Bilish jarayonlari va kasbiy rivojlanish haqida umumiy tushuncha.
Bizni o‘rab turgan voqelikdagi narsalar va hodisalarning sirasrorlarini, o‘z-o‘zimizni anglab yetishimizni bilish jarayonlari ta’minlab beradi, ong tuzilmasi yaxlit bir butunlikni tashkil etsada, alohida jarayonlardan iborat bo‘ladi. Bilish jarayonlari bir-biriga uzviy bog‘liq holda aks etadi, ularni bir-biridan ajratgan holda tasavvur qilishning o‘zi qiyin. Masalan, ko‘rib idrok qilib turgan narsangiz haqida fikr yuritmasangiz uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan tinglagan ma’lumotni eslab qolasiz, muammoli vaziyatni hal etishda, diqqat, idrok va xotira obrazlari, mantiqiy tafakkur hamda irodaviy harakatlar zarur bo‘ladi. Hatto, tasodifan qo‘limizga sanchilib ketgan zirapchaga nisbatan javob reaksiyasi ham og‘riq sezgilari va emotsiyalardan tashqari, zirapchaning bu yerda qanday paydo bo‘lganligini aniqlashga qaratilgan “nima uchun?”, “qanday?” kabi savollarga javob qaytarish uchun aqliy jarayonlarini keltirib chiqaradi. Murakkab axborot-kommunikatsiya tizimi, yangi kompyuter texnologiyalari rivojlanib borayotgan hozirgi davrda odamning bilish jarayonlari, psixik holatlari va alohida psixologik xususiyatlariga qiziqish yanada ortib bormoqda. Diqqat to‘g‘risida umumiy tushuncha Odamga bir vaqtning o‘zida bir qancha qo‘zg‘atuvchilar ta’sir etib turadi, lekin odamga ta’sir etayotgan bu narsa va hodisalarning 89 hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi hamda barchasi ongimizga qadar yetib bormaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira tarzda aks etadi yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta’sir etayotgan narsalar va hodisalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga bog‘liqdir, diqqatimiz yo‘naltirilgan narsalar va hodisalar aniq va to‘la aks ettiriladi. Diqqat tushunchasiga izoh berishda, olimlar tomonidan bir qator fikrlar bildirib o‘tilganligini ta’kidlash mumkin. P.I.Ivanov “Diqqat - ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir obyektga faol tarzda qaratilishidir”, - degan fikrni bildiradi. F.N.Dobrinin, N.V.Kuzmina, M.V.Gamezo, N.F.Gonobolinlarning fikriga ko‘ra, diqqatning vujudga kelishi, ongning bir nuqtaga to‘planishi va ong doirasining torayishini ko‘rsatadi. E.B.Pirogovning ta’kidlashicha, diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan darajada ongning yo‘naltirilganligi hisoblanadi. Odam ruhiy faoliyatining yo‘nalganligi va tanlovchanlik tabiati, diqqatning mohiyatini tashkil etadi. Diqqat bilish jarayonlaridan farq qilgan holda alohida mazmunga ega emas, u xuddi ruhiy jarayonlarning ichida va ulardan ajralmagan holatda namoyon bo‘ladi, bilish jarayonlarining kechish dinamikasini ifodalab beradi. Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Agar diqqat, bilish jarayonlarining aks ettirish jarayonida ishtirok etayotgan bo‘lsa, uni jarayon sifatida e’tirof etamiz. Faoliyatni egallash, uni amalga oshirishdagi diqqatni esa, faoliyat deb baholaymiz. Diqqat shunday muhim xususiyatki, u odamning turli-tuman faoliyatlarida albatta ishtirok etadi. Eng sodda faoliyat turlaridagi sa’y-harakatlardan tortib, eng murakkab hisoblangan aqliy faoliyatni ham diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Diqqatning inson hayotidagi o‘rni benihoya kattadir. 90 Diqqatning nerv-fiziologik asoslari Odamga har bir daqiqada ta’sir qilib turadigan qo‘zg‘atuvchilar turlicha reflekslarga sabab bo‘ladi, chunki har qanday refleks organizmning tashqi ta’sirotga beradigan javob reaksiyasidir. Rus fiziologi I.M.Sechenovning qarashlariga ko‘ra, diqqat reflektor tabiatga ega. Ushbu g‘oyani rivojlantirgan I.P.Pavlov quyidagi fikrni ilgari suradi: diqqat, maxsus oriyentirovka refleksi natijasida yuzaga keladigan optimal(maqbul) qo‘zg‘alish o‘chog‘i bilan uzviy aloqadordir. Diqqatning nerv-fiziologik asosida oriyentirovka yoki tekshirish deb ataladigan maxsus refleks yotadi, ushbu refleksni akademik I.P.Pavlov maxsus ibora bilan «bu nima?» refleksi deb ham ataydi. Ana shu refleks, odatda organizmga to‘satdan biron bir yangi narsaning ta’siri yoki haddan tashqari kuchli ta’sirot orqali hosil bo‘ladi. Oriyentirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining po‘stida kuchli qo‘zg‘alish jarayonidan iborat bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda har bir daqiqada organizmga turli narsalarning ta’siridan hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishlarga nisbatan oriyentirovka yoki tekshirish refleksi ayni chog‘da nisbatan kuchli (ya’ni optimal) qo‘zg‘alish manbaini yuzaga keltiradi. Bosh miya yarim sharlarining po‘stida paydo bo‘ladigan kuchli qo‘zg‘alish manbai nisbatan uzoqroq saqlanib turadigan mustahkam qo‘zg‘alish bo‘ladi. Ana shu nuqtayi nazardan akademik I.P.Pavlov “diqqatning fiziologik asosini bosh miya po‘sti qismidagi optimal qo‘zg‘alish manbai tashkil qiladi”, deb ta’kidlagan. Biz ushbu fikrning tasdig‘ini akademik I.P.Pavlovning quyidagi so‘zlaridan bilib olishimiz mumkin. «Miya yarim sharlarining optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan qismida –deydi I.P.Pavlov, – yangi shartli reflekslar osonlik bilan hosil bo‘ladi va differensiallashuvlar muvaffaqiyatli ravishda amalga oshadi. Shunday qilib, optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan joyni, ayni chog‘dagi bosh miya yarim sharlarining ijodiy faoliyatga layoqatli qismi desa bo‘ladi». I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induksiya qonuni, diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun katta ahamiyatga egadir. Induksiya qonuniga muvofiq, bosh 91 miya po‘stining bir joyida maydonga kelgan qo‘zg‘alish jarayonlari bosh miya po‘stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Bosh miya po‘stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya po‘stining boshqa joylarida kuchli qo‘zg‘alish jarayonlarini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ayni shu paytda har bir soniyada miya po‘stida qo‘zg‘alish jarayoni uchun optimal, ya’ni nihoyatda qulaylik bilan harakatlanuvchi biror bir kuchli qo‘zg‘alish manbai mavjud bo‘ladi. Diqqatning fiziologik mexanizmlarini tushuntirib berishda A.N.Uxtomskiyning qo‘shgan hissasi ham salmoqli bo‘ldi. A.N.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham, diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qo‘zg‘alishning har doim ustun turadigan hukmron o‘chog‘i mavjud bo‘ladi, bu hukmron qo‘zg‘alish o‘chog‘i aynan shu damda miyaga ta’sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo‘zg‘alishlarni qandaydir ravishda o‘ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo‘zg‘alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo‘zg‘alishning hukmron bo‘lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.
Sezgi turlari va ularning tasnifi Bizni o‘rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ko‘plab belgi va xususiyatlari mavjud. Narsalar o‘zining rangi, ta’mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, tekis yoki notekisligi, harorati kabi xossalari bilan farqlanib turadi, narsa va hodisalarning turli xil belgi va xususiyatlarini biz o‘z sezgi a’zolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz. Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari, bizning sezgi a’zolarimizga doimiy ravishda ta’sir etib turadi, natijada bizda turli-tuman sezgilar hosil bo‘ladi. Yorug‘lik nurlarining ko‘zimizga ta’sir qilishi natijasida ko‘rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to‘lqinlarining qulog‘imizga ta’sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan birga burun bo‘shlig‘iga kirgan har turli modda va zarrachalarining ta’siri natijasida hid bilish, biror narsani qo‘limiz yoki badanimizga tegib ta’sir etishi natijasida teri-taktil sezgilar har doim hosil bo‘ladi. 96 Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida, ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishi sezgi deb ataladi. Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixik jarayon hisoblanib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo‘zg‘atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etishi orqali, ularning ayrim belgi va xususiyatlarni va organizmning ichki holatini aks ettiradi. Ma’lumki, insonda sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o‘tadi. Sezgi oddiy psixik jarayon bo‘lsa ham, uning yuzaga kelishi o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi, buning uchun dastlabki davrda: – sezgi a’zolariga ta’sir etadigan narsa va hodisaning bo‘lishi; – sezuvchi apparat, ya’ni analizatorning mavjud bo‘lishi talab etiladi. Masalan, havo haroratining issiq yoki sovuqligi, jismning qattiq yoki yumshoqligi va boshqalarni sezamiz. Sezgi va idrok o‘zaro yaqin, bir-biriga bog‘liq jarayonlardir, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin uni sezish lozim, shu boisdan sezgilar moddiy olamning sezgi a’zolarimizga ta’siri natijasidir. Sezgilar, har bir soniyada axborotlar oqimini qabul qiladi va qayta ishlab miyaga yetkazib beradi, shu sababli odam tevarakatrofdagi tashqi olamni va o‘z ichki holatini adekvat (o‘zaro mos) tarzda aks ettira oladi. Sezgi a’zolari tashqi olamdagi narsa va hodisalarni inson ongiga yetkazib beradigan asosiy yo‘llardan biridir
Do'stlaringiz bilan baham: |