Iqtisodiyot” kafedrasi


Bozor iqtisodiyoti va sifatni boshqarish



Download 460,42 Kb.
bet15/17
Sana22.06.2022
Hajmi460,42 Kb.
#690701
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti sharoitida maxsulotlarga narx belgilash mexanizmi va narx siyosatini boshqarish

Bozor iqtisodiyoti va sifatni boshqarish
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va bugungi kunda amalda o‘zining yuksak samaralarini berayotgan Inqirozga qarshi choralar dasturida korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilgan.
Bunda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, xalqaro sifat standartlariga o‘tish bo‘yicha qabul qilingan tarmoq dasturlarini amalga oshirishni tezlashtirish muhim ahamiyatga ega. O‘z navbatida, bu korxonalarning ham tashqi, ham ichki bozorda barqaror mavqega ega bo‘lishini ta’minlash imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 19 iyunda qabul qilingan “Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ayni shu maqsadga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasida korxonalarda sifatni boshqarish tizimini joriy etishda boshqaruv organlarining o‘rniga bag‘ishlangan amaliy seminarda shular haqida gap bordi.
Mazkur qo‘mita raisining o‘rinbosari A.Doliyev mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirishda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Zero, har qanday korxonaning raqobatbardoshligi, birinchi navbatda, uning mahsuloti sifatiga qarab belgilanadi. Sifat boshqaruvi tizimida amalga oshiriladigan yangi bozor mexanizmi sifatli mahsulot yetkazilishini ta’minlaydi va o‘zaro shartnomalarning to‘liq bajarilishida iste’molchilar ishonchini yanada oshiradi.
Nomi qayd etilgan qaror asosida mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish, ularning eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish va ularni o‘z vaqtida sertifikatlashtirish, ishlab chiqaruvchi korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini o‘z vaqtida ishlab chiqish, joriy etish va sertifikatlash bilan bog‘liq jarayonlarning tizimli monitoringi olib borilmoqda.
Mazkur qarorga ko‘ra, 2011 yil 1 yanvargacha 277 korxona, tashkilot, xo‘jalik subyektida xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifat boshqaruvi tizimi joriy etilishi, 952 korxonada ushbu tizimni tatbiq etish imkoniyatlari o‘rganilishi ko‘zda tutilgan.
Seminarda korxonalarda sifat boshqaruvi tizimini joriy etishda xo‘jalik subyektlari boshqaruv organlari vazifalarini tartibga solish, korporativ boshqaruv, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, shuningdek, sifatni boshqarish tizimini joriy etishda konsalting firmalarini tanlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Ayni vaqtda shuni anglash kerakki, barcha ta’kidlangan imkoniyatlarga birdaniga erishilmaydi, yetarli bir qancha vaqtda, balki bir necha yildan so’ng, qachonki, tashkilot o’zining ishlarini tashkillashtirishni haqiqatdan ham o’zlashtirgandagina erishiladi. Lekin birinchi vaqtda joriy qilingandan so’ng quyidagi ijobiy o’zgarishlar, ya’ni qator korxonalardan so’rovlarda aniqlangan:
 firma obro’sini o’shishi;
 bo’linmalararo o’zaro faoliyatni yaxshilanishi;
 reklama uchun tizimga sertifikat qo’llanilishi;
 mijozlar aloqasini kengayishi;
 mahsulot raqobatbardoshligini oshishi;
 nuqsonlar miqdorini kamaytirish;
 ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;
 eksport imkoniyatini ta’minlash;
 xodimlarni samarali tanlash.
Sifat menejmenti tizimining eng asosiy ahamiyatli omillaridan biri uni aniqlangan sertifikatlashtirish sxemalari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishni tasdiqlash uchun qo’llash bo’lib hisoblanadi.
Xavfsizlikga talab va sifatga ixtiyoriy bo’lmagan emas, balki, ishlab chiqarishni yuqori tashkillashtirish bilan erishish. Tashkilotda foydalanilayotgan sifatni boshqarish jarayonlari tizimi mavjudligi, tashkilot tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshli bo’lishi va noishlab chiqarish yo’qotishlarni bartaraf qilishda foydalaniladi. Bu bozor sharoitida tashkilotda keragidan ham ko’p ishchilar ishlashi va qachonki foyda ishlar, xizmatlar va mahsulotlarni talab qilingan xavfsiz va sifatli bo’lishini ta’minlash o’rni bilan tashkilotni boshqaruvchi rahbariyat qarashlariga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’ladi.
Bundan tashqari, biror bir tashkilot O’z DSt ISO 9001 talablariga muvofiq menejment tizimi tasdiqlanmasdan, xalqaro tenderlarda qatnashishga qabul qilinishi mumkin emas. Buyurtmachi tashkilotdan xavfsizlik bo’yicha maxsus talablar va umumiy, hamda shartnomada ko’rsatilgan, sifat bo’yicha buyurtmachining qo’shimcha talablari bajarilishi barqarorligini ta’minlash kafolatini talab qiladi. O’zbekiston Butun jahon savdo tashkiloti (BJST) (Vsemirnqy targovqy organizatsii - VTO)ga kirishi xorijiy hamkorlar uchun bizning bozorni kengroq ochish, xalqaro qoidalarni qabul qilish zaruriyatini hosil qiladi. Haqqoniy va samarasiz amaldagi tizimlariga tizim sertifikatining mavjudligi tashkilotni qutqarmaydi, u noishlab chiqarish yo’qotishlari singari kirib keladi. Mahsulot sifatining barqarorligini ta’minlash imkoniyati bo’lmasa, u ziyon yetkazishga olib keladi.
Tashkilot rahbarlari, xorijiy kompaniyalar bilan bir darajada muvaffaqiyatli ishlashni hoxlashsa, tashkilotda amalga oshirilayotgan, barcha jarayonlar sifatini boshqarishni o’zlashtirishi lozim. Agar jarayonlarni bajarish qoidalari va tashkiliy tartiblari rasmiy tavsiflanmagan (yozilmagan) va jarayonni amalga oshirishda sifat uchun javobgar shaxs yo’q bo’lsa boshqarish bo’lishi mumkin emas. Yuqori rahbariyat boshqarish yoki ushbu jarayonlar doirasida kerakli qarorlarni qabul qiluvchi javobgar shaxsga vakolatlar berishi lozim. Faqat bunday boshqarish tizimi O’zbekistonni xalqaro iqtisodiyotga kirish istiqbolini amalga oshirishda samarali bo’lib hisoblanadi.
Tashkilot muvofiqlikni deklaratsiyalash uchun hujjatlarni shakllantirish vaqtida, mahsulot ishlab chiqarishga majburiy talablarni bajarilishini barqarorligini ta’minlash kafolatini, tashkilotda menejment tizimi mavjudligini tasdiqlovchi, isbotlovchi texnikaviy hujjatlari sifatida keltirishni so’rash huquqiga ega.
Amaliyotda mahsulotning texnik tavsifida va konstruktorlik hujjatlarida ko’rsatilgan sifat ko’rsatkichlari shakllantirilar ekan, ularning har doim ham sifat ko’rsatkichlari bo’yicha aniq mos kelmasliklarini ko’rish mumkin. Baxo tannarx Q1 Q2 Q3 Q4 Puldagi ifodasi Ishlab chiqarilgan mahsulot sifat ko’rsatkichlarining konstruktorlik hujjatlarida keltirilgan sifat normalariga mos kelishi darajasi texnik jihatdan sifatga mos kelishi darajasi deyiladi. Odatda, ishlab chiqarishdagi sarf-harajatlarning umumiy miqdori asosiy ishlab chiqarish sarf-harajatlari hamda nazoratga va yaroqsiz, defekt mahsulotlarni ishlab chiqarishga ketgan harajatlardan iborat bo’ladi. Nazorat qanchalik aniq, asosli o’tkazilsa, defekt mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga yo’qotishlar shunchalik qisqaradi, nazorat sarf-harajatlari ortadi. Nazorat sarf-harajatlarini oshirmagan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning texnik shartlarga mos kelishi darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Bozor iqtisodiyoti munosabatlari mamlakatimiz uchun yangilik emas. Uzoq yillar davomida qadimdan ajdodlarimiz jahon hamjamiyatining bir bo`lagi va tarkibiy qismi sifatida bozor iqtisodiyoti sharoitida yashab kelganlar. Tarixiy yozma manbalarning bergan ma'lumotlariga qaraganda o`rta Osiyo xalqlari bundan ming yillar ilgari ham dunyoning deyarli barcha mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalar o`rnatganlar. Bu borada «Buyuk ipakyo'li» yorqin dalil bo`la oladi. Miloddan avval XI asrdan to milodning XVI asriga qadar Sharq va G`arb mamlakatlari o`rtasida savdo iqtisodiy va madaniyat sohalarida ko`prik rolini o`ynab kelgan «Buyuk ipak yo'li» orqali amalga oshirilgan. 12 ming chaqiri mni tashkil etgan bu yo'1 o`rta Osiyoning deyarli barcha yirik shaharlarini ke sib o`tgan. «Buyuk ipak yo'li» orqali ajdodlarimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Rossiya, Rum, Yunoniston va boshqa mamlakatlar bilan bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari va talablari asosida savdo-sotiq qilganlar. o`rta Osiyo hududlari Rossiya tpmonidan bosib olingach, xususan Sho`rolar hukmronligi yillarida bu tarixiy an'ana barham topdi. Jahon mamlakatlarining, shu jumladan, o`lkamiz xalqlarining tarixiy tajribalari shundan dalolat beradiki, iqtisodiyot har doim faqat uning o`ziga xos bo`lgan qonuniyatlar bilan rivojlanadi. Bu qonunlar inson irodasidan tashqarida harakatda bo`lib, odamlar izmiga bo`ysunmaydi, ularning buyruq va topshiriqlarini bajarmaydi. Shu bois, bozor iqtisodiyoti qonunlarini nazar-pisand qilmaslik yoki uni buzish og`ir iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Buni sobiq SSSR deb atalmish saltanatda o`rnatilgan ijtimoiy-iqtisodiy tuzum buni isbotladi.
Narx o’zida faqat naflilik yoki ijtimoiy mеhnat sarflarining birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda puldagi ko’rinishini ifoda etadi. Dеmak, narx – rеal bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. Narxning darajasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari bo’lib qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati, pulning qadr-qimmati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini bеlgilovchi asos bo’lib xizmat qiladi.
Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: muvozanatlikni ta’minlash vazifasi; qiymat va naflilikni hisobga olish vazifasi; tartibga solish vazifasi; raqobat vositasi vazifasi; ijtimoiy himoya vazifasi. Narxning juda ko’p turlari mavjud bo’lsada, ularning barchasi bir-biri bilan o’zaro bog’langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy rеsurslarning ishlatilish samarasi o’z ifodasini topadi.
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko’p jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi. O’zbеkistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o’ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sеkinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo’li tanlab olindi. Rеspublikada narxlarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi.



Download 460,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish