Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”YO‘nalishi “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatla” fanidan



Download 0,51 Mb.
bet3/10
Sana22.03.2022
Hajmi0,51 Mb.
#505926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
JAHON

ЯИМ ўсиши прогнози (хатарли) Инфляция прогнози (хатарли)
(фоизда, реал йиллик ўсиш) (фоизда, йиллик давр охирига)
Манба: Марказий банк ҳисоб-китоблари.
Xatarli ssenariy yuzaga kelgan holatda iqtisodiy faollikning pasayishi fonida aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan moliyaviy resurslarga bo‘lgan talabning qisqarishi iqtisodiyotga ajratiladigan kredit qo‘yilmalari hajmi o‘sish sur’atlarining ham sekinlashishi prognoz qilinmoqda. Xususan, 2021 yilda kredit qo‘yilmalar qoldig‘i o‘sishi 16-18 foiz, 2022-2023 yillarda 17-19 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bunda, banklar kredit portfelida muammoli kreditlar ulushining o‘sishi ehtimollari ham ortadi.
Pandemiya va unga qarshi kurash bo‘yicha karantin choralari iqtisodiyotda daromadlar qisqarishiga, o‘z navbatida, uy xo‘jaliklari xarajatlari hajmi va tarkibiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 2021 yilda ushbu xarajatlarning 0,5-1,5 foizga, 2022 yilda esa 1-2,5 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. 2023 yilga kelib xarajatlar dinamikasida tiklanish kuzatilib, o‘sish ko‘rsatkichlari 3,5-5 foizgacha tezlashishi mumkin.
Uy xo‘jaliklari xarajatlarining 2021-2022 yillarda nisbatan past sur’atlarda o‘sishi talab tomonidan inflyatsiyaga bo‘lgan bosimning kamayishiga olib keladi.
Tashqi va ichki investitsion faollikning qisqarishi hisobiga asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmida yuqorida keltirilgan ikkita ssenariyga nisbatan pastroq o‘sish tendensiyalari kuzatiladi. 2021 yilda o‘sish sur’atlari 0,5-1 foiz atrofida, 2022-2023 yillarda esa mos ravishda 1,5-2 va 1-1,5 foiz oralig‘ida bo‘lishi prognoz qilinmoqda
Xatarli ssenariyda ko‘zda tutilgan shart-sharoitlar yuzaga kelgan taqdirda, ularning aholi daromadlari va umumiy iqtisodiy vaziyatga ta’sirini inobatga olib, tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirish jarayonini 2021-2023 yillarda samarali amalga oshirish ehtimoli kamayadi.

Shu nuqtai nazardan, xatarli ssenariyda tartibga solinadigan narxlar erkinlashtirish jarayonlari iqtisodiyot to‘liq tiklanib olganidan keyingi bosqichlarga qoldirilishi inobatga olindi.


Umuman olganda, prognoz davrida iqtisodiyotda yalpi talabning qisqarishi, tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirish jarayonlarining keyinga qoldirilishi, manfiy ishlab chiqarish tafovutining saqlanib qolishi, uy xo‘jaliklari xarajatlarining qisqarishi va asosan birlamchi ehtiyoj tovarlarining xarid qilinishi umumiy hisobda inflyatsiyaga ko‘proq pasaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu omillar hisobiga, inflyatsiya darajasining asosiy va optimistik ssenariylarda keltirilgan ko‘rsatkichlardan ham pastroq shakllanib, 2021 yil so‘nggida yillik inflyatsiya 8-12 foiz, 2022 yilda 7-8 foizni, 2023 yilda esa 5-6 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
Inflyatsiya darajasi pasayib borgan sharoitda ham ushbu sseraniy doirasida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi yuqoriligicha qoladi. Daromadlar cheklanganligi holatida xarajatlarning faqat birlamchi ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarga yo‘naltirilishi, iste’mol narxlari tarkibida faqat ushbu mahsulotlar narxlarining tebranishi kuzatiladi va bu aholi tomonidan ko‘proq seziladi.
Tashqi iqtisodiy shart-sharoitlar Xatarli ssenariyda jahonda va tashqi savdo-hamkor davlatlarda iqtisodiy o‘sishning 2020 yilda keskin pasayishidan so‘ng keyingi yildan boshlab tiklanib borishi ham sust kechadi. Mehnat resurslarining migratsiyasi va xalqaro savdoda tovarlar logistikasidagi uzilishlar saqlanib qoladi. Xalqaro ta’minot zanjirining samaradorligi pasayib boradi.
Xalqaro moliya bozorlaridagi kapital oqimlarning rivojlanayotgan davlatlardan xavfsiz aktiv sifatida oltin va rivojlangan mamlakatlarning davlat qimmatli qog‘ozlariga yo‘naltirilish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Bu holatda oltin narxining yuqoridagi ikkita ssenariyda keltirilgan narxlardan sezilarli darajada yuqori shakllanishi prognoz qilinmoqda.
Hamkor davlatlarda investitsion va iqtisodiy faollikning nisbatan sekin tiklanishi ushbu mamlakatlar bilan amalga oshiriladigan eksport hajmlariga va mamlakatimizga kirib keladigan transchegaraviy o‘tkazmalari hajmlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Xususan, noaniqliklar yuqori bo‘lgan sharoitda prognoz davrida mamlakatimizda tovar va xizmatlar eksporti hajmi o‘sish sur’atlari 2021 yildagi manfiy darajadan 2022 yilga tiklanib, 9-11 foiz doirasida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Import hajmlari 2021 yilda 5-10 foizga pasayishi, 2022-2023 yillarda esa mos ravishda 1-3 foiz va 2,5-4,5 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmida o‘sish trendining tiklanishi sekinroq kechadi. 2021 yilda o‘tkazmalar hajmi qariyb 2020 yil darajasida qolishi va 2022-2023 yillarda esa 4-6 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda.
Mazkur ssenariy sharoitlari joriy operatsiyalar hisobvarag‘ining manfiy saldosini xalqaro moliya institutlari va jamg‘armalaridan jalb qilinadigan tashqi qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishni taqozo etadi.
Pul-kredit siyosati sharoitlari Xatarli ssenariy doirasida inflyatsiya darajasining prognoz trayektoriya doirasida pasayib borishi pul-kredit sharoitlarini ma’lum bir darajada yumshatib borish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Bunda, 2020 yilda bo‘lgani kabi pul-kredit siyosati instrumentlari iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlari bilan narxlar barqarorligiga erishish maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida asosiy stavka bo‘yicha ijobiy real foiz stavkaning 2 foiz atrofida bo‘lishi ta’minlanadi va pul bozoridagi foiz stavkalarini ham shu doirada shakllantirish tadbirlari qo‘llaniladi.
Ushbu ssenariy doirasida Markaziy bank oldida turgan muhim vazifalardan biri bank va to‘lov tizimlari barqarorligini ta’minlash hisoblanib, bunda pul-kredit siyosati insturmentlaridan bank tizimi likvidligini barqaror darajada ta’minlash maqsadida faol foydalaniladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish