olish-sotish orqali aloqa qilishini taqozo qiladi. Demak, ishlab
chiqarilgan mahsulotlar tovar sifatida bozorda pul vositasida oldi-
sotdi asosida ayirbosh qilinadi. Tovar ishlab chiqarishning paydo
bo’lishi qonuniy jarayon bo’lib, iqtisodiy zaruriyatni yuzaga keltirgan.
Demak, tovar ishlab chiqarish ob’ektiv asosda yuzaga keladi. Uning
shunday omillari mavjud:
1)Mehnat taqsimoti, ya’ni mehnat turlari iqtisoslashadi, ma’lum bir xil
mahsulotni ishlab chiqarishga moslashadi. Shunday sharoitda
ehtiyojni qondirish uchun o’z mahsulotini boshqa kerakli mahsulotga
ayirboshlash uchun mahsulot bozorga chiqariladi va sotiladi.
2)Ishlab chiqaruvchi o’zining mulkiga ega bo’lishi bilan alohida
mehnat faoliyatini amalga oshiradi. O’z mulkiga, korxonasiga ega
bo’lishi bilan mustaqil harakat qiladi. Bozor uchun zarur mahsulotlarni
ishlab chiqaradi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida xususiy
Do'stlaringiz bilan baham: |