Asosiy tayanch tushunchalar:
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish – qonunchilik, ijro va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi – iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o’zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish.
Davlatning iqtisodiy vazifalari – iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart-sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o’sishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |