3. Makro-mikro iqtisodiy tahlil. Ilmiy bilishda statistik va grafik, empirik – tasviriy va boshqa usullarni qqllanilishi. Iqtisodiy fanda iqtisodiy tizimning quyidagi darajalari farqlanadi: mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, global iqtisodiyot. Muvofiq ravishda iqtisodiy tahlil usullari ham farqlanadi.
Mikroiqtisodiy tahlil firmalar amal qilishining ichki jarayonlarini, alohida iqtisodiy sub’ektlarning xulq-atvorini tadqiq etishga qaratilgandir. Mazkur tahlilning diqqat markazida alohida tovarlarning narxlari, sarf-xarajatlar, kapital, narx va mehnat motivastiyasining vujudga kelishi shakl va mexanizmlari yotadi. Bu tahlil minimum va maksimumni o’rnatish usuli, ya’ni chegaraviy tahlildan foydalanishni taqozo etadi. Mikroiqtisodiy tahlilning boshqa bir jihati – ishlab chiqarish agentlarining o’zaro munosabatlarini tavsiflovchi tashqi aloqalarni tadqiq etish hisoblanadi. Bu erda muvozanat kategoriyasi ustun hisoblanadi.
Makroiqtisodiy tahlil tarkib topgan makroproporstiyalar asosida yaxlit milliy iqtisodiyotning amal qilishini tadqiq etish bilan shug’ullanadi. Bu tahlilning ob’ekti bo’lib milliy mahsulot, narxlarning umumiy darajasi, inflyastiya, bandlik hisoblanadi.
Amerikalik iqtisodchi F.Maklup mikroiqtisodiyotni muvozanat nazariyasi, makroiqtisodiyotni esa dinamika va o’sish nazariyasi sifatida baholaydi. Biroq, mikro- va makroiqtisodiyotga ajratish tadqiqot predmetiga taalluqli ekanligi, yoki bunday bo’linish tadqiqotning ikkita turli usullarni ifoda etishi to’g’risida munozaralar ketadi. Keyingi holatda alohida firmalarning faoliyatini o’rganishga yo’naltirilgan tahlil jamiyatdagi yaxlit holda ro’y berayotgan barcha iqtisodiy jarayonlarni ko’rib chiqish uchun boshlang’ich punkt bo’lib xizmat qiladi. Jamiyat firmalarning yig’indisi, majmui sifatida ifodlanib, unga alohida firmalarni o’rganish (mikrotahlil) asosida chiqarilgan xulosalar tegishli bo’ladi. Shunga ko’ra, agregirlash muammosi katta rol o’ynaydi, chunki makroo’zgaruvchilar mikroo’zgaruvchilarning agregati sifatida qaraladi.
Mikrotahlil asosan «tadbirkorlik erkinligi» tarafdorlari, neoliberallar va neoklassiklar tomonidan boshlang’ich tahlil sifatida qo’llaniladi. Masalan, muhim makroiqtisodiy kategoriya bo’lgan YaMM individual daromadlarning summasi sifatida ifodalanadi. Bunda har qanday faoliyat daromad manbai sifatida qaraladi. Mikronazariya qiymat nazariyasi (so’ngi qo’shilgan naflilik nazariyasi) va taqsimot nazariyasi (ishlab chiqarish omillari nazariyasi va zimmasiga tushuvchi xarajatlar nazariyasi)da etkachi o’rin tutadi.
Biroq, kapitalistik iqtisodiyotda ro’y berayotgan o’zgarishlar mikrotahlilning ma’lum evolyustiyasini, ya’ni – alohida firmalarni tadqiq etishdan tortib nafaqat bir mamlakat ichida, balki uning tashqarisida ham chambarchas bog’langan yirik monopoliyalar, gigant korporastiyalarning tahliliga qadar bo’lgan evolyustiyasini keltirib chiqaradi. Mikrotahlil doirasida iqtisodiyot nazariyasining yirik biznes uchun tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat bo’lgan amaliy funkstiyasi rivojlanadi.
Tadqiqotlarning mikro- va makroiqtisodiyotga ajratilishi J.M.Keynsning «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936 y.) asaridan keyin g’arb adabiyotlarida umume’tirof etildi. Keyns makroiqtisodiyotning asoschisi hisoblanadi. Biroq, makroiqtisodiy yondashuvni Keynsga qadar ko’plab iqtisodchilar qo’llaganlar. Franstuz iqtisodchisi F.Kenening mashhur iqtisodiy jadvali makroiqtisodiy modelning dastlabki yakunlangan namunasi hisoblanadi. Shuningdek, K.Marks ham ko’plab makromodellar – takror ishlab chiqarish sxemasi, yalpi kapitalning doiraviy aylanishi, ishlab chiqarish narxi sxemasi va boshqalardan foydalangan. X1X asrda paydo bo’lgan stikllar nazariyasi ham makroiqtisodiy yondashuv to’g’risida guvohlik beradi. Shunga ko’ra, Keyns faqat mazkur nazariy yo’nalishning rivojlanishiga impuls bergan xolos.
Ishlab chiqarish ijtimoiy tavsifining kuchayishi va kapitalistik takror ishlab chiqarish ziddiyatlarining chuqurlashuvi aynan makroiqtisodiy yondashuvni taqozo etadi. Iqtisodiy tahlilda makro ko’rsatkichlardan foydalanishning samaradorligi ularning vaqt davomida sekin-asta o’zgarib borishga nisbatan barqarorligi bilan izohlanadi. Faqat makroko’rsatkichlar yordamidagina asosiy iqtisodiy nisbatlar va qonuniyatlarni shakllantirish mumkin. Makroiqtisodiyot o’zining qonunlariga ega bo’lgan maxsus fan sifatida shakllandi. Makroiqtisodiyotning kengayishi iqtisodiyot nazariyasi amaliy funkstiyasining rivojlanishi, ya’ni iqtisodiy siyosatning ishlab chiqilishi, uning natijalarini o’rganish va umumlashtirish, iqtisodiy rivojlanish prognoz va dasturlarining ishlab chiqilishi bilan bog’liq. Makro tahlil «tartibga solinuvchi kapitalizm»ning barcha zamonaviy nazariyalari – neokeynschilik, dirijizm, «rejali kapitalizm» va boshqalar uchun xosdir. Makrotahlilning qo’llanilishi bilan iqtisodiy tadqiqot sohalari kengayib, statistik ma’lumotlar keng qo’llanila boshladi. Matematik usullardan foydalanish, iqtisodiy-matematik model va prognozlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb eta boshladi.
Makroiqtisodiy modellar, iqtisodiy modellarning bir ko’rinishi bo’lib, iqtisodiy tizimning tarkibi va dinamikasini sintetik umumlashtiruvchi, asosan qiymat tavsifiga ega bo’lgan ko’rsatkichlar orqali tahlil qilishga mo’ljallangan. Makroiqtisodiy modelning klassik namunasi bo’lib Xarrod-Domarning o’sish modeli hisoblanadi.
Mikroiqtisodiy modellar – yaxlit iqtisodiyot yoki uning alohida qismlarining rivojlanishini aks ettiruvchi hamda boshlang’ich ko’rsatkichlar va o’zgaruvchilar sifatida mikroiqtisodiy tavsifdagi (resurs va mahsulotlar alohida turlarini ishlab chiqarish miqdori va xarajatlari, ularning shaxsiy va ijtimoiy iste’moli hajmi va h.k.) ko’rsatkichlarga ega bo’lgan model. Mikroiqtisodiy modellar ham xo’jalik jarayonlarini boshqarishning amaliy vazifalarini hal etishda, ham nazariy jihatdan tahlil qilishda qo’llanilishi mumkin. Nazariy tadqiqotlarda qo’llaniluvchi eng keng tarqalgan mikroiqtisodiy modellardan quyidagilarni ko’rsatish mumkin: xalq xo’jaligini optimallashtirish modellari, muvozant modellari, imitastion modellar va h.k.
Keyingi yillarda mikro- va makroiqtisodiy tahlilning yaqinlashuvi kuzatilmoqda. Shunday urinishlardan biri P.Samuelsonning neoklassik sintezi hisoblanadi. K.Makkonnell shunday yozadi: «Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyotga ajratilgan tushunchalarni iqtisodiy fan alohida qismlarga aniq ajratib qo’yilgan, uning har bir mazusmni yoki mikro yoki makroiqtisodiyotga kiritish mumkin, deb tushunmaslik kerak. Iqtisodiyotning ko’plab mavzu va bo’limlari bir vaqtning o’zida har ikkala sohaga ham taalluqli bo’lishi mumkin».4 Masalan, bundan 15-20 yil oldin ishsizlikka ustun ravishda makroiqtisodiy muammo sifatida qaralar edi (ishsizlik ko’proq yalpi sarflarga bog’liq). Endilikda iqtisodchilar ishsizlik darajasini aniqlashda muayyan tovar bozori va ishchi kuchi bozorining amal qilish usuli hamda ishchilarning o’z ishlarini o’zgartirishlari borasida yakka tartibda chiqargan qarorlari muhim ahamiyatga egaligini tan oladilar.
Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o’zaro shartlangan va uzviy jihatdan o’zaro bog’liq hisoblanadi.