Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “hozirgi zamon raqobat nazariyalari” fanidan ishchi daftar toshkent – 2019


Tovarni differentsiallashda raqobat ustunligiga erishish manbalari



Download 3,32 Mb.
bet55/83
Sana22.06.2022
Hajmi3,32 Mb.
#692768
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “hozirgi zamon raqobat nazariy

11.3. Tovarni differentsiallashda raqobat ustunligiga erishish manbalari
Firmalar maxsulotning xolatini aniqlashda uning yashash davrini tadkik etishga tayanadilar. Maxsulotning yashash davri tovarning bozorga kirib kelishidan boshlab, to uning bozordan chikib ketishiga kadar bo’lgan davrda amalga oshiriladigan tadbirlardan iborat kontseptsiyadir. Birinchi marta tovarning yashash davri kontseptsiyasini 1965 yili Teodor Levitt tomonidan e’lon qilingan. Tovarning yashash davri turt tipga ajratiladi: maxsulotning katta sinfining yashash davri, maxsulot turining yashash davri, kullash usullarining yashash davri, maxsulot markasining yashash davri. Masalan, birinchisiga soat misol qilib keltirsak, maxsulot turiga esa qo’l va osma soatlarni keltirish mumkin, qo’llash usullariga ko’ra esa qo’ng’iroqli soatlardan foydalanishni misol qilib keltirish mumkin. Marketing maqsadlarida yashash davrining jami turtta tipi urganiladi, firma doirasida ikkinchi va uchinchi tiplariga strategiyasiga e’tibor beriladi. Tovarning yashash davri bosqichlarini aniqlashning asosiy mezoni maxsulot sotish xajmi va foyda normasi dinamikasidir41. Maxsulot ishlab chiqarish (ITTKI) bosqichi tovarni barcha xayotiy davrida muxim bosqich bo’lib xisoblanadi. Maxsulot ishlab chiqarishr qancha samarali amalga oshirilsa, ya’ni loyixalashtirilayotgan tovar bo’yicha bozor talabi va xaridor extiyojini firma vaqt bo’yicha tezroq xisobga olsa, ushbu bosqichda xarajatlar shuncha kam bo’ladi. Firma yangi tovar bilan bozorga tezroq chikadi va zarur foydani oladi. Kirib kelish bosqichida sotish xajmining goyat keskin usishi bilan ajralib turadi.
Bozor maxsulotni xali qa’bul qilmagan narxlar nisbatan yuqori bo’ladi. Savdo yuqori daromadli guruxlarga mo’ljallanadi. Raqobatchilar umuman oz. Shunday qilib bu davr kapital sarflar davri xisoblanadi, sarflar keyinchalik foyda keltirishi mumkin, yoki maxsulot ishlab chiqarishrdan voz kechiladigan bo’lsa, ular tulik xarajatlar xisobiga utkaziladi, ya’ni xisobdan uchiriladi. Usish davrida tovar sotish xajmi usib boradi- iste’molchilar maxsulotni qa’bul qilgan va unga bo’lgan talab ta’minlangan bo’ladi. Xar kanday maxsulot bu bosqichga yetib kelmaydi: strategiyasilari bozorga kirib kelish davridaek kasodga uchraydi. Bozor sifati yuqori raqobatchi maxsulot bilan tulib ketadi.
Narxlar tobora arzonlashib boradi. Yetuklik bosqichi tovar oborotini maksimallashtirish, bozorni kengayishini davom etishi va absolyut usishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish va tovar taksimlash tizimida tayyor maxsulot zaxiralari oshib boradi. Bozorda intensiv raqobat xukm suradi. Yangi modifikatsiyali tovarlarni kiritish ularni assortiment guruxini kengaytirish xamda xaridorlarga yangi xizmat kursatish uslublarini kiritish intensiv innovatsiya chora-tadbirlari vositalari orqali amalga oshiriladi.
Maxsulotni yetuklik bosqichida marketingni asosiy strategiyalari bozorni modifikatsiyalash, tovarni modifikatsiyalash va marketing-miksni modifikatsiyalash bo’lib xisoblanadi.To’yinish davrida bozor va narxlar barkarorlashadi. Sifatsiz va raqobatga bardosh bermaydigan maxsulotlar bozordan sikib chiqariladi. Tovar sotish sur’atlari tobora pasayadi. Tuyinish davrida firmaning umumiy maqsadi, maxsulotni barcha turlari bo’yicha tulik sotishni tobora oshirib borishni ta’minlashga qaratiladi. Inqiroz davrida maxsulotning utishi kiyinlashadi, foyda kamayadi, raqiblar maydondan ketadi. Bu bosqich davomida firmaning maqsadi “maxsulot tayerlashni davom ettirishdan iborat” bo’ladi, maxsulotni bozorga yetkazib berishni tuxtatish xakida kat’iy karorga kelgunga kadar undan olish mumkin bo’lgan jami foydani sikib olish uchun shunday qilinadi. Tovarni yashash davri kontseptsiyasi maxsulot assortimentini rejalashtirishda katta axamiyatga egadir.

Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish