Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “hozirgi zamon raqobat nazariyalari” fanidan ishchi daftar toshkent – 2019


-jadval Insoniy kapital rivojlanishining ijtimoiy kursatkichlari27



Download 3,32 Mb.
bet29/83
Sana22.06.2022
Hajmi3,32 Mb.
#692768
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi “hozirgi zamon raqobat nazariy

6.2-jadval Insoniy kapital rivojlanishining ijtimoiy kursatkichlari27


Qo’rsatqich




Minimum

Maksimum

Kutilayotgan hayot davomiyligi, yil




25

85

Katta yoshdagi aholining savodxonligi




0

100

O’quvchilarning tegishli yoshdagi sonidagi umumiy ulushi

aholi

0

100

Aholi jon boshiga real YaIM, doll.




100

40000 yoki 5448
(diskont.)

6.2. Ta’lim milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishning omilli sifatida.
Ta’lim xizmatlarining shakllantirilishi bozor iqtisodiyoti mamlakatlaridagi muxim soxalardan biridir. Shu sababli yaqinda prezidentning yoshlarga oid davlat siyosati haqidagi farmoni ham mamlakatimizda ta’lim tizimini rivijlantirish, yoshlarni jamoa ishlariga keng jalb qilishga qaratilgandir28.
Ta’lim tizimidagi ta’lim xizmatlari bozorini o’zgartirish zarurati muassasalar va tashqilotlarga sifatli servis xizmatlarini kursatishga qodir bo’lgan turli mutaxassislarga bo’lgan talab va taklifning qaror topganligi bilan izohlanadi. O’z kasbini chuqur biladigan, keng, har tomonlama gumanitar tayyorgarlikka ega bo’lgan, rivojlangan ijodiy qobiliyatli, muqobil tafakko’rli, mustaqil qaror qabul qila oladigan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash zarurati tug’ildi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik sharoitida eski ta’lim tizimidan voz kechib, o’zluksiz ta’limni rivojlantirishning o’z strategiyasini - Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqdi. Uning mohiyati, ta’limning zamonaviy maqsadlariga muvofiq, shaxsning ijtimoiy zarur faollikka qo’shilishi uchun o’ziga va jamiyatga kerak bo’ladigan qobiliyatlarini rivojlantirish, ta’lim tizimidan tashqarida bilimini oshirish samaradorligini ta’minlashdir.
O’zluksiz ta’lim O’zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimining asosi bo’lib, ta’limning quyidagi turlarini o’z ichiga oladi:

  • maktabgacha ta’lim;

  • umumiy o’rta ta’lim;

  • o’rta maxsus, kasbiy ta’lim;

  • oliy ta’lim;

  • oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;

  • malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash;

  • maktabdan tashqari ta’lim.

Tamomila yangi o’rta maxsus o’quv yurtlari - kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar tashqil qilindi.
MDH. respublikalari ichida birinchi bo’lib xalq ta’limi soxasini isloh qilishni boshlagan O’zbekiston Respublikasi bugun ham ta’limning yuqori dara-jasini saqlab qolmovda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi ma’lumotlariga qaraganda, mamlakatda har 1000 ta xizmatchilarning 948 tasi ma’lumotga, jumladan to’liq bo’lmagan o’rta ma’lumotga 127, o’rta ma’lumotga 480, o’rta maxsus ma’lumotga 199, oliy va tugallanmagan oliy ma’lumotga 142 kishi ega. Axolining 99,0 foizidan ortig’i savodli. Bu kursatkich rivojlangan mamlakatlar erishgan kursatkichlarga mos keladi.
O’zbekiston Respublikasida oliy ta’lim shunday darajaga yetishi kerakki, u mamlakatda va xorijda ilm-fan, texnika, texnologiyalar va iqtisodiyotning rivojlanishini hisobga olib raqobatbardosh kadrlarni jadal sur’atlarda tayyorlash imkonini berishi kerak. Raqobatbardosh mutaxassislarning yangi avlodi istiqbolini ko’zlab vazifalarni qo’yish va ularni hal qilish qobiliyatiga, yuqori madaniy tafakko’r va ilmiytexnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy axborotlar oqimida mustaqil harakat qila olish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim.
Jamiyatimizni mamlakatni oldingi qatorlarga olib chiqa oladigan raqobatbardosh mutaxassislar bilan ta’minlash uchun biz yoshlarni xorijiy oliy o’quv yurtlarida ta’limni davom ettirishga tayyorlashimiz kerak. Bunga Boloniya jarayoni bo’yicha sheriklar bilan hamkorlikda erishish mumkin.
Boloniya deklaratsiyasi (1999 yil iyun), Sorbonna Deklaratsiyasi (1998 yil may) qarorlarini bajarish asnosida Yevropada oliy ta’lim bo’shlig’ini tashqil etish zaruratini belgilaydi. 40 ta mamlakat o’zining oliy ta’lim tizimlari tuzilmalarini isloh qilishdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining Boloniya jarayoniga integratsiyalashuvi quyidagilarga yordam beradi:
Birinchidan, Boloniya jarayonining maqsadlari - raqobatbardoshlik, moslanuvchanlik, sifat – kadrlar tayyorlash milliy dasturi manfaatlariga javob beradi.
Ikkinchidan, Boloniya jarayoni oliy ta’lim sifati madaniyatining takomillashuviga ta’sir kursatadi. Sifatni attestatsiyalash va nazorat qilishning yanada mukammal tizimini yaratish zarurati tug’ildi.
Uchinchidan, O’zbekiston Respublikasi oliy ta’limi tizimi o’z tarkibiga ko’ra tashqil qilinayotgan Yevropa tizimiga o’xshash. Ammo o’qish muddatlarida farq mavjud. O’zbekistonda ikki bosqichli oliy ta’lim 4 + 2 formulasiga muvofiq amal qiladi, Boloniya deklaratsiyasida esa ta’limning qator yo’nalishlari uchun 3 + 2 formula ko’zda tutilgan (bakalavriatda ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blokini kamaytirish va ularni fakultativ fanlar turiga o’tkazish hisobiga o’qish-ning me’yoriy muddatlari qisqaradi).
To’rtinchidan, O’zbekiston Respublikasida talabalar bilimini baholash tizimi YeST5 da amal qiladigan tizimga osonlikcha o’zgartirilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasida oliy ta’lim shunday darajaga yetishi kerakki, u mamlakatda va xorijda ilm-fan, texnika, texnologiyalar va
iqtisodiyotning rivojlanishini xisobga olib raqobatbardosh kadrlarni jadal sur’atlarda tayyorlash imkonini berishi kerak. Raqobatbardosh mutaxassislarning yangi avlodi istiqbolini ko’zlab vazifalarni qo’yish va ularni hal qilish qobiliyatiga, yuqori madaniy tafakko’r va ilmiytexnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy axborotlar oqimida mustaqil harakat qila olish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim.
Raqobatbardosh kadrlar tayyorlash strategiyasining negizida sifatni ta’minlashning uchta asosiy sikllariga kompleks yondashuv yotadi.
Birinchi bosqichda, mutaxassislar ehtiyojlari prognozlanadi va ularga nisbatan talablar belgilanadi, ya’ni mutaxassis modeli yaratiladi, sifatning ilgarilab boruvchi yuqori darajasi aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda mutaxassislarni tayyorlash amalga oshiriladi, bu esa belgilangan sifat darajasini ta’minlashi lozim. Uchinchi, mutaxassisdan professional faoliyat sohasida foydalanish bilan bog’liq bosqichda ta’minlangan sifat darajasi muntazam oshib borishi kerak.
Va nihoyat, O’zbekiston Respublikasining ta’lim standartlari xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilishi kerak, bu mutaxassislarni tayyorlash sifatiga erishish va uni baholashga yagona yondashuvni ta’-minlaydi. Bu raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va intellektual sohada yaqin hamkorlikni tashqil qilishda xalqaro tajribadan foydalanishga yordam beradi.

Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish