Iqtisodiyot kafedrasi statistika fanidan



Download 3,65 Mb.
bet61/238
Sana16.01.2022
Hajmi3,65 Mb.
#373048
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   238
Bog'liq
UMK Statistika 2020

KI.F.A. = TI.F.A. / S va KM.R.F. = TI.F.A. / TM.R.
Bu yerda: TI.F.A. - iqtisodiy faol aholi soni;

S - umumiy aholi soni;

TM.R. - mehnat resurslari soni.

Birinchi koeffitsiyent butun aholining iqtisodiy faollik darajasini, ikkinchisi esa mehnat ahli (resurslari) ning iqtisodiy faollik darajasini ta’riflaydi. 1.4-jadvalda iqtisodiy faol aholi soni 9194,3 ming kishi, doimiy aholining umumiy soni 21454,3 ming kishidan iborat. Demak, barcha aholining iqtisodiy faollik darajasi 42,9 % ((9194,3/21454,3)×100), mehnat ahlining iqtisodiy faollik darajasi esa 86,2 % ((9194,3/10663,3)×100) tashkil etadi. Iqtisodiy faol aholi iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlarida bandlar va ishsizlarni o‘z ichiga oladi.

Iqtisodiyotda bandlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

-pulli yoki natural shaklda haq to‘lash sharti bilan yollanma ishga qabul qilinib korxona xodimlari ro‘yxatiga kiritilgan yoki kiritilmagan ishchi va xizmatchilar;

-yollanma xodimlarni jalb qilib yoki jalb qilmasdan mustaqil yoki sherigi bilan daromad keltiruvchi ishlarni bajarayotganlar, o‘z faoliyati uchun daromad olish muddati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar;

-kasalligi yoki mayibligi sababli yillik ta’tilda bo‘lishi, ish haqi saqlanib yoki saqlanmasdan qo‘shimcha ta’til olishi, ma’muriyat tashabbusi bilan ta’tilda bo‘lishi, ish tashlash va h.k. sabablar bilan ishda vaqtincha bo‘lmaganlar;

-oilaviy korxonada haqsiz ishlayotganlar va boshqa yakka tartibda ishlayotganlar;

Balansning band va iqtisodiy faol aholi soni haqidagi ma’lumotlar asosida aholining bandlik koeffitsiyenti hisoblanadi:




Bu yerda: TI.B. - iqtisodiyotda band aholi soni;

SI.F.A. - iqtisodiy faol aholi soni.

13.4-jadvaldagi ma’lumotlarga ko‘ra

Aholining iqtisodiyotda bandlik ko‘rsatkichini mehnat resurslari soniga nisbatan ham hisoblash mumkin:



Bu ko‘rsatkich jami mehnat resurslaridan qaysi qismi haqiqatda iqtisodiyot sohalarida bandligini ta’riflaydi.

Yuqoridagi misolimizda

Bu koeffitsiyent mehnat resurslarining iqtisodiy faolligi bilan faol aholi bandligi ko‘rsatkichlarini bir-biriga ko‘paytmasiga teng:


KM.R.B.= KM.R.F. × KA.B. = 0,898 × 0,862 = 0,774 yoki 77,4%
KJ.A.B. = KM.R.F. × KA.B. × KT.R. = 0,898 × 0,862 × 0,497 = 0,385 yoki 38,5 %.
Demak, umumiy aholi sonidan atigi 38,5 % iqtisodiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan ekan. Aholi bandlik darajasini xalqaro taqqoslashlarda bu ko‘rsatkich iqtisodiyotda bandlar sonini 10 va undan katta yoshdagi aholi soni bilan qiyoslab aniqlanadi.

Iqtisodiy faol aholining ikkinchi qismini ishsizlar tashkil etadi.

Xalqaro statistik standartlarga asosan, ishsizlar qatoriga joriy davr mobaynida 16 va undan katta yoshdagi:

a) ish joyiga (yoki daromad keltiradigan faoliyat sohasiga) ega bo‘lmagan shaxslar;

b) faol ish qidirayotgan shaxslar;

v) ishni boshlash uchun shay bo‘lgan shaxslar kiradi.

Ishsizlar tarkibiga mehnat xizmatlari (birjalari) tomonidan yo‘llanmalari bilan o‘qiyotgan shaxslar ham kiradi. O‘quvchi va talabalar, qariyalar va nafaqaxo‘rlar, faol ish qidirish bilan shug‘ullanib, uni boshlash uchun shay bo‘lsagina ishsizlar maqomiga ega bo‘ladi.Ishsizlar maqomini bir oydan ortiq muddatga korxona ma’muriyatining tashabbusi bilan ish haqi saqlanmasdan yoki qisman saqlanib majburiy ta’til berilgan shaxslarga ham berish to‘g‘riroq bo‘lar edi.

Aholining ishsizlik darajasini tavsiflash uchun ishsizlik koeffitsiyenti hisoblanadi. Xalqaro statistik standartlarga ko‘ra bu ko‘rsatkich ishsizlar sonini iqtisodiy faol aholi soni bilan taqqoslashdan kelib chiqadi.



;

Bu yerda: Ka.i. - ishchi kuchiga ega bo‘lgan aholining ishsizlik koeffitsiyenti;

TI.a. - ishsizlik maqomiga ega bo‘lgan shaxslar soni;

TF.I.a. - iqtisodiy faol aholi soni.

Bu ko‘rsatkichda barcha ishsizlar soni olinsa, Xalqaro mehnat tashkiloti uslubiyatiga binoan hisoblangan ishsizlik koeffitsiyentiga ega bo‘linadi. Ammo mehnat xizmatlarida qayd qilingan ishsiz maqomini olganlar soni olinsa, rasmiy qayd qilingan ishsizlik koeffitsiyenti hosil bo‘ladi. Misolimizda: Shu jumladan rasmiy qayd qilingan ishsizlik koeffitsiyenti:



Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish