihalash firmalari uchun ularning tuzilgan sanasi ko‘rsatiladi, ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotlar, muassislik hujjatlari, faoliyat yuritishni asoslovchi guvohnomaning raqami (litsenziyaning nomeri), mulkchilik shakli, boshqa tashkilotlar bilan ishlash to‘g‘risidagi shartnomalar yoki taqrizlarning nusxalari keltiriladi.
Xavf – xatrga borish (tavakkal qilish) va sug‘urtlashning baholanishida – xavf-xatar darajasi va berilgan korxonada ishlab chiqarishga ishtirok etishining maqsadga muvofiqligi aniqlanadi, qurilish ob’ektlari, ishlarning bajarilishi va xizmatlar ko‘rsatilishini sug‘urtalashga doir savollar ko‘rib chiqladi.
Moliyaviy reja – bajarilgan ishlar hajmi, foyda, tannarx, daromadlar va xarajatlar, pul mablag‘larining aylanishi, moliyaviy muvozanatni o‘z ichiga oladi.
Moliyalashtirish strategiyasi – quyidagi ma’lumotlar: loyihani amalga oshirish uchun qancha mablag‘ kerak bo‘ladi, kreditni qaerdan va qanday shaklda olish mumkin, kreditning shartlari, sarflangan mablag‘lar qanday muddatda qoplanishi mumkinligini o‘zida mujassamlaydi.
Ishlab chiqilgan biznes – reja natijalari asosida buyurtmachi bo‘lajak qurilish ob’ektining berilgan rayonda qurilishi ko‘zda tutilayotganligi to‘g‘risidagi arznoma bilan mahalliy hokimiyat organlariga murojaat qiladi. Qurilishi ko‘zda tutilayotgan ishlab chiqarish ob’ektlari to‘g‘risidagi arznomada korxona to‘g‘risidagi texnik va texnologik ma’lumotlar, ishchilar va xizmatchilarning taqribiy soni, korxonaning xom - ashyo va materiallar, energiya resurslari, suv, er resurslariga bo‘lgan taxminiy ehtiyoji, korxonaning atrof-muhit va ekologik vaziyatga ko‘rsatadigan ehtimoliy ta’siri to‘g‘risidagi tushunchalar, ishchi- xizmatchilar hamda ularning oilalari, ularni turar-joy, madaniy va maishiy xizmatlar ko‘rsatadigan ob’ektlar bilan ta’minlay olishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Qurilishi ko‘zda tutilayotgan ob’ekt to‘g‘risidagi arznoma moliyalashtirish manbalari va tayyor mahsulotdan foydalanishga oid ma’lumotlarni ham o‘zida mujassam etadi.
Qurilishi ko‘zda tutilayotgan ob’ekt to‘g‘risidagi arznoma to‘g‘risida ijobiy xulosa olingandan so‘ng buyurtmachi qurilishga ajratiladigan investitsiyalarni texnik - iqtisodiy jihatdan asoslashni ishlab chiqishga kirishadi. Investitsiyalarni texnik–iqtisodiy jihatdan asoslash xo‘jalikning zarur ekanligi, investitsiyalarning texnik imkoniyatlari, tijorat, iqtisodiy va ijtimoiy nuqtai- nazardan maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilish maqsadida olib boriladi.
Qurilish investitsiyalari texnik–iqtisodiy asosi (TIA) muhim hujjat hisoblanadi, uning asosida qurilishi ko‘zda tutilayotgan ob’ektni qurish va texnik loyihani ishlab chiqish uchun prinsipial qarorlar qabul qilinadi.
Investitsiyalar TIAni ishlab chiqishda marketing, talab va ehtiyojga oid bo‘lgan savollar bo‘yicha narx, inflyasiya, ishbilarmonlik faolligini hisobga olgan holda ancha chuqur izlanishlar olib boriladi, shuningdek, bozor kon’yunkturasini oldindan tahlil va bashorat qilish asosida mahsulotlarni sotish siyosati ancha puxta asoslab beriladi, mahsulotlar savdo-sotig‘ini rag‘batlantirish bo‘yicha chora – tadbirlar ishlab chiqiladi, tashqi bozor uchun ham shu xuddi shunday ishlar amalga oshiriladi va h.k. SHu bilan bir qatorda, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar texnologiyasi ham ancha chuqur asoslab beriladi, bo‘lajak korxonaning resurslar bilan ta’minlanishi yuqori darajadagi puxtalik bilan tahlil qilinadi.
Investitsiyalar TIA tarkibiga qurilish ob’ektining joylashish o‘rnini asoslashga doir ma’lumotlar: transport kommunikatsiyalari, injenerlik tarmoqlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura ob’ektlari, mahsulotlarni sotish bozorining mavjudligi kiradi. Bu bo‘lim hajmiy - rejaviy va konstruktiv savollar bo‘yicha prinsipial echimlar: qurilishning muddati va ketma-ketligi, qurilishni tashkil etish hamda uning texnologiyasi bo‘yicha umumiy holatlar, energiya gaz ta’minoti echimlarini o‘z ichiga oladi. Atrofdagi tabiiy muhitga ko‘rsatiladigan ta’sir xarakteri baholanadi, mehnat va moddiy – texnik resurslarga bo‘lgan ehtiyojlar, asosiy texnik –iqtisodiy ko‘rsatkichlar va investitsiyalarning smaradorligi aniqlanadi, buyurtmachi tomonidan mamlakatda va xorijda qurilgan ob’ektlarning ularga o‘xshash bo‘lgan ob’ektlarga nisbatan texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlari qiyoslangan holda tahlil qilinadi.
Investitsiyalar TIAni ishlab chiqishda, qoidaga ko‘ra, qurilish ob’ektining bir nechta variantlari ko‘rib chiqiladi. Har bir variant bo‘yicha narxning eng yirik ko‘rsatkichlari bo‘yicha kapital mablag‘lar hajmi (K), mahsulotning tannarxi (T), solmishtirma kapital mablag‘lar, xom – ashyolar, yoqilg‘i, elektroenergiyaning solishtirma sarfi, ishlayotgan ishchi – xodimlarning soni, mehnat unumdorligi aniqlanadi.
Investitsiyalar TIA bo‘limlarining nomlari biznes–reja bo‘limlarining nomlariga etarli darajada yaqin bo‘ladi, lekin ular mazmun – mohiyati bo‘yicha iqtisodiy jihatdan chuqur ishlanishi singari, injenerlik echimlari bo‘yicha ham biznes – reja bo‘limlaridan farq qiladi. Agar biznes-reja investitsiyalar TIA ishlab chiqilgandan keyin ishlab chiqilgan vaziyatlarda investitsiyalar TIA materiallari biznes-rejani ishlab chiqish uchun xizmat qiladi. Biznes - reja bunday holatda korxonaning pul to‘lay olish qodirligi va moliyaviy ustuvorligini tasdiqlash maqsadida shakllantiriladi.
Investitsiyalar TIA davlat ekspertiza xulosalari va ob’ekt quriladigan joyning ijro hokimiyati organi tomonidan kelishilganligi to‘g‘risidagi qaror asosida tasdiqlanadi. Ob’ektning joylashish o‘rnini tanlash qurilish uchun maydon tanlash dalolatnomasi orqali rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi. Tasdiqlangan investitsiyalar TIA va maydon tanlash dalolatnomasi loyihalashning keyingi bosqichi – loyiha (texnik loyiha)ga o‘tish imkonini beradi.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish