Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi ” fanidan kurs ishi mavzu


-2019-yillarda YaIMning iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha o’sish sur’atlari (o’tgan yilga nisbatan % da)9



Download 214,84 Kb.
bet13/13
Sana23.01.2022
Hajmi214,84 Kb.
#405099
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
BOZOR IQTISODIYOTI KAMOLOV BAHODIR2022

2017-2019-yillarda YaIMning iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha o’sish sur’atlari (o’tgan yilga nisbatan % da)9




2017-yil

2018-yil

2019-yil

1. YalM, jami

104,5

105,4

105,6

shu jumladan










Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati

104,3

105,4

105,6

Mahsulotlarga sof soliqlar

105,7

105,9

105,6

II. Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati

104,3

105,4

105,6

Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi

101,2

100,3

102,5

Sanoat (qurilishni qo’shgan holda)

105,4

111,5

108,9

sanoat

105,2

110,8

106,6

qurilish

106,0

114,3

119,0

Xizmatlar

106,4

105,5

105,1

savdo, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar

102,1

105,4

105,0

tashish va saqlash, axborot va aloqa

111,3

106,9

105,6

boshqa xizmat tarmoqlari

105,9

104,8

105,0

Yurtimizda mazkur tartib asosida o’tkazilayotgan islohotlar o’z natijasini bermoqda. Xususan, 2019-yilda yalpi ichki mahsulot 5,6 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari 19,0 foizga, chakana savdo aylanmasi 5,0 foizga, xizmatlar 5,1 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 2,5 foizga, boshqa xizmatlar 5,0 foizga oshdi (2-jadval).

3-jadval


2019-2021-yillarda iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha YaIMning tarkibi (jamiga nisbatan % da)10




2019-yil

2020-yil

2021-yil

I. YalM, jami

100,0

100,0

100,0

shu jumladan:










Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati

88,5

88,8

90,9

Mahsulotlarga sof soliqlar

11,5

11,2

9,1

II. Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati

100,0

100,0

100,0

Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi

34,0

31,5

28,1

Sanoat (qurilishni qo’shgan holda)

27,9

32,6

36,4

sanoat

22,2

26,5

30,0

qurilish

5,7

6,1

6,4

Xizmatlar

38,1

35,9

35,5

savdo, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar

8,0

7,4

6,9

tashish va saqlash, axborot va aloqa

9,5

8,5

7,7

boshqa xizmat tarmoqlari

20,6

20,0

20,9

2017-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarining qiyosiy tahlili sanoat tarmog’i ulushining 30,0 % gacha oshishi (2018-yilda - 26,5%, 2017-yilda - 22,2 %) va qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi tarmog’i ulushining 28,1 % gacha (2018-yilda - 31,5 %, 2021-yilda - 34,0 %) kamayishi bilan bog’liq bo’lgan tarkibiy o’zgarishlarni qayd etish imkonini beradi 3-jadval.

Shuningdek, hisobot yilida YaIM (YaQQ) tarmoqlari tarkibida qurilish tarmog’i ulushining 6,4% gacha o’sishi (2019-yilda - 6,1 %, 2018- yilda - 5,7%) va xizmatlar sohasi ulushining 35,5 % gacha pasayishi (2018-yil - 35,9%, 2017-yilda - 38,1%) kuzatildi (4-rasm).





4-rasm. 2020 yilda YaIMning tarmoqlar bo’yicha tarkibi11

2020-yildagi iqtisodiy o’sish sur’ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan bog’liqdir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat hajmi YaIM umumiy hajmining 90,9 % ini tashkil etdi va 5,6 % ga o’sdi (YaIM mutloq o’sishiga ta’siri 5,0 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 9,1 % ni tashkil etdi va mos ravishda 5,6 % darajasida o’sish qayd etildi (YaIM mutloq o’sishiga ta’siri 0,6 f.p.) (5-rasm).

2019-yil yakunlariga ko’ra, qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida 2,5 % darajasida ijobiy o’sish qayd etildi. Mazkur tarmoqning YaIM mutloq o’sish sur’atiga ta’siri 0,7 f.p.ni tashkil etdi. Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida ijobiy o’sish sur’atlari dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 3,7 % ga va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 1,7 % ga o’sishi bilan bog’liq.

2020-yilda sanoat tarmog’ining qo’shilgan qiymatida 6,6 % ga o’sish qayd etildi. Sanoat ishlab chiqarishining YaIM mutloq o’sish sur’atiga ijobiy ta’siri 1,6 f.p.ni tashkil qildi. Sanoat tarmog’idagi ijobiy dinamika asosan ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat tarmog’i qo’shilgan qiymatining 9,4 % (2018-yilda - 7,9 %, 2017-yilda - 4,2 %) ga o’sishi hisobiga ta’minlandi. O’tgan ikki yil davomida sezilarli o’sishdan so’ng, taqqoslama narxlarda tog’-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog’i qo’shilgan qiymati hajmining 1,0 % ga pasayishi kuzatildi (o’sish 2019-yilda - 26,5 %, 2018-yilda - 17,6 %).





5-rasm. 2020 yilda YaIMning iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha mutlaq o’sish sur’atlari (o’tgan yilga nisbatan % da)12

O’zbekiston tizimli islohotlarini boshqa mamlakatlardan ko’ra kechroq boshlagan bo’lsa-da, o’tish davri iqtisodiyotiga ega boshqa mamlakatlar tajribasidan muhim saboqlarni olishi mumkin, deb hisoblaydi Jahon banki mutaxassislari. Rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam beruvchi yirik xalqaro moliya tashkiloti yaqinda O’zbekiston iqtisodiyotiga bag’ishlangan yangi hisobotini taqdim etdi. Unda o’tgan 2018 yil va joriy 2019 yilning birinchi yarmida mamlakatda yuz bergan makroiqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy o’zgarishlar hamda yaqin 2 yil – 2021 yilgacha bo’lgan istiqbollar keng sharhlanadi.

O’zbekiston iqtisodiyotining o’sish sur'atlari sekin, ammo ijobiy bo’lib qolmoqda. Islohotlar ishlab chiqarishdagi cheklovchi omillarni (to’siqlarni) bartaraf etish va yuqori o’sish potensialiga ega tarmoqlarni liberallashtirishga yordam beradi. Meva-sabzavotchilik, turizm, oziq-ovqat sanoati, to’qimachilik va kimyo sanoati shunday tarmoqlar qatoriga kiradi. Biznesda soliq yukining sezilarli darajada kamaytirilishi zikr etilgan jarayonlarni yanada qo’llab-quvvatlaydi. 2019–2020 yillarda narx-navoning liberallashuvi va oylik ish haqi oshirilishi sababli inflatsiya yuqori darajada saqlanib qoladi. Biroq 2021 yilga borib u pasayishi kutilmoqda. Jahon banki prognozlariga ko’ra, tashqi savdo balansining salbiy saldosi yuqoriligicha qoladi. Sababi, O’zbekiston iqtisodiyoti kelgusi bir necha yilda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun ko’plab mashina va uskunalarni import qilishni davom ettiradi.

O’zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o’tishini ta’minlovchida yana bir muhim dasturlardan biri bu O’zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidir13.

Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo’nalishi – “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish” bo’yicha amalga oshirilishi belgilangan ishlar yoritilgan.

2017-yilda so’mning erkin ayirboshlanishi ta’minlanganligi, tashqi savdoni liberallashtirish va samarador bozor iqtisodiyotini yaratish maqsadida boj stavkalari ikki barobar pasaytirilishi natijasida iqtisodiy o’sishning ta’minlanishi ham aynan Harakatlar strategiyasi orqali amalga oshirildi.

Ma’lumki, o’tgan yilning o’zida Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, alohida tuman va shaharlarni rivojlantirish bo’yicha qirqdan ortiq dastur qabul qilindi, har bir tuman uchun 2077 ta yirik loyiha tasdiqlandi. Shuningdek, 11 ta iqtisodiy zona tashkil etildi va umumiy qiymati 419,5 mln. dollarlik 108 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

O’tgan yili qulay investitsion muhit va tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish hamda eksportni qo’llab-quvvatlash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi.

Birinchidan, hamkor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlardagi yondashuv o’zgartirildi. Oliy darajadagi tashriflar chog’ida Xitoy bilan 23 mlrd. dollar, Rossiya bilan 16 mlrd. dollar, Janubiy Koreya bilan 10 mlrd. dollar, Turkiya bilan 3,5 mlrd. dollar, Qozog’iston bilan 2,2 mlrd. dollar, Qirg’iziston bilan 455 mln. dollar miqdorida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish bo’yicha ikki tomonlama shartnomalar imzolandi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan to’laqonli munosabatlar tiklandi, bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka 190 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratdi. Turli yo’nalishlarda 20 dan ortiq loyiha ishlab chiqildi. Yevropa investitsiya banki, Fransiya rivojlanish agentligi bilan hamkorlik o’rnatildi. O’zbekiston yangi tuzilgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining teng huquqli a’zosiga aylandi.

Ikkinchidan, tashqi savdodagi barcha sun’iy to’siqlar olib tashlandi. Xususan, oldindan to’lovsiz va kafolat majburiyatisiz eksport qilish tartibi joriy etildi. Ortiqcha va eskirgan ruxsat beruvchi talablar bekor qilindi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qilish mexanizmlari soddalashtirildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2017-yilda 26 mlrd. 907 mln. AQSh dollarini, jumladan eksport 13 mlrd. 893 mln. 600 ming AQSh dollarini, import 13 mlrd. 13 mln. 400 ming AQSh dollarini tashkil etdi.

O’zbekistonda erkin bozor iqtisodoyotining tashkil etilishi yurtimizning iqtisodiy darajasini oshirishga va aholining turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodi- yotining eng muhim sifatlaridan biri xususiy mulkchilikning ustuvorligini ta’minlab, yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka katta e’tibor berilmoqda, bu esa o’z navbatida aholini ish bilan ta’minlash, ularning tadbirkorlik qobiliyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Bundan keyin ham yurtimizda bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirishmiz, dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida biz ham o’z mahsulotlarimizni jahon bozoriga chiqarishimiz lozim.

5. O’zbekistonni rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada rivojlantirish yo’nalishlari

Rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, agar maqsad iqtisodiyotni rivojlantirish bo’lsa, unda davlatni iqtisodiyot oldida bitta vazifasi bo’lish kerak: u ham bo’lsa ikki qo’lini iqtisodiyot tomog’idan olish. Qolganini erkin iqtisodiyot o’zi joy joyiga qo’yib oladi. Eng asosiysi, nima qilish emas, balki nima qilmaslik kerak degan savolga javob berish kerak. Erkin bozor iqtisodiyoti “ixtiyoriy hamkorlik” prinsipiga asoslanadi. Davlat tomonidan boshqariladigan iqtisodiyotda kim, nima, qachon va qancha iste’mol qilishligi rejalashtiriladi va bunday tizim nimaga olib kelishini (inqirozga) sobiq sovet siyosati ko’rsatdi.

Ko’p Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (sobiq sovet sotsialistik davlatlar) mamlakatlari iqtisodiyotlari asosan xomashyo resurslarini sotishga asoslangan. Biznes tizimi esa davlat siyosatidan kelib chiqqan holda oboriladi; misol uchun Rossiyada. Lekin dunyoning eng rivojlangan iqtisodiyotlari, eng yuqori turmush sifatiga ega bo’lgan Yaponiya, Singapur, Gongkong, Shveytsariya kabi mamlakatlarda umuman na neft, na oltin, na boshqa tabiiy boyliklari bor, lekin turmush darajasi AQShnikidan baland. Nega deb o’ylasiz? Javob oddiy: Rivojlangan davlatlarda davlat siyosatni/rejasini biznes holatidan kelib chiqqan holda tuzadi. Sabab – biznes ham davlatni, ham xalqni boqadi. Bu davlatlar sarmoyani o’z xalqining ilmini oshirishga sarf qilgan va innovatsion g’oyalarga asoslangan iqtisodiyotni qurishga ixtisoslashgan. Bir paytlar Singapur ham og’ir ahvolda bo’lgan. Lekin xalqini turmush darajasini ko’tarish uchun qo’l urgan Singapur davlat rahbari, pul topib, aholisining eng iqtidorli farzandlarini rivojlangan davlatlarga o’qishga yuboradi. O’qishni tugatib, tajriba olib kelgan yosh singapurlik mutaxassislar o’z mamlakati iqtisodiyotini ko’tarishadi. Bugungi kunda bu mamlakat iqtisodiyoti va davlat siyosati muvaffaqiyat modeli sifatida o’rganiladi.

Yuqoridagi tajribani bizning birinchi Prezidentimiz Islom Karimov va ikkinchi Prezidentimiz Mirziyoyev ishlarida kuzatishimiz mumkin. O’zbekiston iqtisodiyoti qiyin ahvolda bo’lishiga qaramay, birinchi prezident pul topib, 800 dan ortiq yoshlarimizni dunyoning eng rivojlangan davlatlariga o’qishga “umid” bilan yuboradi. Prezident Mirziyoyevning maktabgacha bo’lgan ta’lim vazirligini tashkil qilishi bu revolyutsion g’oya. 2018 yilni tadbirkorlik, innovatsion g’oyalarni amalga oshirish yili deb nomlashi esa ana shu yuqoridagi rivojlangan mamlakatlar qatori ilg’or texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotni qurishga qo’yilgan qadam – mustahkam poydevordir.

Faqat xomashyoni sotishga asoslangan iqtisodiyotni kelajagi yo’q. Misol uchun ko’p rivojlangan davlatlar va Xitoy 2040-yillargacha an’anaviy yoqilg’idan foydalanadigan avtomobillarni ishlab chiqarish va sotishni to’xtatish planida. Bu faqat avtomobilsozlik industriyasida bo’layotgan yangilik. Menimcha, O’zbekiston shunday modelni, yo’lni tanlashi kerakki, eng kamida 25 yildan keyingi iqtisodiyot ko’rinishini inobatga olib harakat qilish kerak. O’zbekistonda shunday imkoniyat borki, rivojlanish bosqichining bir nechta pog’onasidan sakrab o’tishi mumkin. Prezident Mirziyoyev aytganlaridek, buning uchun yangilik yaratishni keragi yo’q. Iqtisodiyotni ko’tarish uchun kerakli yangiliklar allaqachon yaratilib, sinalib, hayotga tatbiq etib bo’lingan. Biz shu ilg’or texnologiyalarni o’rganib, O’zbekiston tajribasida qo’llashimiz kerak.

O’zbekistonni rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o’tishi jarayonida quyidagi makroiqtisodiy xavflar kuzatilishi mumkin:

O’zbekistonning asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Xitoy va Qozog’istonda iqtisodiy o’sishning ancha zaifligi;

- tarkibiy va tizimli islohotlarni amalga oshirishning kechikishi;

- inflatsiyaning o’sishi.

Mamlakatning yetarli darajadagi valuta zaxiralariga egaligi va davlat tashqi qarzining nisbatan kamligi sabab iqtisodiyotning tashqi barqarorlik xavfi o’rtacha bo’ladi. Islohotlarning keyingi bosqichi davlat korxonalari va moliya sektori, qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish va qishloq xo’jaligidagi islohotlar kabi ancha murakkab muammolarni hal qilishga qaratilgan. Ushbu islohotlar iqtisodiy o’zgarishlar, iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlash va ish o’rinlarini yaratish uchun muhim ahamiyat ega. Shu bilan birga, ular puxta nazorat qilinishi kerak bo’lgan muhim iqtisodiy va ijtimoiy xavflarni ham qamrab oladi.

Asosiy e'tibor iqtisodiy o’sish va ish o’rinlari yaratishga qaratilishi kerak

Mehnat bozoridagi jiddiy muammolar. O’zbekiston iqtisodiyotida yiliga qariyb 280 mingga yaqin yangi ish o’rni yaratiladi. Demografik sabablarga ko’ra esa har yili deyarli 600 mingta ish o’rni tashkil etilishi kerak. Shu bois, iqtisodiyotda har yili yaratilayotgan ish o’rinlari mehnat bozoriga kirib kelayotgan yangi ishchilarni band qilish uchungina ikki baravar oshirilishi lozim. Aksariyat ish o’rinlari yangi korxonalarni tashkil etish hamda mavjud korxonalarni yanada kengaytirish hisobiga yaratilishi zarur. Hisobot mualliflari O’zbekiston mehnat bozorida quyidagi tarkibiy va tizimli kamchiliklar borligini ta'kidlaydi:



  • mehnatga bo’lgan rag’batning sustligi;

  • xodimlar malakasining yetarli emasligi;

  • korxonalarda xodimlarni texnik ko’nikmalarga o’qitish bo’yicha imkoniyatlarning yetishmasligi;

  • yoshlar o’rtasida ishsizlik darajasi yuqoriligi;

  • iqtisodiy faol bo’lmagan aholi ulushining ko’pligi;

  • uzoq davom etayotgan ishsizlik;

  • ish kuchining cheklangan safarbarligi.

Iqtisodiy o’sish – yangi ish o’rinlarini yaratish uchun asosiy omil. Yaxshi naf beradigan ish o’rinlari yaratilishi iqtisodiy rivojlanish va aholi turmush darajasini oshirishning muhim shartidir. Mehnat unumdorligi va bandlikning ortishi aholi jon boshiga YaIM singari muhim ko’rsatkichning o’sishiga xizmat qiluvchi ikkita asosiy omildir. Aholi jon boshiga daromadlari eng yuqori bo’lgan mamlakatlarda so’nggi ikki asr davomida mehnat unumdorligi keskin o’sib borayotganini ko’rish mumkin. Mehnat unumdorligining bunday o’sishi “samaraliroq” yoki yuqori maoshli ish o’rinlari yaratilishiga olib keldi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM aslida butun aholi mehnati samaradorligi (unumdorligi) ko’rsatkichidir. Yuqori va past daromad darajasiga ega mamlakatlarda aholi jon boshiga YaIMdagi farqlar mamlakatlar o’rtasidagi mehnat unumdorligi darajalaridagi farqlarni ifodalaydi.

Mehnat unumdorligi ortishi YaIM o’sishining asosiy omili bo’ldi. O’zbekistonda 1996 yildan 2016 yilgacha bo’lgan muddatda aholi jon boshiga YaIMning kumulyativ o’sishi 165 foiz deb qayd etilgan.

Ushbu davrda bir xodimga nisbatan mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmi, taxminan, 150 foiz oshdi. Ushbu davrda aholi jon boshiga YaIMning o’sishi, asosan, mehnat unumdorligi o’sishi va demografik o’zgarishlar tufayli yuz berdi. Ammo ushbu davrda iqtisodiy faol aholiga nisbatan bandlik darajasi, shuningdek, mehnatga layoqatli aholiga nisbatan iqtisodiy faol aholi darajasi pasaydi. O’zbekistonda mehnat unumdorligi o’sishi tarmoqlar o’rtasidagi resurslar almashinuvi hisobiga emas, asosan, tarmoqlar ichida yuz berdi.

Ish o’rinlarini yaratish sur'ati iqtisodiy faol aholining o’sishidan orqada qolmoqda. 1996 yildan 2016 yilgacha qo’llangan «o’zbek modeli» tez o’sib borayotgan iqtisodiy faol aholi uchun yetarli bo’lgan ish o’rinlari yaratib bera olmadi. Ayniqsa, sanoatning ishlab chiqarish tarmoqlarida yangi ish o’rinlarini yaratish jiddiy muammolardan biri edi. Oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat va boshqa tarmoqlar shular jumlasidandir. Umumiy bandlikning atigi 13 foizi qazib olish va ishlab chiqarish sanoati ulushiga to’g’ri keladi. 2016 yilda bu ko’rsatkich, boshqa mamlakatlar bilan taqqoslaganda, ancha past edi: Turkmanistonda 45 foiz, Belarusda 32 foiz, Ukrainada 25 foiz, Qirg’izistonda 22 foiz va Qozog’istonda 21 foizni tashkil etgan.

Bandlik va mehnat unumdorligining bir paytda o’sishi mukammal uyg’unlikdir. O’zbekistonning qurilish, kimyo va neft-kimyo sanoati, ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish, transport, aloqa va boshqa ko’plab tarmoqlarida bir paytning o’zida bandlik va mehnat unumdorligi o’sishi kuzatildi. Biroq energetika, yoqilg’i va metallurgiya sanoatida yangi ish o’rinlari tashkil etilgan bo’lsa-da, mehnat unumdorligi pasaydi. Qishloq xo’jaligi, mashinasozlik, sanoat qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati kabi boshqa tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshdi, ammo ish o’rinlari qisqardi.

Jismoniy infratuzilmadagi kamchiliklar yo’qotishlarga olib kelmoqda. Jismoniy infratuzilma faoliyatidagi uzilishlar har yili ishlab chiqarishda katta yo’qotishlarga olib kelmoqda. Katta korxonalar bilan taqqoslaganda, kichikroq firmalar elektr energiyasi, gaz va suv ta'minotidagi uzilishlardan, yer maydonlarining yetishmasligidan yoki ishlab chiqarishni kengaytirish yo’lidagi yuqori ijara stavkalaridan ko’proq zarar ko’rmoqda. 2016 yilda jismoniy infratuzilma faoliyatidagi barcha uzilishlardan hosil bo’lgan umumiy yo’qotishlar yirik korxonalarda ishlab chiqarish hajmining 24 foizini, mayda korxonalarda esa 38 foizini tashkil etgan. Hokimiyat idoralari infratuzilma xizmatlari faoliyatini yaxshilash orqali korxonalarda mehnat unumdorligini va bandlik darajasini oshirishi mumkin.

Firmalarning vaqt va resurslardan samarasiz foydalanishi unumdorlikni oshirishiga to’sqinlik qilmoqda. Korxona rahbarlarining vaqti va moliyaviy resurslari ko’pincha ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan faoliyatga chalg’itadi. Yirik korxonalar rahbarlarining qariyb 31 foiz, kichik korxona rahbarlarining esa 26 foiz vaqti besamar byurokratik kelishuvlarga isrof bo’ladi. Markaziy va mahalliy hokimiyat idoralari, vazirlik va muassasalar, tarmoq uyushmalari bilan soliqlar, bojxona tartiblari, tekshiruvlar, sanitariya va ekologiya masalalari yuzasidan va boshqa kelishuvlar shular jumlasidandir. Oqibatda ishlab chiqarish unumdorligi, samaradorlik, malaka oshirish, texnologiyalarni joriy etish va ushbu korxonalar rentabelligini oshirishga vaqt kam qoladi.

Bank hisobotida 2016 yilda korxonalarda o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra quyidagi ma'lumotlar olindi:



  • yirik korxonalarning 32 foiz va kichik korxonalarning 30 foiz xodimlari qishloq xo’jaligi ishlari yoki boshqa turdagi jamoatchilik ishlariga jalb etilgan;

  • yirik korxonalarning qariyb 23 foizi va kichik korxonalarning esa 11 foizi mahalliy hokimiyat idoralari ulardan “qo’shimcha xarajatlar” uchun beg’araz yordam puli ajratishni so’raganini ma'lum qilgan;

  • yirik korxonalarning qariyb 13 foizi, kichik korxonalarning esa 7 foizi turli masalalar bo’yicha hokimiyat idoralari birga norasmiy to’lovlarni amalga oshirgan;

  • yirik korxonalarda ishlab chiqariladigan jami mahsulot hajmining yarmidan ko’pini erkin bozor sharoitida korxonalarning o’zi emas, markaziy tarmoq vazirliklari yoki uyushmalari taqsimlagan.

Biznes yuritish shartlarini soddalashtirish va bozor munosabatlarini rivojlantirish xususiy sektorni rivojlantirishga yordam beradi. Bozorga kirish va undan chiqish yo’lidagi to’siqlarning bartaraf etilishi, biznes yuritish qoidalarining soddalashtirilishi, davlatning narx belgilashni bosqichma-bosqich bekor qilishi, xususiy mulkka egalik huquqining mustahkamlanishi hamda davlat korxonalari sektoridagi ish samarasizligini yengib o’tish bundan keyin ham umumiy samaradorlikni (unumdorlikni) oshirishga xizmat qiladi. Agar korxonalar moliyaviy bozorlarga, xomashyo va boshqa manbalarga kirish imkoniyatiga ega bo’lsa, raqobatning kuchayishi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etishni rag’batlantirishi mumkin. O’zbekistonda biznesni ro’yxatdan o’tkazish nisbatan murakkab emas. (2019 yilda “Biznes yuritish” – “Doing Business” hisobotida O’zbekiston biznes ochishning osonligi bo’yicha dunyoda 12 o’rinni egalladi). Biroq norasmiy cheklovlar, davlat idoralarining samarasiz faoliyati, shaffof bo’lmagan qonun-qoidalar va mulkka egalik qilish bo’yicha huquqning tegishli darajada himoya qilinmasligi katta to’siqlardan bo’lib qolmoqda. Bunday cheklovlar O’zbekistonning to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini ro’yobga chiqarishga va texnologiyalarni rivojlantirishga to’sqinlik qilmoqda.

Islohotlar iqtisodiy o’sish va yangi ish o’rinlari yaratish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. 2017 yildan buyon O’zbekiston hukumati iqtisodiyotini liberallashtirish bo’yicha olib borayotgan islohotlar biznes yuritish yo’lidagi xorijiy valuta konvertatsiyasi yetishmasligi, yuqori import bojlari va soliq stavkalari kabi cheklovlarni bartaraf etmoqda. O’zbekiston hukumatiga davlatning iqtisodiyotdagi rolini maqbullashtirishni davom ettirishni va xususiy sektorni rivojlantirish maqsadida qolgan to’siqlarni bartaraf etish lozim. Ushbu cheklovlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:



  • investitsiya muhitini yaxshilash;

  • soliq ma'muriyatchiligidagi islohotlarni to’liq amalga oshirish;

  • davlat budjeti operatsiyalarining, ayniqsa, davlat korxonalariga beriladigan samarasiz yashirin subsidiyalarga nisbatan shaffofligini ta'minlash;

  • yerdan foydalanish bo’yicha huquq hamda sanoat, xizmat ko’rsatish va qishloq xo’jaligida mulkka egalik qilish huquqini isloh qilish;

  • davlat monopolistik korxonalarini tarkibiy jihatdan (tizimli) qayta qurish, korporativ boshqaruv va moliyaviy hisobotga qo’yiladigan talablarni kuchaytirish;

  • davlatning eksportga yo’naltirilganlikni qo’llab-quvvatlashi (jumladan, ISO standarti bo’yicha sertifikatlash, ekspert xatarlarini kamaytirish, diversifikatsiyalash, Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo’lish). O’rta muddatli istiqbolda infratuzilmani (xususan, energetika, transport va logistika) modernizatsiya qilish hamda oliy ta'lim sifatini yaxshilash mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga yordam beradi.

Shu bilan birga, ochiq iqtisodiyot, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini ko’paytirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, malakali kadrlarni tayyorlash kabi bir qator masalalar muhim ahamiyatga ega.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 3 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida“gi qarori mamlakat iqtisodiyotida yana bir muhim qadam bo’lib, raqamli iqtisodiyot ravnaqida innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining yaqin hamkorligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Tahlillarga ko’ra, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o’stirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi.

Xulosa

Bozor iqtisodiyoti tizimini bosqichma-bosqich shakllantirish bu murakkab jarayon bo’lib u bir vaqtning o’zida bo’ladigan tadbir sifatida amalga oshirilishi mumkin emas, balki bir qancha bosqichlarni o’z ichiga oluvchi uzoq davrni talab etadi.

O’zbekiston tizimli islohotlarini boshqa mamlakatlardan ko’ra kechroq boshlagan bo’lsada, o’tish davri iqtisodiyotiga ega boshqa mamlakatlar tajribasidan muhim saboqlarni olishi mumkin.

Bozor munosabatlarining butun mexanizmni davlat tomonidan ko’rsatiladigan va qonun bilan mustahkamlanadigan bozor shart-sharoitlari doirasidagina amalga oshiriladi.

Islohotlar birinchi bosqchining g’oyat muhim vazifasini amalga oshirish, ya'ni davlat mulki yakkahokimligini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga Respublikada ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish lozim.

Erkin bozor tamoyillarini o’rnatishda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini isloh qilish va rivojlantirish zarur. Buning natijasida esa sog’lom raqobat muhitini yaratish maqsadga muvofiq. Bunda mulkiy, agrar, narx, moliya-kredit, tashqi iqtisodiy faoliyat va nihoyat ijtimoiy yo’nalishlarda islohotlarni amalga oshirish bozor munosabatlariga o’tishda keng qulaylik yaratadi.

Bugungi kunda mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o’tishida yuzaga kelgan yoki kelishi kelayotgan muammolarni tizimli bartaraf etish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish maqsadaga muvofiq deb hisoblaymiz:


  • investitsiya muhitini yaxshilash;

  • soliq ma'muriyatchiligidagi islohotlarni to’liq amalga oshirish;

  • davlat budjeti operatsiyalarining, ayniqsa, davlat korxonalariga beriladigan samarasiz yashirin subsidiyalarga nisbatan shaffofligini ta'minlash;

  • yerdan foydalanish bo’yicha huquq hamda sanoat, xizmat ko’rsatish va qishloq xo’jaligida mulkka egalik qilish huquqini isloh qilish;

  • davlat monopolistik korxonalarini tarkibiy jihatdan (tizimli) qayta qurish, korporativ boshqaruv va moliyaviy hisobotga qo’yiladigan talablarni kuchaytirish;

  • davlatning eksportga yo’naltirilganlikni qo’llab-quvvatlashi (jumladan, ISO standarti bo’yicha sertifikatlash, ekspert xatarlarini kamaytirish, diversifikatsiyalash, Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo’lish).

  • O’rta muddatli istiqbolda infratuzilmani (xususan, energetika, transport va logistika) modernizatsiya qilish hamda oliy ta'lim sifatini yaxshilash mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonlarini mustahkamlashga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O’zbekiston, 2017 y.

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral.

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-38382-soli Qarori. 2018 yil 3 iyul.

4. Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. 2018 yil 7 dekabr.

5. Islom Karimov ‘‘Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir’’ Toshkent ‘‘O’zbekiston’’ 2015. 126-bet.

6. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. 04.02.2014. Toshkent, 51 bet.

7. Bekmuradov A.Sh. va boshqalar. O’zbekiston iqtisodiyotni liberallashtirish yo’llarida. 1-qism. Makroiqtisodiy siyosat va iqtisodiy islohotlar. – T.: TDIU, 2005.

8. Ekonomicheskaya teoriya (politekonomiya): Uchebnik/ Pod obщ. red. akad. V.I.Vidyapina, akad. G.P.Juravlevoy. - 4-e izd. - M.: INFRA-M, 2004, s.78-79.

9. Shodmonov Sh.Sh., G’ofurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik; O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2010.

10. Tojiboeva D. Iqtisodiyot nazariyasi: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun o’quv qo’llanma. Akad. M.Sharifxo’jaevning ilmiy tahriri ostida. - T.: «O’qituvchi». 2002. 61-63 b.

11. Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari: O’quv qo’llanma. A.E.Ishmuxamedov va boshq.-T.: TDIU, 2004.-160 c. 1 ekz.

12. Gordienko D.V. Osnovы ekonomicheskoy bezopastnosti gosudarstva. Kurs leksiy: ucheb. – metod. posobie. – M: Finansы i statistika. INFRA – M., 2009. s 17.

13. O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Press-relizlar, Toshkent, 2019

14. www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi rasmiy veb-sayti;

15. www.mineconomy.uz - O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Taraqqiyot va Kambag’allikni Qisqartirish Vazirligi rasmiy veb-sayti

16. www.lex.uz - O’zbekiston Respublikasi Milliy qonunchilik tizimining veb-sayti.

17. www.kun.uz – yangiliklar veb-sayti.

18. www.ziyonet.uz - axborot ta’lim tarmog’i.

19. www.wikipedia.org - global internet tarmog’i ensiklopediyasi.



1


2


3


4


5


6


7


8


9


10


11


12


13



Download 214,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish