faoliyatini tartibga solish O’zbekiston Respublikasining “Fermer
xo’jaligi to’g’risida”gi (1998), “Dehqon xo’jaligi to’hrisida”gi (1998),
“Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risidagi” (1998)
Qonunlarga hamda qishloq xo’jaligi islohotlarni chuqurlashtirishga
qaratilagn boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga
asoslanadi. Bu qonuniy hujjatlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni
meros qilib qoldirish sharti bilan uzoq muddatli (50 yil) ijaraga olish
huquqi mustahkamlab qo’yildi.Fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni
rag’batlantirish uchun ham huquqiy, ham tashkiliy shart-sharoitlar
yaratildi. Buning natijasida 2007 yilda respublikada fermer
xo’jaliklarini soni 185492ta bo’lgan bo’lsa, 2009 yilda 220, 1taga yetdi.
Qashqadaryo viloyatda 33447tani tashkil qildi. Fermer xo’jaliklarini
qishloq xo’jalik foydalanishidagi yerlar maydoni 4881,9 ming
gektardan ko’proqni tashkil qilib, bir xo’jalik ixtiyoridagi yer maydoni
26,3 gektarga, har bir kishiga 3,49 gektarni tashkil etadi.
Agrofirma – ma‘lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish
va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib
boradigan korxonadir. Bunday korxonalar turli mulkchilikka
asoslanishi, chunonchi oilaviy xo’jalik aosida ham tashkil topib, kichik
zavodlar bilan birikishi mumkin.
Agrosanoat birlashmalari – bir turdagi mahsulot ishlab chmqaruvchi
va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir
nechta xo’jalik hamda korxonalarning birlashmasidir. Masalan,
bog’dorchilik va uzumchilik bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklar, ular
mahsulotini qayta ishlovchi tsex va zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-
sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat
birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtiroqchilari ishlab
chiqarish, xo’jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan
birga ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi.
Agrosanoat kombinatlari qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish,
qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berishgacha barcha
texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo’jalik va korxonalarning
ma‘lum bir hududida birlashuvidir. Qishloq xo’jaligidagi davlat
korxonalari, jamoa xo’jaliklari va shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida
tashkil qilingan qo’shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida
faoliyat ko’rsatadi.
Agrobiznes turiga ko’ngilli va paychilik mablag’lari asosida tashkil
qilingan turli xil uyushma va ittifoqlarni ham kiritish mumkin.
Saidov.Yo'ldosh
Do'stlaringiz bilan baham: |