Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish
Bandlik yoki aholini ish bilan taʼminlash — mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashgʻul boʻlishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq boʻlgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati. Bandlik xodimni ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslangan aniq mehnat kooperatsiyasiga jalb etish boʻyicha kishilararo munosabatlarni ifoda etadi. Bandlik turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yollanib ishlash bilan cheklanmay, ayni paytda tadbirkorlikni, oʻzini ish bilan mustaqil taʼminlash (oʻzicha bandlik)ni, shaxsiy tomorqa xoʻjaligidagi ishni, uy xoʻjaligida band boʻlish va bolalarni tarbiyalash bilan shugʻullanish, davlat va jamoat vazifalarini bajarishni, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlarida kunduzgi oʻqishni ham oʻz ichiga oladi.
4.1. Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va axoli bandligini ta’minlash.
“2020 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va axholi bandligini ta’minlash parametrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Respublikada joriy yilning birinchi yarim yilligi holatiga mehnat resurslari soni 19,1 mln. kishini tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davriga nisbatan 0,6 foizga oshdi. Ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 13,2 foizni tashkil etdi.
Joriy yil birinchi yarim yilligida mamlakat bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilgan 273 ming nafar fuqaroning 40 foizi, shuningdek, xususiy bandlik agentliklari tomonidan joriy yilning yanvar-aprel oylarida 2890 nafardan ziyod ishsiz fuqaro ishga joylashtirildi.
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Toshkent shaxrining Yashnobod va Yunusobod tumanlarida “Kunlik ishchilar markazi”lari ochildi va har kunlik ishchilarni Jobcafe platformasi orqali ro‘yxatga olish yo‘lga qo‘yildi. Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Shayxontohur tumanlari, shuningdek Toshkent viloyatining Toshkent tumani hamda respublikaning boshqa hududlarda “Kunlik ishchilar markazi”lari ochilishi rejalashtirilgan.
“Kambag‘al va ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Qaror loyihasida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga hamda tadbirkorlikka o‘qitishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi umummilliy tizim joriy etiladi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazlari;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tuman (shahar)larida joylashgan ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlari;
- Toshkent shahrining tumanlarida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ishsiz yoshlar, xotin-qizlar hamda o‘z malakasini oshirmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun tashkil etiladigan qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslari;
- mahalla guzarlarida, mahalla hududlaridagi o‘quv muassasalar, korxona va tashkilotlar, tashabbuskor tadbirkorlik sub’ektlari binolarida, boshqa bo‘sh turgan joylarda ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarlarga o‘qitish markazlari huzurida tashkil etilgan mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tashkil etiladi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi “Ishga marhamat” monomarkazlarida 2020-2021 yillarda ish qidiruvchi shaxslar, xorijga mehnat migratsiyasiga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolar, nodavlat o‘quv markazlari bitiruvchilari va boshqa aholi toifalari uchun WorldSkills standartlari asosida Ishchi kasblar bo‘yicha kasbiy malakani baholash markazlari tashkil etiladi.
Pandemiya sharoitiga qaramasdan, karantin davrida 131,2 ming nafar ishsiz fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinib, ularning bandligi ta’minlandi.
Shu bilan birga, karantin davrida shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan subsidiyalar berish dasturi orqali dehqon xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqalarda band bo‘lgan fuqarolar soni 201,1 ming nafarga ortdi.
Shuningdek, koronavirus pandemiyasining mehnat bozoriga salbiy ta’sirini yumashatish maqsadida mehnat organlari tomonidan 588,2 ming (30 yoshgacha bo‘lganlar 159,9 ming va ayollar 229,4 ming) nafar ishsiz va band bo‘lmagan aholiga xizmatlar ko‘rsatildi.
Xususan, 501,1 ming nafari doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirish va jamoat ishlariga jalb qilish orqali bandligi ta’minlandi, 15,0 ming nafar ishsiz fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi, 27,0 ming nafariga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan 10,1 mlrd. so‘m ishsizlik nafaqasi to‘lab berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |