Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan



Download 0,66 Mb.
bet42/134
Sana21.12.2022
Hajmi0,66 Mb.
#893760
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   134
Bog'liq
умк СМЕТА 22 (5)

Loyihalash bosqichlari va loyiha
hujjatlarining tarkibi

Yirik murakkab sanoat ob’ektlari va komplekslari bo‘yicha loyiha -ilmiy izlanish ishlari odatda ettita xarakterli bosqichlarda olib boriladi:



  • muammoli izlanishlar yoki mavjud bo‘lgan muammolar echimini topish bo‘yicha olib boriladigan izlanishlar;

  • biznes – reja ishlab chiqish;

  • investitsiyalarni texnik - iqtisodiy asoslash;

  • qurilish uchun qurilish maydonini tanlash va tasdiqlash;

  • loyihalash uchun topshiriqni ishlab chiqish va uni loyihalashga taqdim etish;

  • injenerlik qidiruv va izlanishlarni olib borish;

  • loyihalashtirish.

Loyihalash – ilmiy izlanishlarni bajarishga buyurtmachi albatta, qoidaga ko‘ra, ixtisoslashgan loyihalash – ilmiy –tekshirish firmalarini jalb qiladi. Ixtisoslashgan loyihalash – ilmiy –tekshirish firmalarini tanlash savdolashish e’lonini tarqatish orqali amalga oshiriladi.
Muammoli izlanishlar – faqat yirik va murakkab ob’ektlarni loyihalashda olib boriladi va ular biznes – rejani ishlab chiqish hamda investitsiyalarni texnik – iqtisodiy asoslash uchun zarur bo‘lan boshlang‘ich ma’lumotlarni olishga yo‘naltiriladi.
Biznes–reja – qurilish ob’ektining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslab beradigan hujjat, shuningdek, bu hujjat tadbirkorlik faoliyati sferasida ishtirok etishning maqsadga muvofiq ekanligini baholashda ham ishlab chiqiladi. SHular bilan bir qatorda bu hujjat nima ishlab chiqarish kerak, ishlab chiqariladigan tovarning raqobatbardoshligi qanday qilib oshiriladi, qanday kreditlar zarur bo‘ladi va ularni qachon olish kerak hamda ularni qaytarishning imkoni bormi, tovar ishlab chiqarishni ilgari surish uchun qanday sheriklar kerak bo‘ladi va shu kabi savollarga beriladigan javoblarni o‘z ichiga oladi. Biznes-reja qurilish ob’ekti iqtisodiy samaradorligi – o‘zini oqlash muddati, olinadigan daromadning miqdori, korxona mahsulotlarini sotish yo‘llari to‘g‘risidagi tasavvurlarni ham beradi.
Biznes-reja bozor, uning sig‘imi, muhitning raqobatlilik darajasi, narxlarning dinamikasini o‘rganish natijalarini o‘z ichiga oladi va bo‘lajak buyurtmachilar hamda investorlar bilan muzokaralar olib borishda asos bo‘lib xizmat qiladi. U quriladigan ob’ektning raqobatli muhit sharoitlarida hayotiyligini aniqlash imkonini beradi, ishlab chiqarishning qanday qilib rivojlana olishiga oid tavsiyalarni o‘zida mujassam etadi, tashqi investorlardan moliyaviy yordam olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Biznes-reja odatda quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
taqriz, unda ob’ektning qanday vazifani bajarishga mo‘ljallanganligi, yangidan yaratiladigan korxona nimani va nimaning hisobiga tovar ishlab chiqarishga intilayotganligi, ishlab chiqariladigan tovar raqobatchilarnikidan nimasi bilan farq qilishi va nima uchun iste’molchilar aynan shu tovarni sotib olishni istayotganliklari ko‘rsatiladi. Taqrizda kelgusida amalga oshiriladigan ishlardan qanday asosiy moliyaviy natijalar: sotiladigan tovarlarning hajmini bashorat qilish, olinadigan foyda, ishlab chiqarishga sarflanadigan mablag‘lar, umumiy daromad va foyda olishning darajasi hamda rentabellik, shuningdek, bankdan olingan kreditni qaytarish muddati va shu kabilar beriladi.
Tovarlar (ishlar va xizmatlar) turi – mavjud bo‘lgan, ya’ni oldindan ishlab chiqarilayotgan va yangi tovarlar nomenklaturasi, ko‘satiladigan ishlar va xizmatlar, ishlarni ishlab chiqarish texnologiyasining ustunligi nimadan iborat ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Agar bu qurilish yoki loyihalash – ilmiy tekshirish tashkilotiga tegishli bo‘lsa, u holda bu qurilish yoki loyihalash – ilmiy tekshirish tashkiloti qanday salohiyatga ega ekanligi e’tiborga olinadi.
Savdo–sotiq bozorlari – savdo – sotiq bilan shug‘ullanayotgan mavjud bozorlarni tahlil qilish, ta’sir o‘tkazish doirasini kengaytirish bo‘yicha takliflar keltiriladi. Iste’molchilarni, ularning talab – ehtiyojlarini aniqlash va ularga mahsulotlarni qanday qilib etkazish eng muhim omillar bo‘lib hisoblanadi. Buyurtmachini yaxshi tushunmasdan turib, mahsulotlar, ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning kuchli va zaif tomonlarini baholash ancha qiyin bo‘ladi.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish