SMM — biznesga egri soliq= milliy daromad.
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan MD farqlanadi. Ishlab chiqarilgan MD — bu yangidan yaratilgan tovar va xizmatlar qiymatining butun hajmi. Foydalaiilgan MD — bu ishlab chiqarilgan MD dan yo'qotishlar (tabiiy ofatlar, saqlashdagi yo'qotishlar va h. k.) va tashqi savdo qoldig'i chiqarib tashlangan miqdorga teng.
Bizning amaliyotda MD iste'mol va jamg'arish fondiga ajratiladi. Iste'mol fondi bu milliy daromadning jamiyat a'zolarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini hamda butun jamiyat ehtyojlarini (ta'lim, mudofaa va h. k. ) qondirishni ta'minlashga ketadigan qismi. Jamg'arish fondi — bu milliy daromadning ishlab chiqarishni rivojlantirishii ta'minlaydigan qismi.
Milliy daromadni, daromadaar barchaturlarini (amortizatsiya ajratmasi va biznesga egri soliqlardan tashqari) qushib chiqish yo'li bilan ham aniqlash mumkin.
Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy straxovaniyaga ajratmalar, korxona foydasiga soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy xo'jaliklari qo'liga kelib tushmaydi. Aksincha, uy xo'jaliklari oladigan daromadning bir qismi, masalan, ijtimoiy to'lovlar - ular qilgan mehnatining natijasi hisoblanmaydi.
Shaxsiy daromad ko'rsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo'jaliklari qo'liga kelib tushmaydigan daromadlarning yuqoridagi uchta turini (ishlab topilgan) chiqarib tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni unga qo'shishimiz zarur.
Milliy daromad - ijtimoiy sug'urta ajratmasi - korxona foydasiga soliklar - korxonapipg taqsimlanmaydigap foydasi + ijtimoiy to'lovlar = shaxsiy daromad.
Shaxsiy daromaddan soliqlari to'langandan keyin, uy xo'jaliklarining to'liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi.
Soliqlar to'langandan keyingi daromad shaxsiy daromad shu daromad hisobidan to'lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo'li bilan hisoblanadi.
Soliqdar to'langandan keyingi daromad uy xo'jaliklari eng oxirida ega bo'ladigan daromad hisoblanib, aloxida shaxs va oilalar o'z tasarrufida bu daromadlarniig bir qismini ists'mol uchun sarflaydi va boshqa qismini jamgarmaga yo'naltiradi.
Makroiqtisodiy ko'rsatkichlarnint qarab chiqilgan tahliliga asoslanib, bu ko'rsatkichlar butun tizimi nisbatini ko'rgazmali tasavvur qilishimiz mumkin bo'ladi.
Ichki milliy mahsulot — Amortizatsiya = S.M.M.
Sof millii mahsulot - Egri soliqlar = M.D.
Milliy daromad — ijtimoiy sug'urta ajratmalari - korxona foydasiga soliqlar - korxona taqsimlanmaydigan foydasi + ijtimoiy to'lovlar = Shaxsiy daromad shaxsiy daromad - Shu daromad hisobiga soliqlar=Soliqlar to'lanadigan keyingi daromad.
3-§. Yalpi milliy mahsulotni hisoblash usullari
Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisob tizimidan foydalaniladi.
Milliy hisoblar — bu YAMM va milliy daromadii ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan foydalanishini xaraktsrlaydigan o'zaro bog'liq makroiqtisodiy qo'rsatkichlar tizimidir.
Bunday hisoblar xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qo'llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100dan oshiq mamlakatlarida, shu jumladan O'zbekistonda mazkur tizim keng qo'llaniladi.
Milliy hisoblar asosini yig'ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo'lishi mumkin. Daromadlar xo'jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarnshtg boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to'rtta guruhdan iborat bo'ladi: iste'mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar mikroiqtisodiyotning me'yoridagi muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashiga yordam beradi.
YAMM (IMM) uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin:
Birinchi usul — bu YAMMni hisoblashga qo'shilgan qiymatlar bo'yicha yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo'yicha yaratilgan qo'shilgan qiymatlar qo'shib chiqiladi (YAIM tarmoq va ishlab chiqarishlar bo'yicha). Bu usul bilan hisoblangan YAMM (IMM) alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o'rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi. Masalan, O'zbekistonda IMM (YAIM) 1998 yil xalq xo'jaligi tarmoqlari va sohalari bo'yicha 1358,8 mlrd so'mni tashkil qilgan. Shu jumladai:
moddiy ishlab chiqarish sohalarida — 671,1mlrd so'm (49,4%) xizmat ko'rsatish sohalarida — 476,9 mlrd. so'm (35,1%).
Sof soliqlar — 210,8 mlrd. so'm (15,5%)
Respublikada YAIM ning tarmoqlar bo'yicha tuzilishi shu yili quyidagi ma'lumotlar bilan xarakterlangan (mlrd.so'm).
YAIM jami - 1358,8 (100%)
shu jumladan: sapoatda — 204,4 (15,0%)
qurilishda - 105,3 (7,8%)
qishloq xo'jaligida — 358,4 (26,4%)
va umumiy ovqatlanishda: — 114,9 (8,5%)
transport va aloqada — 84,7 (6,2%)
boshqa sohalarda - 280,3 (20,6%)
sof soliqlar - 210,8 (15,5%)
Ikkigm» usul bu YAMM (YAIM)ni hisoblashga sarf-xarajatlar bo'yicha yondashuv.
Bunda mazkur yilda shilab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib olshiga qatnashgan butun sarflar qo'shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo'jalikning uchta subyekti — uy xo'jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chet ellik iste'molchilar sotib olishi mumkin.
Uy xo'jaliklarining iste'molchilik sarflari. Bu kundalik tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste'mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir.
Investitsion sarflar tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg'arishga qiladigan sarflardir. Investitsion sarfllr asosan uch qismdan iborat: a)tadbirkorlar tomonidan Mashina, uskuna va stanoklarning barcha xaridi; b) barcha qurilishlar; v) zahiralarning o'zgarishi.
Birinchi guruh elementlarning "investitsion sarflar" Tarkibiga kiritilish sababi aniq, qurilshshgarning uning tarkibiga kiritilishi, o'z-o'zidan aniqki, yalpi fabrika, ombor yoki elivator qurilishi investitsiyalar shakli hisoblanadi.
YAIM tarkibiga zahiralarining ko'payishi, ya'ni ishdan chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi. Boshqacha aytganda YAIM o'z ichiga yil davomidag» zahiralar va ehtiyotlar barcha o'sishining bozor qiymatida oladi. Zahiralarning bu o'sishi YAIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko'rsaxkichi sifatida qo'shiladi.
Zahiralar kamayganda, u YAIM hajmidan chiqarilishi zarur Zahiralarning kamayiish yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan ko'proq mahsulot sotilganligani bildiradi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo'shimcha oldinga yillardan qolgan zahiralarning bir qismini iste'mol qilgan bo'ladi.
Milliy hisoblar tizimida YAIMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos ravishdaxususiy vamilliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsioi sarflarni bildiradi. Yalpi investatsiyalar o'z ichiga joriy yilda shilab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan mashina, uskuna va qurilmalarning o'rnini qoplash uchun mo'ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda kapital qo'yilmalar hajmiga har qanday sof qo'shimchalarni oladi. Yalpi investitsiyalar mohiyatigako'raiste'mol qilingan asosiy kapitalni qoplash summasini va investitsiyalarning o'sgan qismidan iborat bo'ladi. Boshqa tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchasi joriy yil davomida qo'shilgan investitsiort tovarlar summasini xarakgerlash uchun ishlatiladi. Ularning farqini oddiy misodda ancha aniq tushuptirish mumkin. Faraz qilaylik, Respublikamiz iqtisodiyotida 1995 yil 500 mlrd. so'mlik, investitsion tovarlar (ishlab chiqarish vositalari) ishlab chiqarilgan bo'lsin. Ammo YAIMni ishlab chiqarish jarayonida shu yili 400 mlrd. so'mlik mashina, uskuna va boshqa investitsion tovarlar iste'mol qilingan. Natijada bizning iqtisodiyotga 1998 yil 100 mlrd. so'mlik jamgarilgan kapital qiymati qo'shiladi. Shu yili yalpi invssshsiyalar 500 mlrd. so'mni sof investitsiyalar faqat 100 mlrd, so'mni tashkil qiladi. Ikki qo'rsatkich o'rtasidash farq, 1998 yilgi YAIM hajmini shdlab chiqarish jarayonida qo'llanshshsh va iste'mol qilingan kapital qiymatini ifodalaydi.
Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya (shu yili ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan asosiy kapigal hajmi) o'rtasidagi nisbat, iqtisodiyot, yuksalish, turgunlik yoki tanazzul holatida joylashganligini xarakterlab beruvchi ko'rsatkich (indikator) hisoblanadi.
Yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan ortiq bo'lsa, iqtisodiyot yuksalish bosqichida joylashadi, uning ishlab chiqarish quvvatlari o'sadi. Masalan, bizning yuqoridagi misolda ta'kidlanganidek, 1995 yil yalpi investitsiyalar 500 mlrd. so'mni, ishlab chiqarishda iste'mol qilingan investitsiya tovarlar hajmi 400 mlrd. so'mni tashkil qilgan. Bu iqtisodiyotda shu yil oxirida 100 mlrd. so'mlik investitsion (tovarlar ko'p bo'lganini bildiradiki, investitsion tovarlar taklifining ko'payishi, iqtisodiyotning ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirishida asosiy vosita hisoblanadi.
Turg'un iqtisodiyot yalpi investitsiyalar va amortizatsiya teng (bo'lgan vaziyatni aks ettiradi. Bu iqtisodiyotda mazkur yilda YAIMni ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan (vositalarni qoplash uchui zarur bo'lgan miqdorda asosiy kapital ishlab chiqarinshi bildiradi. Boshqacha aytganda, sof invistitsiyalar taxminan nolga teng bo'ladi, ishlab chiqarish quvvatlari kengaymaydi.
Yalpi investitsiyalar amortizatsiyaga qaraganda kam bo'lsa, uni iqtisodiyotda ishlab chiqarilganna qaraganda kapital ko'proq iste'mol qilinsa, noqulay vaziyat vujudga keladi. Bunday sharoitda iqtisodiyotda investitsiyalarning qisqariish ro'y beradi. Bu yil oxirida kapital hajmi yil boshida mavjud bo'lgandan kam bo'lib qolishga olib keladi. Masalan, "Buyuk turg'unlik" davrida, aniqrog'i 1933 yil AQShda yaashgan investitsilar hammasi bo'lib 1,6 mlrd. dol. ni, yil davomida iste'mol qilingan kapital - 7,6 mlrd. dol. ni tashkil qilgan. Shunday qilib, investitsiyalarni sof qisqarishi 6 mlrd. dol. ga teng bo'lgan.
Davlat sarflari bu mahsulotlarni va iqtisodiy resurslarni, xususan ishchi kuchini sotib olishga davlatnipg (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari bilan birga) qilingan barcha sarflarini o'z ichiga oladi.
Chet elliklarnipg milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste'molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog'liq. Shu sababli YAIMni sarflar bo'yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari, ya'ni eksport qiymati ham qo'shiladi. Boshqa tomondan, iste'molchilik va investitsioi sarflar hamda davlat mablag'larining bir qismi import qilingan, ya'ni chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YAIMdan chiqariladi. Buning uchun eksport va import miqdorlari o'rtasidagi farq aniqlanadi. Bu farq tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo'lishi mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo'lsa, bu ijobiy, agar eksportdan import ortiq bo'lsa salbiy bo'ladi.
Qarab chiqilgan sarflarning to'rt toifasiga notijorat muassasalar (kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijtimoiy tashkilotlar) sarflari va moddiy aylanma vositalari zahirasidagi o'zgarishlarni qo'shib chiqish yo'li bilan YAIM (IMM) hajmi aniqlanadi.
998 yil O'zbekistonda sarflar (foydalanish) bo'yicha 1358,8 mlrd.so'mni tashkil qilgan. Shu jumladan:
Pirovard iste'molga sarflar - 1196,8 mlrd. so'm (88,0%) ,
Yalpi jamg'arishga sarflar - 138,1 mlrd. so'm (10,2%)
Sof eksport - 23,9 mlrd. so'm (1,8%)
Uchshmi usul - bu YAMM (YAIM)ni daromadlar bo'yicha hisoblash mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulm hajmidan olingan barcha daromadlar uy xo'jaliklari ixtiyori ish haqi, renta to'lovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. Shu sababli bu usulda YAMM (YAIM) pirovard mahsulot hajmidan olingan ana shu barcha daromadlarni ko'shib chiqish orqali aniqlanadi.
YAMM (YAIM)ni daromadlar bo'yicha hisoblashda uy xo'jaliklari, korxona va davlat muassayealarining dastlabki, ya'ni taqsimlangan daromadlarini mehnat haqi va yalpi foydaga (renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foydasi va h. k,) ajratish mumkin. YAMM (YAIM)ni mazkur usul bo'yicha hisoblashda daromadlarning barcha summasiga iste'mol qilingan asosiy kapital qiymati (amortizatsiya ajratmasi) va biznesga egri soliqlar summasi ham qo'shiladi.
Agar YAMMni hisoblashning oxirgi ikki usulini oddiy tenglik shaklida tasvirlasak:
Mazkur yilda ishlab chiqarilgan IMMei sotib olishga sarflar hajmi = Mazkur yilda ishlab chiqarilgan IMMD» dan olingan pul daromadlari summasi.
Mahsulotni ishlab chiqarishga nima sarflangan bo'lsa, bu mazkur mahsulotni ishlab chiqarishga o'zining inson va materal resurslarini bozorda sotishga ko'yganlari uchun daromad xisoblanadi.
6-jadval
YAMM(IMM)ni hisoblashga sarflar
va daromadlar bo'yicha yondoshuv
Milliy mahsulot hajmini sarflar summasi bo'yicha hisoblash
|
Milliy mahsulot hajmini daromadlar summasi bo'yicha hisoblash
|
|
1.Uy xo'jaliklariniig istmolchilik sarflari
|
1. Daromad bilan bog'liq bo'lmagan sarf va to'lovlar a) amortizatsiya, b) egri soliqlar
|
Tadbirkorlarning investitsion sarflari
+
|
2. Ish haqi
+
|
3. Tovar va xizmatlarni davlat xarid qilish
|
3. Renta to'lovlari
+
|
4. Chet elliklar sarfi
+
|
4. Foiz
+
|
5. Notijorat muassasalari sarfi
+
|
5. Foyda
+
|
6.Moddiy aylanma vositalar zaxirasidagi o'zgarishlar
|
|
YAMM (YAIM)
|
YAMM (YAIM)
|
O'zbekistonda 1998 yil YAIM daromadlar bo'yicha 1358,8 mlrd. so'mlik tashkil qilgan. Shu jumladan:
Mehnat haqi (zaruriy mahsulot) 476,4 mlrd.so'm (35,0%)
Aralash daromadlar bilan birga yalpi foyda 671,6 mlrd.so'm (49,5%)
Soliqlar 210,8 mlrd.so'm (15,5%)
YAMM (YAIM)ni xisoblashda uning tarkibiga kirgan daromadlar va daromad bilan bog'liq bo'lmagan sarflar (amortizatsiya va egri soliqlar) ning aloxida turlarini to'laroq qarab chiqamiz.
Asosiy kapitalning ko'pchilik turlarining foydali xizmat muddati uzoq davrini tashkil qiladi. Investitsion tovarlar sotib olishga qililadigan sarflar va ularning unumli xil muddati amalda bir davrga to'g'ri kelmaydi. Shu sabab korxonalar investitsiyani tovarlarning foydali xizmat muddatini hisoblaydi va ularning umumiy qiymatini butun xizmat muddatiga teng taqsimlaydi. Asosiy kapitalning yil davo ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan va yaratilayotgan mahsulotga ko'chgan qiymati amortizatsiya ajratmasi deyiladi. Amortizatsiya ajratmasi asosiy kapital turlari bo'yicha har yili ajratib boriladi. Masalan, to'quv dastgohining qiymati 5 mln. so'm, xizmat muddati 10 yilga teng. Yillik amortizatsiya ajratmasi 0,5 mln.so'mni (5:10) tashkil qiladi.
Amortizatsiya ajratmasi shu yil ishlab chiqarilgan mahsulot (YAMM) qiymati tarkibiga ishlab chiqarish xarajatlari sifatida kirib, mahsulot sotilishi natijasida pul shaklida qaytib keladi va amortizatsiya fondi hisobida to'planib boradi Bu fond mablag'laridan iste'mol qilingan asosiy kapital qayta tiklash, ya'ni yangi investitsion tovarlar sotib olish va amal qilib turganlariga kapital remont qilish va ta'mirlash uchun foydalaniladi. U ishlab chiqarishni kengaytirish va kredit resurslarining manbai ham hisoblanadi.
Daromad to'lash bilan bog'liq bo'lmagan xarajatlarning boshqa turi egri soliqlar korxonalar uchun ishlab chiqarish xarajatlari sifatida chiqadi va shu sababli mahsulot narxiga qo'shiladi.
Bunday soliqlar o'z ichiga aksiz to'lovlari, sotishdan olinadigan soliqlar, mulk solig'i, litsenziya va bojxona to'lovlarini oladi.
Daromadlarning eng muxim turi ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan ishchi kuchini taqdim qilganlarga to'lanadi.U ish haqiga ko'plab qo'shimchalar, ijtimoiy sug'urta to'lovlari va nafaqv ta'minotining har xil xususiy fondlari, ishsizlik nafaqalari va boshqa har xil mukofot va imtiyozlarlarni o'z ichiga oladi. Ish haqiga bu qo'shimchalar ish kuchini yollash bilan bog'liq bo'lgan xarajataning bir qismi sifatida chiqadi va shu sababli korxonaning ish haqi to'lashga umumiy sarflarning tarkibiy qismi sifatida qaraladi.
Renta tulovlari iqtisodiyotni resurslar (kapital, yer) bilan ta'minlovchi uy xo'jaliklarining oladigai daromad hisoblanib, korxona xarajatlari tarkibiga kiradi.
Foiz pul kapitali egalariga pul daromadi to'lovlaridan iborat. Bunda davlat tomonidan amalga oshiriladigan foizli to'lovlar, foizli daromadlar tarkibidan chiqariladi.
Mulkdan olinadigan daromadlar ikki turga bo'linadi: bir qismi mulkga daromad yoki boshqa qismi esa korporatsiyalar foydasi deyiladi.
4-§. Yalpi talab va yalpi taklif
Yalpi talab - bu barcha iste'molchilar, ya'ni aholi, korxonalar ka davlat sotib olishi mumkin bo'lgan narxlar darajasida turli tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmini, yoki milliy yaqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmnii bildiradi.
Boshqa sharoitlar o'zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo'lsa, iste'molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) milliy ishlab chiqarish real hajmining shuncha katta qismini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo'lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib, narx darajasinshi oshishi, boshqa sharoitlar o'zgarmay qolganda shilab chikarishning real hajmiga yalpi talab hajmining kamayishiga sabab bo'ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish hajmi yalpi talabning oshishiga olib keladi. Yalpi talabga narxdan tashqari ta'sir qiluvchi omillarning o'zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga olib keladi.
Bu yalpi talab hajmiga ta'sir etuvchi narxdan tashqari omillar quyidagilardir:
1. Iste'molchilik sarflaridagi o'zgarishlar. Narx darajasining o'zgarishiga bog'liq bo'lmagan holda, narxdan tashqari bir yoki bir nechta omillar ta'sirida iste'molchilar xaridi hajmida o'zgarish ro'y berishi mumkin. Bu iste'molchi farovonligi, iste'molchining kutishi, iste'molchining qarzlari va soliqlarning o'zgarishi natijasi hisoblanadi.
Iste'molchining farovonligi iste'molchi ega bo'lgan barcha moliyaviy aktivlarga (aksiya va obligatsiya) hamda uy va yer kabi ko'chmas mulklarga egaligiga bog'liq bo'ladi. Ularning real qiymatining keskin kamayishi tovar xarid qilishining kamayishiga olib keladi. Iste'molchilik sarflarinilg qisqarshii natijasida yalpi talab kamayadi. Aksincha moddiy qimmatliklar real qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud darajasida iste'molchilik sarflari o'sadi. Bunga, aksiya kursining keskin oshishi, xatto narxlar darajasi o'zgarmay qolganda iste'molchi farovonligining o'sishiga olib kelishini misol qilib keltirish mumkin. Uy va yer real qiymatining keskin kamayishi, narx umumiy darajasida o'zgarishiga bog'liq bo'lmagan holda iste'molchi farovonligining pasayishiga olib keladi.
Iste'molchiniig kutishi. Iste'molchilik sarflari hajmidagi, o'zgarish, iste'molchining narxlar va daromadlar darajasidags kelajakdaga o'zgarishlarni oldindan bilishiga bog'liq. Masalan, agar odamlar kelajakda o'zlarining real daromadi ko'payadi, deb hisoblasa, ular joriy daromadlarining ko'proq qismini sarflashga tayyor bo'ladi. Natijada bu davrda iste'molchilik sarflari ko'payadi, jamg'arish esa kamayadi va yalpi talab ortadi. Aksincha, agar odamlar kelajakda o'zlarining read daromadlari kamayadi deb hisoblasa, ularning iste'molchilik sarflari va demak, yalpi talabi qisqaradi. Xuddi shunday infilyatsiyaning kutilishi bugungi yalpi talabni oshiradi. Chunki iste'molchilar narxlar oshguncha tovarlarni xarid qilib qolishga harakat qiladi. Aksincha, yakin kelajakda narxlar pasayishining kutilishi, bugungi iste'mol miqdorining kamayishiga olib keladi.
Iste'molchi qarzlari. Iste'molchi qarzlari ko'p bo'lganda, u joriy daromadini qarzlarga to'lab, o'zlarining bugungi sarflarini qisqartirish mumkin. Aksincha, iste'molchi qarzdor bo'lmasa, ular bugungi sarflarini ko'paytirishga tayyor bo'ladi.
Soliq. Daromad solig'i stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud darajasida iste'molchilik sarflarini ko'paytiradi, soliqlarning oshishi iste'molchilik sarflarini kamaytiradi.
2. Investitsnon sarflar. Investitsion sarflar, ya'ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish, yalpi talabning narhdan tashqari muhim omili hisoblanadi. Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo'lgan yangi ishlab chiqarish vositalarining kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona sotib oladigan investitsion tovarlar hajmining ko'payshpi yalpi talabning ko'payishiga olib keladi Investitsion sarflarni o'zgartirish mumkin bo'lgan narxdai tashqari omillarni aloxida- aloxida qarab chiqamiz.
Foiz stavkalari. Boshqa sharoitlar o'zgarmay qolganda, foiz stavkasining oshishi, investitsion sarflarning kamayishi va yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. Bu yerda gap mamlakatda pul massasi hajmining o'zgarishi oqibatida foiz stavkalarining o'zgarishi haqida gap ketadi. Pul massasini ko'payishi foiz stavkasini kamaytiradi va shu orqali kapital qo'yilmalar hajmini ko'paytiradi. Aksincha, pul masasining kamayishi foiz stavkasining oshishiga va investitsiyalarning qisqarishiga olib keladi.
Iyavestitsiyalardan kutiladigan foyda. Kapital qo'yilmalardan yuqori foyda olishning kutilishi investitsion tovarlarga talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda investitsion dasturlardan foyda olishi noaniq bo'lsa, investitsiyalarga sarflar kamayish tamoyiliga ega bo'ladi, demak, yalpi talab ham kamayadi.
Soliqlar. Korxonadan olinadigan soliqlarning ko'payishi kapital qo'yilmalardan olinadigan foydaning kamayishiga va demak, investitsion sarflar va yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. Aksincha, soliqtarning qisqarishi bunday foydani va investitsion sarflarni ko'paytiradi.
Texnologiya. Yangi va takomillashgan texnologiya investitsion sarflarni va shu orqali yalpi talabni rag'batlantirish tamoyiliga ega bo'ladi.
Ortiqcha quvvatlar. Ortiqcha quvvatlar, ya'ni mavjud foydalanilmaydigan asosiy kapitalning ko'payishi, yangi investitsion tovarlarga talabni va natijada yalpi talabni kamaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan to'liq foydalanilganda tadbirkorlar ko'proq mashina va uskunalar sotib olishga tayyor bo'ladi, demak investitsion sarflari ko'payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |