Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “hozirgi zamon raqobat nazariyalari” fanidan ishchi daftar toshkent – 2019


O’zbekistonda raqobatbardosh qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish muammolari



Download 3,32 Mb.
bet69/83
Sana22.06.2022
Hajmi3,32 Mb.
#692768
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   83
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “hozirgi zamon raqobat nazariy

14.3. O’zbekistonda raqobatbardosh qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish muammolari.
Har qanday mamlakat bozorining raqobatbardosh-ligi kontseptual jihatdan umuman olganda ikkita asosiy va majburiy tarkibiy qismdan tovarlar raqobatbardoshligi va kursatnladigan xizmatlar raqobatbardoshligidan iborat. “Zamonaviy raqobat kurashida so’z, birinchi navbatda, resurslar, moddiy boyliklarga egalik to‘g‘risida emas, balki yangiliklarni joriy eta olish qobiliyati to‘g‘risida boradi”50.
Qimmatli qog’ozlar bozoridagi tovar - bu qimmatli qog’ozlardir. Ma’lumki, har qaiday qimmatli qog’ozning raqobatbardoshligi korxona - emitentning raqobatbardoshligi bilan, uning tovar, pul va boshqa bozorlarda, jumladan, chet el bozorlarida raqobat qila olishi qobiliyati bilan o’zviy bog’liqlikda qaralishi kerak. Boshqacha aytganda, bu yerda gap muomalaga chiqarilayotgan qimmatli qog’ozlarning sifati haqida ketyapti. Bu fond bozori raqobatbardoshligining, aytaylik, ichki tomonidir.
Qimmatli qog’ozlar bozorida kursatilayotgan xizmatlar raqobatbardoshligiga kelsak, bunda biz fond bozorining milliy professional ishtirokchilarining qimmatli qog’ozlar bozorida narxi, sifati va muddatlari bo’yicha jahon andozalariga mos xizmat kursatishini, bozorning xam ichki, ham tashqi ishtirokchilarini qoniqtirishini tushunamiz. Bu - fond bozori raqobatbardoshligiiing tashqi tomonidir.
Respublikamiz qimmatli qotozlar bozoridagi tovarking sifati haqida quyidagilarni aytish mumkin. Ma’lumki, bunday tovarlar aktsiyalar, obligatsiyalar, depozitli sertifikatlar va g’azna majburiyatlaridir. Agar o’z vaqtida (1996-1999 yillar) davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari ichki investorlar uchun fond bozorining juda ommabop va katta foyda beruvchi vositasi bo’lgan bo’lsa, hozirgi vaqtda ular o’zining jozibadorligini yo’qotgan, chunki ushbu qimmatli qog’ozlarning daromadligi ancha pasayib ketgan. Bunga yana inflyatsiyaning ta’sirini qo’shadigan bo’lsak, xo’jalik sub’ektlari bunday qimmatli qog’ozlarni sotib olishdan foyda ko’rmaydi. Shuning uchun ularni qimmatli qog’ozlar bozoridagi raqobatbardosh tovar sifatida qabul qilish to’g’ri bo’lmaydi.
Umuman olganda esa, mamlakatimizdagi davlat qimmatli qog’ozlar bozorini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun yuqorida tilga olingan bazaning mavjudligiga qaramay, uni raqobatbardosh deb atab bo’lmaydi.
O’zbekiston fond bozorining muayyan raqobatbardoshlikka da’vo qiluvchi muxim va istiqbolli bo’g’inlari, fikrimizcha, korxonalar aktsyaya va obligatsiyalari bozori (korporativ qimmatli qog’ozlar bozori deb ham ataladi) va depozitli sertifikatlarning birlamchi bozoridir.
Mahalliy qimmatli qog’ozlar bozorining raqobatbardoshligini oshirish muammosi nuqtai nazaridan ularning likvidligini, birinchi galda, aktsiyalar likvidligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Qimmatli qog’ozlarning likvidligi bozorning barcha ishtirokchilari faolligini belgilasa, uning o’zi emitentlarning moliyaviy ahvoliga bevosita bog’liq. Aktsiyador jamiyat faoliyati qanchalik yaxshi, barqaror bo’lsa, uning aktsiyalari likvidligi ham shunchalik yuqori bo’ladi va ular fond birjasida va birjadan tashqari bozorlarda shunchalik tez sotiladi, aktsiyalarning ra-qobatbardoshligi ham shunchalik yuqori bo’ladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, mahalliy aktsiyadorlik jamiyatlarining aksariyati davlat korxonalarini xususiylashtirish yo’li bilan tashqil qilingan. Korxonani xususiylashtirish jarayoni korxona mulki qiymatini baholash, ta’sis hujjatlariny tayyorlash, aktsiyalar emissiyasi (blanklar uchun pul to’lash yoki depozitariy xizmatlari uchun hisob-kitob qilish), kon-salting xizmatlarga bog’liq bo’lgan muayyan qo’shimcha xarajatlarni taqozo qiladi. Korxona xususiylashtirilgandan so’ng nodavlat tuzilmaga aylanib, ilgarigi imtiyozlardan foydalanmaydi va xo’jalik yuri-tishning bozor tamoyillari bo’yicha ishlaydi. Boshida mulkchilikning xususiy shakliga ega bo’lgan yangi xo’jalik sub’ekti bankdan kredit olishda, o’z mahsulotini sotishda xom ashyo, butlovchilarni zarur rentabellikni ta’minlaydigan narxlarda sotib olishda qiyinchiliklarga uchraydi.
Mana shu ob’ektiv sabablar tufayli, shuningdek, ijroiya tashqilotlarning savodsiz xatti-harakatlari oqibatida aktsiyador jamiyatlarda katta kreditorlik qarzi, soliqlar bo’yicha qarzdorlik, byudjetdan tashqari fondlarga badallar va boshqa to’lovlar bo’yicha qarzdorlik paydo bo’ladi, rivojlanish uchun aylanma mablag’lar bo’lmaydi. Ayrim korxonalarda soliqlar bo’yicha qarzlar ustav fondi qiymatidan ham oshib kyotadi. "Eski" qarzlar rentabelli moliyaviy jadval ishlab chiqishga yo’l qo’ymaydi.
Bizning fikrimizcha, iqtisodiy rivojlanishning Mazkur bosqichida mahalliy korxonalar o’z dividend siyosatini tubdan o’zgartirib, foydaning yealmoqli qismini iste’molga emas, balki rivojlanishga yo’naltirishi kerak, aks holda foydani bunday samarasiz ishlatish alohida korxonalarning-ham, umuman mamlakatning ham iqtisodiy o’sish sur’atlarining pasayishiga, davlatning rivojlanishi makroiqtisodiy kursatkichlarining yomonlashuviga olib keladi.
Mahalliy qimmatli qog’ozlar bozorining raqobatbardoshligini oshirishda fond bozorining mahalliy va xorijiy ishtirokchilariga, investorlar va emitentlarga kursatilayotgan servis xizmatlarini to’g’ri muvofiqlashtirish muxim ahamiyatta ega.
Bu yerda biz mijoz hisobkga va uning topshirig’i bilan qimmatli qog’ozlarni sotib olish va sotish bo’yicha xizmatlar kursatishni, ular reestrini yuritishni, depozitar va kliring xizmat kursatishni, in-vestitsiyaviy maslaxat berishni va hokazolarni nazarda tutamiz.
So’nggi yillarda me’yorlar va qoidalarni yaratish nuqtai nazaridan amalga oshirilgan chora-tadbirlar to’g’ri va o’z vaqtida bo’lgani shubhasizdir. Ammo savol tug’iladi: bo’larning barchasi hozir bizda mavjud bozorning katta bo’lmagan hajmiga mos keladimi? Iqtisodiyotni "erkinlashtirish" tomon tanlangan yo’l bozorning "boshqarilishi"ni bartaraf etishi kerak. Bu qimmatli qog’ozlar bozorida alohida professional faoliyat turlarini birga olib borish uchun belgilangan cheklovlarni yo’qotishga hamda alohida investitsiyaviy institutlar uchun belgilangan iqtisodiy me’yorlarni erkinlashtirish, ba’zi hollarda esa butunlay bekor qilishga ham taalluqli. Investitsiya institutlariga kelsak, ular hali yaxshi asoslanmagan va Mazkur faoliyat turi bilan professional darajada shug’ullanmoqchi bo’lgan yangi ish-tirokchilarning fond bozoriga kirib kelishini ancha jilovlaydi.
Mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozorining aksariyat professional ishtirokchilarida ob’ektiv sabablarga ko’ra hozircha ish haqi miqdori katta emas. Shuning uchun investitsiya institutlari uchun shaxsiy kapitalga ega bo’lish talabi amalda investorlarni real himoya qila olmaydi. Buning ustiga, sud investitsiya institutiga investor foydasiga kompensatsiya to’lovini belgilab, u shaxsiy mablag’lari bo’lmaganligi uchun sud qarorini bajarmaganligi xususida birorta ham dalil yo’q.
Bunday iqtisodiy me’yorlar bozorda investorlarni jalb qilish bo’yicha eng og’ir ishlarni bajarayotgan vositachi institutsional infratuzilmaning normal rivojlanishiga va oyoqqa turishiga yo’l qo’ymaydi. Asoslanmagan yuqori iqtisodiy me’yorlar mintaqalarda fond bozorlari infratuzilmasining yetarlicha rivojlanmaganligi sabablaridan biridir.
Tadqiqotlarimiz investitsiyaviy institutlar sonining qisqarishiga ular o’rtasidagi sog’lom raqobat sababchi emasligini kursatdi. Buning sabablari, asosan, davlat boshqaruv idoralari tomoiidan baland litsenziya talablari qo’yilishi, asoslanmagan iqtisodiy me’yorlar va zarar ko’rmasdan faoliyat yuritish imko-nini bermaydigan yangi kiritilgan qonunchilik me’yorlaridir.
Raqobatbardoshlik to’g’risidagi masala doirasida qimmatli qog’ozlarning birjadan tashqari bozori muammosi alohida dolzarblik kasb etadi, chunki uning tashqil bo’lishi ko’p jihatdan fond birjalarida kotirovka qilinmaydigan kichik aktsiyalar paketiga ega bo’lgan aholining, minoritar aktsiyadorlarning, korxonalarning qimmatli qog’ozlar bozoriga munosabati shakllanadi. Shuni ham unutmaslik kerakki, sifat o’lchovlari bo’yicha minoritar aktsiyadorlar mamlakatimizdagi qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilarining aksariyatini tashqil qiladi.

Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish