Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari



Download 30,51 Kb.
Sana12.05.2022
Hajmi30,51 Kb.
#602373
Bog'liq
Hujjat (3)


IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANINING
PREDMETI VA BILISH USULLARI
1. Iqtisodiyot nazariyasi qachon fan sifatida shakllana boshlagan?
a) kishilik jamiyati vujudga kelgandan boshlab;
b) XVII–XVIII asrlar orasida;
c) XIX asrda;
d) A.Smitning «Xalqlar boyligi...» kitobi chop etilishi bilan;
e) o‘rta asrlarda.
2. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy modelning mazmunini
ifodalaydi?
a) iqtisodiy prognozlash;
b) iqtisodiy tamoyillar majmuasi;
c) iqtisodiy jarayon va hodisalarning obyektiv xususiyatlariga va
tadqiqot maqsadi va xarakteriga ko‘ra abstrakt tarzda umumlashtirib
ifodalangan reallikning konstruksiyasi, maketi, andozasi;
d) iqtisodiyot va siyosatning ideal tipi bo‘lib, uni amalga oshirish
uchun zarur;
e) iqtisodiy bilish usullari.
3. Quyida ifodalangan iqtisodiy maqsadlardan qaysi birini aniq
miqdor bilan o‘lchash mumkin?
a) iqtisodiy kafolat;
b) iqtisodiy erkinlik;
c) to‘la bandlik;
d) daromadlarni adolatli taqsimlash;
e) ijtimoiy himoya.
4. Pozitiv iqtisodiy nazariya:
a) iqtisodiy hodisalarni qanday bo‘lsa, shundayligiga o‘rganadi;
b) iqtisodiy hodisalar qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi;
c) iqtisodiy rivojlanishdagi ijobiy tendensiyalarni o‘rganadi;
d) bildirilgan fikrlarni tahlil qiladi;
e) iqtisodiy tahlillarni umumlashtiradi.
5. Agar iqtisodiy jihatdan umumlashtirish dalillar, raqamlarga
asoslansa, u holda bunday tahlil usuli:
a) bayon qilish;
b) qiyosiy tahlil;
c) tarixiy;
d) deduktiv; e) induktiv hisoblanadi.
6. Agar iqtisodiyotda korxona, firma, uy xo‘jaligi, alohida
olingan bozorlar muammosi tadqiq qilinsa, bunday tahlil:
a) normativ;
b) pozitiv;
c) ilmiy abstraktiv;
d) mikroiqtisodiy;
e) makroiqtisodiy bo‘ladi.
7. Qur’oni Karimda aks etgan asosiy iqtisodiy g‘oya nimadan
iborat?
a) insonlar dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanishi
ta’kidlangan;
b) “ehtiyoj” tushunchasi ta’riflangan va jamiyat hayotida moddiy
ehtiyojlar ahamiyati ko‘rsatib berilgan;
c) musulmonlar
qardoshligi g‘oyasi ilgari surilgan, mulk
muqaddasligi qayd qilingan, savdoga katta o‘rin berilgan va jamiyat
tengsizligi azaldan deb tan olingan;
d) moddiy boylik yaratishda mehnat va mehnat qurollarining o‘rni
belgilab berilgan;
e) yuqoridagilarning barchasi to‘g‘ri.
8. Iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida savdo-sotiq va
asosan, tashqi savdo barcha boyliklarning manbai deb hisoblanadi?
a) merkantilizm;
b) fiziokratlar;
c) klassik burjua iqtisodiy maktabi;
d) marksistik nazariya;
e) marjinalizmda.
9. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida
iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning va tartibga solishning asosiy
vositasi pul deb hisoblanadi?
a) keynschilar;
b) monetarizm;
c) institutsionalizm;
d) liberalizm;
e) yangi iqtisodiy oqimlarda.
10. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti nimadan iborat?
a) ijtimoiy munosabatlarni o‘rganishdan;
b) siyosiy munosabatlarni o‘rganishdan;
c) iqtisodiy munosabatlarni va ijtimoiy xo‘jaliklarni samaraliyuritishning iqtisodiy qonun-qoidalarini o‘rganishdan;
d) huquqiy munosabatlarni o‘rganishdan;
e) tashkiliy munosabatlarni o‘rganishdan.
11. Quyidagilardan qaysi biri umumiy iqtisodiy qonunlar
jumlasiga kiradi?
a) qiymat qonuni;
b) talab qonuni;
c) taklif qonuni;
d) ehtiyojlarning yuksalish qonuni;
e) yuqoridagilarning barchasi.
12. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning qaysi usuli dalillardan
asosiy qonun-qoidalar ishlab chiqishni yoki amaliyotdan nazariya
tomon borishni bildiradi?
a) ilmiy abstraksiya;
b) deduksiya;
c) induksiya;
d) empirik;
e) mantiqiy usul.
13. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy resurslar tarkibini to‘liq
aks ettiradi?
a) mehnat vositalari va ishchi kuchi;
b) kapital, yer, ishchi kuchi va tadbirkorlik layoqati;
c) tabiiy va inson resurslari;
d) ishlab chiqarishning moddiy omillari;
e) tabiiy omillar.
14. Iqtisodiy resurslarning barcha turi uchun umumiy bo‘lgan
xususiyat nimadan iborat?
a) mutlaq cheklanganlik;
b) inson mehnatining natijasi;
c) nisbatan cheklangan yoki kamyob;
d) qiymatga ega;
e) tabiat mahsuli.
15. “Iqtisodiyot nazariyasi” qaysi fanlar guruhiga kiradi?
a) iqtisodiy fanlar;
b) siyosiy fanlar;
c) ijtimoiy fanlar;
d) ijtimoiy-gumanitar fanlar;
e) tabiiy fanlar.
16. “Iqtisodiyot nazariyasi” fani nimani o‘rgatadi? a) ijtimoiy tuzumlarni;
b) kishilik jamiyati rivojlanishining iqtisodiy qonun va qonuniyatlarini;
c) ishlab chiqarish kuchlarini;
d) moddiy ne’matlar ishlab chiqarishni;
e) kishilarning xulq-atvorini.
17. Takror ishlab chiqarish nazariyasini birinchi bo‘lib kimlar
yaratgan?
a) merkantilistlar;
b) fiziokratlar;
c) klassik siyosiy iqtisodchilar;
d) keynschilar;
e) marjinalistlar.
18. Iqtisodiy qonunlar qanday xarakterga ega?
a) obyektiv;
b) subyektiv;
c) ham obyektiv, ham subyektiv;
d) huquqiy;
e) ijtimoiy.
19. Takror ishlab chiqarish nazariyasini hamda kapitalning
asosiy va aylanma, mehnatning unumli va unumsiz turlarga
bo‘linishini kim asoslagan?
a) U. Petti;
b) F. Kene;
c) A. Smit;
d) K. Marks;
e) A. Tyurgo.
20. Marjinalizm quyidagilardan qaysi birini tadqiq qilishga
asoslanadi?
a) mutloq iqtisodiy miqdorlarni;
b) o‘rtacha iqtisodiy miqdorlarni;
c) keyingi (qo‘shilgan) iqtisodiy miqdorlarni;
d) nisbiy iqtisodiy miqdorlarni;
e) o‘zgaruvchan iqtisodiy miqdorlarni.
21. Merkantelizmning o‘rganish predmeti qaysi soha?
a) ayriboshlash sohasi;
b) ishlab chiqarish sohasi;
c) taqsimlash sohasi;
d) ayriboshlash va ishlab chiqarish sohasi;
e) takror ishlab chiqarish sohasi.
22. Klassik siyosiy iqtisodning o‘rganish predmeti qaysi soha?
a) ayriboshlash sohasi;
b) ishlab chiqarish sohasi;
c) ayriboshlash va ishlab chiqarish sohasi;
d) tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi;
e) ijtimoiy sohalar.
23. F. Kenening “sof mahsulot” to‘g‘risidagi g‘oyasiga binoan u
qaysi tarmoq yoki sohada yaratiladi?
a) savdoda;
b) qishloq xo‘jaligida;
c) sanoatda;
d) ijtimoiy sohada;
e) qurilishda
24. Bozor munosabatlarigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy
qarashlarda qanday soha yoki munosabatlar ideallashtirilgan?
a) bozor munosabatlari;
b) natural-xo‘jalik sohalari;
c) savdo-sotiq bitimlari;
d) sudxo‘rlik;
e) agrar munosabatlar.
25. “Siyosiy iqtisod” tushunchasining muallifi kim?
a) Aristotel;
b) F. Akvinskiy;
c) A. Monkreten;
d) A. Smit;
e) K. Marks.
26. Merkantilistlar g‘oyasiga ko‘ra pul boyligining manbai
nimaning oqibati?
a) xorijiy investitsiyalar o‘sishi;
b) importning eksportdan ortib ketishi;
c) eksportning importdan ortib ketishi;
d) investitsion faollikning ortishi;
e) iqtisodiy faollikning o‘sishi.
27. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining bosh muammosi – bu:
a) cheklangan resurslardan qanday qilib jamiyat ehtiyojlarini
to‘laroq qondirib borish mumkinligi;
b) ekologik muammolar;
c) iqtisodiy inqirozlarni bartaraf qilish muammosi;
d) ishsizlik muammosi; e) ijtimoiy muammolar.
28. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usuli real iqtisodiy
voqeylikni aks ettiradi?
a) normativ;
b) pozitiv;
c) deduksiya;
d) induksiya;
e) ilmiy abstraksiya.
29. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usuli miqdoriy
o‘lchamlarni tahlil qilishga asoslanadi?
a) normativ;
b) pozitiv;
c) ilmiy abstraksiya;
d) matematik;
e) tarixiy va mantiqiy.
30. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usullari iqtisodiy
hodisa va jarayonlarni kishilik jamiyati taraqqiyotining turli tarixiy
bosqichlarida, ularning uzviy bog‘liqlikda o‘rganadi?
a) matematik va statistik;
b) ilmiy abstraksiya;
c) analiz va sintez;
d) tarixiy va mantiqiy;
e) induksiya va deduksiya.
31. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usullari aniq iqtisodiy
hodisa va jarayonlar hamda ulardagi o‘zgarishlarni alohida ajratib,
o‘zaro bir-biriga ta’sirida o‘rganadi?
a) matematik va statistik;
b) analiz va sintez;
c) tarixiy va mantiqiy;
d) induksiya va deduksiya;
e) normativ va pozitiv.
32. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usulida aniq iqtisodiy
hodisa yoki jarayon tanlanib, ular guruhlashtiriladi va o‘rtacha
miqdori (darajasi) chiqariladi?
a) analiz;
b) sintez;
c) matematik;
d) statistik;
e) normativ.
ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNING NATIJALARI
33. Ishlab chiqarish omillari egasi: yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik hisobiga mos ravishda yaratilgan mahsulotdagi ulushini qaysi
ketma-ketlik shaklida oladi?
a) yer rentasi, ish haqi, foiz-dividend, foyda;
b) yer rentasi, foiz-dividend, foyda, ish haqi;
c) yer rentasi, foiz-dividend, ish haqi, foyda;
d) foiz-dividend, foyda, ish haqi, yer rentasi;
e) foyda, yer rentasi, ish haqi, foiz-dividend.
34. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi bu...
a) ishlab chiqarish natijalarining mehnat xarajatlariga nisbati;
b) ishlab chiqarish natijalarining kapital sarflariga nisbati;
c) ishlab chiqarish natijalarining yer omiliga nisbati;
d) ishlab chiqarish natijasi (mahsulot)ning sarflangan xarajatlarga nisbati;
e) yerga va kapitalga qilingan xarajatlar natijasi.
35. Naflilikning pasayib borishi qonuni amal qilishini izohlashga
quyidagilardan qaysi biri to‘g‘ri kelmaydi?
a) universal qonun bo‘lib, doimo amal qiladi;
b) uning amal qilishi doirasi cheklangan bo‘lib, eng avvalo,
kundalik ehtiyojlarni qondiradigan tovar, xizmatlarga tegishli;
c) qisqa muddatli davrga xos;
d) ko‘plab tovarlarga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi;
e) naflilikni baholovchi yagona o‘lchov yo‘q.
36. Moddiy-ashyoviy ko‘rinishdagi ne’matlar iqtisodiy faoliyat
turlaridan qaysi birining natijasi bo‘lib chiqadi?
a) xizmat ko‘rsatishda;
b) iste’molda;
c) iqtisodiy nafli ish bajarishda;
d) ishlab chiqarishda;
e) yuqoridagilarning barchasida.
37. Quyidagilarning qaysi biri ishlab chiqarishning moddiy
omili hisoblanadi?
a) xom ashyo;
b) materiallar;
c) bino va inshootlar, mashinalar, asbob va uskunalar, xom ashyo;
d) mehnat quroli;
e) pul mablag‘lari.
38. Iqtisodiy resurslar hisobiga olinadigan daromad turini aniqlang:
a) ish haqi, foiz, renta, me’yordagi foyda;
b) mukofot;
c) dividend;
d) foyda;
e) yalpi daromad.
38. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi qanday aniqlanadi?
a) ishlab chiqarish natijalari sarf-xarajatlar bilan taqqoslanadi;
b) ishlab chiqarish natijalari jonli mehnat sarflari bilan taqqoslanadi;
c) ishlab chiqarish natijalari kapital sarflari bilan taqqoslanadi;
d) ishlab chiqarish natijalari aylanma mablag‘lar qiymati bilan
taqqoslanadi;
e) yuqoridagi barcha usulda.
39. Quyidagilardan qaysi biri mehnat kooperatsiyasini xarakterlaydi?
a) mehnatning alohida faoliyat turlariga ajralishi;
b) xodimlarning iqtisodiy faoliyatining biron turini bajarishga yoki
mahsulotning alohida turlarini ishlab chiqarishga moslashuvi;
c) mehnatning alohida va bir-biriga bog‘liq turlarining uyushishi;
d) iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining bir-biriga bog‘liqligining
kuchayishi;
e) yuqoridagilarning barchasi.
40. Mehnat unumdorligi qanday aniqlanadi?
a) mahsulot miqdorining uni ishlab chiqarishga ketgan ish vaqtiga
nisbati bilan;
b) mahsulot miqdorining qilingan sarf-xarajatlarga nisbati bilan;
c) mahsulot miqdorini asosiy kapitalga taqqoslash yo‘li bilan;
d) mahsulot miqdorini aylanma kapitalga taqqoslash yo‘li bilan;
e) yuqoridagi barcha usulda.
41. Iqtisodiy rivojlanish nima?
a) moddiy ne’matlar ishlab chiqarish;
b) ehtiyojlarni qondirish;
c) bozorga tovarlar yetkazib berish;
d) ishlab chiqarish natijalarining to‘xtovsiz ortib borishi;
e) xizmatlar ko‘rsatish.
42. Iqtisodiy resurslar nima?
a) tovar; b) pul;
c) insonlar;
d) kapital, yer, ishchi kuchi, tadbirkorlik layoqati;
e) tabiiy resurslar.
43. Samaradorlik nima?
a) iqtisodiyotning o‘sishi;
b) sarflangan resurslarni tejash;
c) ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi;
d) «natija» va «xarajat» nisbati;
e) narxlarning pasayishi.
44. Ijtimoiy ishlab chiqarish nima?
a) ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish jarayoni;
b) iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish jarayoni;
c) ishchi kuchini ishlab chiqarish jarayoni;
d) jamiyat miqyosida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish
jarayoni;
e) xizmat ko‘rsatish jarayoni.
45. Hayotiy zarur ne’matlar va boyliklarni takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oladigan faoliyat
qanday nomlanadi?
a) ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish);
b) ayirboshlash;
c) taqsimlash;
d) iste’mol;
e) iqtisodiy faoliyat.
46. Iqtisodiy faoliyatning qaysi turi (bosqichi)da yaratilgan
iqtisodiy ne’matlar ishlab chiqaruvchilardan iste’molchiga o‘tadi?
a) ishlab chiqarish(xizmat ko‘rsatish);
b) xizmat ko‘rsatish;
c) ayirboshlash;
d) taqsimlash;
e) iste’mol.
47. Takror ishlab chiqarishning qaysi bosqichida yaratilgan tovarlar va xizmatlar o‘zlarining pirovard foydalanuvchilarini topadi?
a) ishlab chiqarish(xizmat ko‘rsatish);
b) xizmat ko‘rsatish;
c) ayirboshlash;
d) taqsimlash;
e) iste’mol.
48. Takror ishlab chiqarish jarayonining qaysi bosqichida nafaqat hayotiy zarur ne’mat (xizmat)lar balki iqtisodiy resurslar va
ishchi kuchi tarmoq, soha, hudud va iqtisodiy faoliyat turlari
o‘rtasida taqsimlanadi?
a) ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish);
b) xizmat ko‘rsatish;
c) ayirboshlash;
d) taqsimlash;
e) iste’mol.
49. Kishilar iste’moli uchun zarur bo‘lgan hayotiy zarur ne’-
matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyat qanday nomlanadi?
a) iqtisodiy faoliyat;
b) ishlab chiqarish;
c) ayirboshlash;
d) taqsimlash;
e) iste’mol.
50. Iqtisodiy ne’mat, tovar va xizmatlar yaratiladigan tarmoq
va sohalar qanday nom bilan ataladi?
a) moddiy ishlab chiqarish;
b) nomoddiy ishlab chiqarsh sohalari;
c) iqtisodiyotning real ishlab chiqarish tarmoq va sohalari;
d) xalq xo‘jaligi tarmoq va sohalari;
e) milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalari.
51. Moddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan iqtisodiy ne’matlar va boyliklarni ishlab chiqaradigan tarmoq va sohalar qanday nomlanadi?
a) xalq xo‘jaligi;
b) milliy iqtisodiyot;
c) moddiy ishlab chiqarish;
d) nomoddiy ishlab chiqarish;
e) milliy ishlab chiqarish.
52. Yaratilgan tovarlarning iste’mol qilinish xususiyatidan kelib
chiqib, ishlab chiqarish tarmoqlari qanday turlarga ajratiladi?
a) moddiy va nomoddiy;
b) ishlab chiqarish vositalari (investitsion tovarlar) va iste’mol
tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar;
c) tovarlar va xizmatlar yaratuvchi tarmoqlar;
d) iqtisodiyotning real sektori va ijtimoiy sohalar;
e) sanoat va qishloq xo‘jalik tarmoqlari.
53. Bir mahsulot boshqasiga ma’lum miqdoriy nisbatlarda
ayirboshlanishi qanday nomlanadi?
a) tovar ayirboshlash;
b) barter (mahsulot) ayirboshlash;
c) ekvivalent ayirboshlash;
d) miqdoriy ayirboshlash;
e) nisbiy ayirboshlash.
54. Tovar(xizmat)lar pul vositasida oldi-sotdi yo‘li bilan ayirboshlanishi qanday nomlanadi?
a) barter (mahsulot) ayirboshlash;
b) tovar ayirboshlash;
c) ekvivalent ayirboshlash;
d) miqdoriy ayirboshlash;
e) nisbiy ayirboshlash.
55. Yaratilgan mahsulot taqsimlanishi natijasida kimlarning
ulushi aniqlanadi?
a) ishlab chiqaruvchi va resurs egalari;
b) mulk va resurs egalari;
c) ishlab chiqaruvchilar va davlat;
d) davlat, mulk va resurs egalari;
e) ishlab chiqaruvchilar, mulk va resurs egalari hamda davlat.
56. Investitsion tovarlardan unumli foydalanilganda, ya’ni ular
ishlab chiqarish jarayonida ishlatilib, kishilar uchun zarur hayotiy
vositalar yaratilganda, iste’molning qanday turi ro‘y beradi?
a) shaxsiy iste’mol;
b) ijtimoiy iste’mol;
c) unumli iste’mol;
d) unumsiz iste’mol;
e) davlat iste’moli.
57. Iste’mol tovarlari va xizmatlar kishilar tomonidan bevosita
iste’mol qilinganda qanday iste’mol ro‘y beradi?
a) unumli iste’mol;
b) shaxsiy iste’mol;
c) ijtimoiy iste’mol;
d) unumsiz iste’mol;
e) davlat iste’moli.
58. Insonlarning mehnat qilish layoqati, ya’ni ularning jismoniy va aqliy qobiliyati qanday nomlanadi?
a) mehnat; b) ishchi kuchi;
c) mehnat resursi;
d) jami ishchi kuchi;
e) mehnat salohiyati.
59. Inson tomonidan mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan
vositalar (mashina, mexanizmlar, asbob-uskunalar va h.k.) qanday
nomlanadi?
a) ishlab chiqarish vositalari;
b) mehnat vositalari;
c) mehnat predmetlari;
d) iqtisodiy resurslar;
e) ishlab chiqarish omillari.
60. Insonning maqsadga muvofiq faoliyati o‘zlashtirishga qaratilgan narsalar qanday ataladi?
a) xom ashyolar;
b) material va yarimtayyor mahsulotlar;
c) mehnat vositalari;
d) mehnat predmetlari;
e) ishlab chiqarish vositalari.
61. Mehnat vositalari mehnat predmetlariga ta’sir qilish xususiyatlariga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?
a) mehnat qurollari, mehnat predmetlari;
b) saqlash vositalari, xom ashyolar;
c) umumiy vositalar, investitsion tovarlar;
d) mehnat qurollari, saqlash vositalari, umumiy vositalar;
e) mehnat vositalari, mehnat predmetlari.
62. Mehnat predmetlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan mehnat
vositalari qanday nomlanadi?
a) mehnat qurollari;
b) mehnat jarayoni;
c) saqlash vositalari;
d) umumiy vositalar;
e) investitsion tovarlar.
63. Yoqilg‘i, materiallari va mahsulotlarni saqlash hamda uzatishga xizmat qiladigan vositalar(sisternalar, turli sig‘imdagi
idishlar, omborlar, quvurlar va h.k.) qanday nomlanadi?
a) umumiy vositalar;
b) saqlash vositalari;
c) mehnat qurollari; d) mehnat predmetlari;
e) maxsus vositalar.
64. Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmasdan, unga
umumiy shart-sharoit bo‘lib xizmat qiladigan vositalar (binolar,
yo‘llar va h.k.) qanday nomlanadi?
a) mehnat qurollari;
b) saqlash vositalari;
c) umumiy vositalar;
d) ijtimoiy tuzilma;
e) ishlab chiqarish infratuzilmasi.
IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI
65. Iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomonidan yechilar ekan, bunday iqtisodiyot:
a) markazdan boshqariladigan iqtisodiyot;
b) bozor iqtisodiyoti;
c) natural xo‘jalik;
d) aralash iqtisodiyot;
e) an’anaviy iqtisodiyot hisoblanadi.
66. Quyidagi muammolardan qaysi biri mikro darajada yechiladi?
a) to‘la bandlikni qanday ta’minlash mumkin?
b) nima va qancha ishlab chiqarish zarur?
c) inflyatsiyadan qanday qutulish mumkin?
d) iqtisodiy o‘sishni qanday rag‘batlantirish mumkin?
e) yalpi daromad va yalpi xarajatlarni qanday muvozanatga
keltirish mumkin?
67. Rivojlanish bosqichlariga sivilizatsion yondashuvning asoschisi
kim?
a) Alfred Marshall;
b) Uolter Rostou;
c) Ronald Kouz;
d) Artur Pigu;
e) Karl Marks.
68. Sivilizatsion yondashuv bo‘yicha jamiyat taraqqiyoti 5 bosqichga bo‘linib, u quyidagilardan iborat:
a) o‘tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga o‘tish, industrial
jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati, kommunistik jamiyat;
b) an’anaviy jamiyat, industrial jamiyatga o‘tish, feodalizm,
industrial jamiyat, kommunistik jamiyat;
c) an’anaviy jamiyat, quldorlik, industrial jamiyatga o‘tish,
industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati;
d) an’anaviy jamiyat, o‘tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga
o‘tish, industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati;
e) an’anaviy jamiyat, o‘tkinchi jamiyat, kommunistik jamiyat,
industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati.
69. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning o‘rin almashinish sabablari
formatsion yondashuvda qanday izohlanadi?
a) ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish darajasiga ishlab chiqarish munosabatlarining mos kelishi;
b) ishlab chiqarish texnologik usulining o‘zgarishi;
c) ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga ishlab chiqarish munosabatlarining mos kelmasligi o‘rtasidagi ziddiyat;
d) ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga ustqurmaning
mos kelmasligi;
e) ishlab chiqarish texnologiyalarini yangilash orqali.
70. Iqtisodiy tizim nima?
a) jamiyatning asosiy yo‘nalishi;
b) ishlab chiqarishni tashkil etish shakli;
c) sotsial-iqtisodiy munosabatlar asosi;
d) ijtimoiy ishlab chiqarish shaklidir;
e) siyosiy va ma’naviy munosabatlardir.
71. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot qanday tizim?
a) ishlab chiqarishni reja asosida yurgazishga asoslangan;
b) yakka hokimlik asosida ishlab chiqarishni tashkil etishga
asoslangan;
c) davlat tomonidan ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv va
iste’mol ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga asoslangan;
d) ishlab chiqarishni ijtimoiy mulk va ijtimoiy mehnat asosida
tashkil etishga qaratilgan;
e) ishlab chiqarish xususiy mulk asosida tashkil qilinadigan.
72. Aralash iqtisodiyot nima?
a) turli mulk shakllariga va ularning teng huquqligiga asoslangan
iqtisodiyot;
b) ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot;
c) xususiy va jamoa mulkiga asoslangan iqtisodiyot;
d) buyruqli va bozor iqtisodiyoti qo‘shilishi natijasida vujudga
kelgan iqtisodiyot;
e) an’ana va udumlarga asoslangan iqtisodiyot.
73. Iqtisodiy tizimning qaysi nusxasi (modeli)da xususiy mulkning
ustunligi va boshqarishning bozor mexanizmi ta’-minlanadi?
a) buyruqli iqtisodiyotda;
b) sof kapitalizmda;
c) aralash iqtisodiyotda;
d) an’anaviy iqtisodiyotda;
e) yuqoridagilarning barchasida
74. Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari
qaysi tizimga aloqador?
a) faqat totalitar tizimlarga yoki markazlashgan rejalashtirish
hukmron bo‘lgan jamiyatlarga;
b) faqat bozor iqtisodiyotiga;
c) faqat an’anaviy iqtisodiyotga;
d) sotsial-iqtisodiy va siyosiy tashkil qilinishidan qat’iy nazar, har
qanday jamiyatga;
e) aralash iqtisodiyotga.
75. Iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari,
xo‘jalik yuritish mexanizmlari va iqtisodiy muassasalarning o‘zaro
uzviy bog‘liqlikda tarkib topgan yaxlit tuzilmasi qanday nomlanadi?
a) iqtisodiyot;
b) iqtisodiy tizim;
c) iqtisodiy tizim modeli;
d) jamiyat;
e) xo‘jalik.
76. Iqtisodiy tizimning quyidagi tarkibiy qismlaridan qaysi biri
uni davlat tomonidan tartibga solish zarurligini anglatadi?
a) iqtisodiy munosabatlar;
b) texnologiya;
c) ishlab chiqarishning tabiiy va iqtisodiy shart-sharoitlari;
d) xo‘jalik yuritish mexanizmi;
e) iqtisodiy siyosat.
77. Ishlab chiqarish vositalari va ularni harakatga keltiruvchi
ishchi kuchi birgalikda nimani tashkil qiladi?
a) iqtisodiy munosabatlarni;
b) ishlab chiqarish texnologiyasini;
c) ishlab chiqaruvchi kuchlarni;
d) xo‘jalik yuritish mexanizmini;
e) iqtisodiy tizimni.
78. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish (mehnat taqsimoti,
uning ixtisoslashishi va kooperatsiyasi, ishlab chiqarishning
to‘planishi va uyg‘unlashtirilishi) natijasida vujudga keladigan
munosabatlarni toping:
a) ishlab chiqarish munosabatlari;
b) tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar;
c) ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar;
d) ijtimoiy munosabatlar;
e) siyosiy munosabatlar.
79. Hayotiy vositalar va boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash,
ayriboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan
munosabatlar qanday nomlanadi?
a) tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar;
b) ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar;
c) ishlab chiqarish munosabatlari;
d) ijtimoiy munosabatlar;
e) siyosiy munosabatlar.
80. Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlar mavjudligi turining birligi
nimani tashkil qiladi?
a) ishlab chiqarish vositalarini;
b) ishlab chiqarish usulini;
c) jamiyat ustqurmasini;
d) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani;
e) iqtisodiy tizimni.
81. Ishlab chiqarish usuli va jamiyatdagi mavjud ustqurma
birgalikda nima deb ataladi?
a) iqtisodiy tizim;
b) xo‘jalik yuritish shakli;
c) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya;
d) milliy xo‘jalik;
e) iqtisodiyot.
82. Ishlab chiqarish omillarini uyg‘unlashtirishning ma’lum bir
usullari qanday nomlanadi?
a) ixtisoslashish;
b) kooperatsiya;
c) texnologiya;
d) integratsiya;
e) mehnat taqsimoti.
83. Davlatning iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar va takror
ishlab chiqarish jarayonini tartibga solishga qaratilgan choratadbirlari qanday siyosatni anglatadi?
a) ijtimoiy siyosat;
b) iqtisodiy siyosat;
c) ijtimoiy–iqtisodiy siyosat;
d) daromadlar siyosati;
e) moliyaviy siyosat.
84. Iqtisodiy tizimning iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va uyg‘unlashtirish mexanizmi hamda mulkchilikning hukmron shakli
bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang:
a) ibtidoiy jamoa;
b) bozor iqtisodiyoti;
c) industrial jamiyat;
d) ommaviy iste’mol jamiyati;
e) neolitik jamiyat.
85. Iqtisodiy tizimning ishlab chiqarishning texnologik usuli bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang:
a) buyruqli iqtisodiyot;
b) feodalizm;
c) oddiy kooperatsiyaga asoslangan iqtisodiy tizim;
d) toindustrial jamiyat;
e) ommaviy iste’mol jamiyati.
86. Iqtisodiy tizimning industrial ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanishi bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang:
a) an’anaviy iqtisodiyot;
b) feodalizm;
c) industrial jamiyat;
d) ommaviy iste’mol jamiyati;
e) antik-temir asri.
87. Iqtisodiy tizimning jamiyat iqtisodiy taraqqiyot darajasiga
ko‘ra turkumlangan turini aniqlang:
a) aralash iqtisodiyot;
b) kapitalizm;
c) manifakturaga asoslangan iqtisodiy tizim;
d) o‘tkinchi jamiyat;
e) neolitik jamiyat.
88. Iqtisodiy tizimning mulkiy jihatdan turkumlangan turini aniqlang:
a) bozor iqtisodiyoti;
b) quldorlik;
c) industrial jamiyat;
d) o‘tkinchi jamiyat;
e) poliiqtisodiyot.
89. Iqtisodiy tizimning jamiyatning siklli rivojlanish sivilizatsiyasi bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang:
a) buyruqli iqtisodiyot;
b) feodalizm;
c) ommaviy iste’mol jamiyati;
d) monoiqtisodiyot;
e) neolitik.
90. Iqtisodiy tizimning amal qilish darajasiga ko‘ra turkumlangan turini aniqlang:
a) buyruqli iqtisodiyot;
b) feodalizm;
c) o‘tkinchi jamiyat;
d) neolitik;
e) makroiqtisodiyot.
91. Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish birgalikda nimani tashkil
qiladi?
a) ishlab chiqarish usulini;
b) texnologik usulni;
c) formatsiyani;
d) iqtisodiy tizimni;
e) ishlab chiqarish vositalarini.
92. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki bir xil ishni bajaruvchilar mehnatining bir joyda, oddiy shaklda uyushtirilishi
qanday nomlanadi?
a) oddiy kooperatsiya;
b) manifaktura;
c) mashinalashgan ishlab chiqarish;
d) natural xo‘jalik;
e) ixtisoslashish.
93. Manifakturaga uyushgan xodimlar mehnatiga mashinalarning joriy qilinishi natijasida qanday ishlab chiqarish vujudga
keladi?
a) oddiy kooperatsiya;
b) manifaktura;
c) mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarish;
d) mashinalashgan ishlab chiqarish;
e) ijtimoiy ishlab chiqarish.
94. Oddiy kooperatsiyaga birlashgan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida mehnat taqsimoti joriy qilinishi qanday nomlanadi?
a) oddiy kooperatsiya;
b) ixtisoslashish;
c) manufaktura;
d) mashinalashgan ishlab chiqarish;
e) natural ishlab chiqarish.
95. Toindustrial (industriallashgan davrgacha mavjud bo‘lgan)
jamiyatning quyidagi belgilaridan qaysisi tovar–pul munosabatlari
mavjud bo‘lishini cheklaydi?
a) aholining asosan qishloq xo‘jaligida bandligi;
b) qo‘l mehnatining ustuvorligi;
c) mehnat taqsimoti sayozligi;
d) natural xo‘jalik hukmronligi;
e) barter ayriboshlash o‘z o‘rniga ega bo‘lishi.
96. Industriallashgan jamiyatning qaysi belgisi urbanizatsiya
jarayonlarini kuchaytiradi?
a) ishlab chiqarishning mashinalarga asoslanganligi;
b) sanoatning fan-texnika yutuqlari asosida rivojlanishi;
c) shahar aholisining nisbatan tezroq ko‘payishi;
d) mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
e) tovar xo‘jaligi ustuvorligi.
97. Yuqori darajada industriallashgan (postindustrial) jamiyatning qaysi belgisi resurslarni tejash imkonini beradi?
a) xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori darajada rivojlanganligi;
b) bandlikning asosiy qismi (60-70%)ning xizmat ko‘rsatish
sohalariga to‘g‘ri kelishi;
c) iqtisodiyotda kompyuter va yangi informatsion texnologiyalar
keng qo‘llanilishi;
d) fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanib borishi;
e) yangi texnika va texnologiyalarning keng qo‘llanilishi.
98. An’anaviy jamiyatning qaysi belgisi monopoliyalar hukmronligini ta’minlaydi?
a) qishloq xo‘jaligi ustuvorlikka egaligi;
b) ishlab chiqarish yirik yer egalari hukmronligiga asoslanganligi;
c) mehnat qurollari oddiy yoki primitivligi;
d) mehnat unumdorligi nihoyatda pastligi;
e) barter ayriboshlash ustuvorligi.
JAVOBLAR
1c); 2c); 3c); 4a); 5b); 6d); 7c); 8a); 9b); 10c); 11d); 12c); 13b);
14c); 15c); 16b); 17c); 18a); 19b); 20c); 21a); 22b); 23b); 24b); 25c);
26c); 27a); 28b); 29d); 30d); 31b); 32d); 33c); 34d); 35a); 36d); 37c); 38a); 39a); 40c); 41a); 42d); 43d); 44d); 45d); 46d); 47c); 48d); 49d); 50b); 51c); 52c); 53b); 54b); 55b); 56d); 57c); 58b); 59b); 60b); 61d); 62d); 63a); 64b); 65c) 66d); 67b); 68b); 69d); 70c); 71b); 72c); 73d); 74b); 75b); 76b); 77d); 78c); 79b); 80b); 81b); 82c); 83c); 84b); 85b); 86c); 87c); 88d); 89d); 90d); 91d); 92b); 93a); 94d); 95c); 96d); 97c); 98d); 99b);
Download 30,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish