4. Elastiklik koeffitsiyentlari
Elastik so‘zi grekcha «elastikos» so‘zidan olingan bo‘lib, egiluvchanlik, qayishqoqlik, ohista o‘zgaruvchanlik degan lug‘aviy ma’noga ega. Statistikada bu atama o‘zaro aloqador hodisalar dinamikasida namoyon bo‘ladigan biri ikkinchisining o‘zgarishiga nisbatan egiluvchanligi, qayishqoqligi mazmunida qo‘llanadi. Elastiklik koeffitsiyentlari o‘zaro bog‘langan hodisalardan biri ikkinchisining o‘zgarishiga nisbatan sezgirlik qobiliyatini aniqlaydi. Ular birinchi hodisa bir foizga o‘zgarganda ikkinchisi qancha foizga o‘zgarishini ko‘rsatadi, odatda natijaviy hodisa qo‘shimcha o‘sish suratini u bilan bog‘lanishda qaralayotgan ikkinchi hodisa (umumiy resurs, omil belgi) qo‘shimcha o‘sish suratiga bo‘lishdan hosil bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkichlarga misol qilib quyidagi muhim makroiqtisodiy koeffitsiyentlarni ko‘rsatish mumkin:
1. To‘plama talabning iste’mol narxlariga nisbatan elastik koeffitsiyenti iste’mol narxlari bir foizga o‘zgarishi natijasida to‘plama talab qancha foizga o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Masalan, 2004 yilda 2003 yilga nisbatan O‘zbekistonda iste’mol baholari 1,6% yalpi milliy daromad taqqoslama narxlarda 7,7% ko‘paygan. Demak, iste’mol narxlarining 1% o‘zgarishiga real pirovard iste’mol (taqqoslama narxlarda) 0,88% (1,4:1,6) va milliy daromad 4,8% (7,7*100/1,6) oshishi to‘g‘ri keladi.
2. To‘plama taklifning ishlab chiqaruvchilar narxlariga nisbatan elastiklik koeffitsiyenti ishlab chiqaruvchilar narxlari bir foizga o‘zgarishi bilan yalpi ichki mahsulot qancha foizga o‘zgarishini aniqlaydi. Masalan, 2004 yilda O‘zbekistonda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar narxlari 2003 yilga nisbatan 29,6%, yalpi ichki mahsulot (taqqoslama narxlarda) 7,7% shu jumladan sanoatda 8,9 % ko‘paygan. Demak, ishlab chiqaruvchilar narxlarining 1% ortishi bilan birga real ichki mahsulot 0,20%ga (4:60,8), shu jumladan sanoat qo‘shilgan qiymat 0,03%ga ko‘payishi yuz bergan. Demak, ishlab chiqaruvchilar narxlariga nisbatan real ichki mahsulot elastik emas.
3. Import uchun talabning daromadga nisbatan elastiklik koeffitsiyenti import qo‘shimcha o‘sish suratini milliy daromad qo‘shimcha o‘sish suratiga nisbatidan vujudga keladi:
Demak, import uchun talabning daromadga nisbatan elastiklik koeffitsiyentini chegaraviy importga moyillik koeffitsiyentini o‘tgan davr o‘rtacha moyillik koeffitsiyentiga bo‘lish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin. Masalan, 2004 yilda 2003 yilga nisbatan O‘zbekistonda import –13,3%, yalpi milliy daromad (AQSH dollarida) esa –17,6% kamaygan. Bundan import uchun talabning daromadga nisbatan elastikligi ya’ni import 1%ga kamayishi milliy daromadning 0,76%ga kamayishi bilan birgalikda yuz bergan.
4. Soliqlarning o‘z asoslariga nisbatan elastiklik koeffitsiyenti soliqlar o‘z asoslari o‘zgarishiga nisbatan sezuvchanlik qobiliyatini o‘lchaydi. Ular soliqqa tortish asosi 1% o‘zgarganda davlat budjetining soliqlardan olgan daromadlari qancha foizga o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |