Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “hozirgi zamon raqobat nazariyalari” fanidan ishchi daftar toshkent – 2019


Inson kapitali rivojlanishining nazariy asoslari



Download 3,32 Mb.
bet27/83
Sana22.06.2022
Hajmi3,32 Mb.
#692768
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “hozirgi zamon raqobat nazariy

6.1 Inson kapitali rivojlanishining nazariy asoslari.
Davlat siyosati ijtimoiy sohaning ham asosiy yo’nalishlarini, xususan, mexnatning rag’batlantiruvchi omillari, mehnatga xaq to’lashni boshqarish tizimi, mehnat samaradorligini oshirish va boshqalarni belgilaydi. Shu bois mexnat iqtisodiyoti masalalarini, uning nazariy jihatlarini tadqiq etish zarurati mavjuddir. U o’tish iqtisodiyoti xususiyatlarini hisobga olgan holda mehnatning ishlab chiqarishni kengaytirish toifasi sifatidagi mohiyatini tushuntirib beruvchi masalalarni aks ettirishi lozim. Fikrimizcha, bu - inson kapitalini takror barpo qilish nazariyasi, ya’ni mohiyatan iqtisodiy va o’zining shakl-shamoyi-liga ko’ra ijtimoiy nazariyadir.
I nsoniy kapitalni takror barpo qilishning zamonaviy kontseptsiyalari erkin raqobat mexanizmini ideallashtirishni tadqid qilish va ma’lum ma’noda A.Marshallning xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni sub’ektiv baholashdan, ya’ni
mikroiqtisodiy darajadagi tadqiqotlardan kelib chiqadigan tanlash erkinligi kontseptsiyasiga asoslanadi.25 Bu tanqiddan siyosiy iqtisodda yangi yo’nalish iaydo bo’ldi va "neoklassik" nomini oldi. Uning eng "hosildor" vaqillari - M.Fridmen ("Kapitalizm i svoboda", (1962), "Svoboda vmbora", 1979) va boshqalar. J.Mut, R.Lukas, T.Sarjent va N.Uolles yagona mikroiqtisodiy asosni makroiqtisodiy muammolar taxliliga keltirishga, ya’ni "sintez" nazariyasini yaratishga xarakat qildilar. Mazkur nazariyaning markaziy bo’g’ini axborotdan oqilona foydalanish hisobiga o’zgarib turuvchi bozor sharoitlariga tez moslasha oladigan bozor agentlaridir. Buni bugun tadbirkorlik deb ham ataydilar. Agar xar bir tadbirkor bozorning o’zgarishiga moslasha olsa, u xolda mikrodarajada davlat tomonidan boshqarilshn zarurati keskin yo’qoladi va shu tariqa tanlash erkinligi ta’minlanadi. Mazkur nazariyaning zaif tomoni shundan iboratki, u bozor agentlari qobiliyatlarining va ratsional axborotdan foydalanish imkoniyatlarining bir xil emasligini xisobga olmaydi.
Shu munosabat bilan institutsional-sotsiologik yo’nalish paydo bo’lib, mustaqil yo’nalish sifatida jadal rivojlanmoqda. J.R.Kommons,
U.K.Mitchell, J.K.Gelbreyt ishlarida "institutlar" tushunchasiga korporatsiyalar, kasaba uyushmalari, davlat va shuningdek iqtisodiy nazariya va uning predmeti chegaralarini keskin oshiruvchi psixologik, huquqiy, axloqiy, texnik va boshqa hodisalar xam kiritilgan. Bu yo’nalish XX asr oxirida "postindustrial", "informatsion", "servis" jamiyat nazariyalari ta’sirida, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning konvergentsiyasi asosida ommaviylashdi.
Institutsionalistlarning fikricha, tadqiqotning bosh ob’ekti har tomonlama kamol topgan shaxs bo’lishi kerak.
Uni tushunish, jamiyat rivojlanishi tendentsiyasini baholash faqat keng ilm-fan bo’yicha taxlil asosida amalga oshirilishi mumkin, bunday taxlil (iqtisodiyotdan tashqari) ijtimoiy psixologiya, sotsiologiya, huquq, siyosatshunoslik va boshqa ijtimoiy fanlarni o’z ichiga olishi lozim.
XX asrning ikkinchi yarmidan milliy boylik kapitalning h.am moddiy, ham moddiy bo’lmagan shakli tomonidan yaratiladi, degan fikrga iqtisodiy fanda deyarli hech kim qarshi chiqmagan, shu bilan "insoniy kapital" rasmiy mavqega ega bo’ldi. AQShda milliy boylikning
kengaytirilgan talqini qaror topa boshladi va u T.Shults - "insoniy kapital" va "insonga investitsiya kiritish" nazariyasi bo’yicha ishlar mual-lifi nomi bilan bog’liq edi.
XX asrning 60-yillari o’rtasida G.Bekker inson xulq-atvorig iqtisodiy yondashgan holda "insoniy kapital" nazariyasi apparatini yaratdi. Iqtisodiy yondashuv deganda individlarning oqilona, eng maqbo’l xatti-harakati tamoyili nazarda tutiladi. Bunday yondashuv negizida oqilona umidlar gipotezasi yotadi, unga ko’ra inson qarorlar qabul qilishda iqtisodiy maqsadga muvofiqlik tamoyilidan kelib chiqadi, ya’ni eng ko’p foyda, naf keltiradigan qarorlarni qabul qiladi. G.Bekkerga asosan, "insoniy kapital" - bu tug’ma qobiliyatlar va orttirilgan bilimlar, ko’nikmalar va asoslar yig’indisi bo’lib, ulardan maqsadli foydalanish daromadning oshishiga olib keladi (individ, kor-xona yoki jamiyat darajasida).

Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish