Asosiy tayanch tushunchalar
Tovar - biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mahsulotdir.
Naflilik - tovarlarning kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish layoqati.
Almashuv qiymati - bu biror turdagi iste’mol qiymatning boshqa turdagi iste’mol qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbati.
Aniq mehnat –muayyan aniq iste’mol qiymatlarni vujudga keltiradigan mehnat.
Abstrakt mehnat - mehnatning aniq shaklidan qat’iy nazar umuman inson ishchi kuchining sarflanishi, ijtimoiy mehnatning bir qismi.
Mehnat unumdorligi - ma’lum vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt bilan aniqlanadi.
Mehnat intensivligi - mehnatning sarflanish tezligi yoki jadalligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |