Rikardoning nisbiy uslunlik nazariyasi
D. Rikardo A. Smitning “Mutlaq ustunlik” nazariyasini yanada chuqurroq
o'rganar ekan, aslida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekanligini isbotlab berdi. D. Rikardo “Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar”nomli asarida klassik nazariyani boshi berk ko'chadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarish samaradorligini ta'minlashda yoki ko'proq ustunlikka ega bo'lgan yoxud kamroq zaiflikka ega bo'lgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat o'rtasidagi savdo ko'proq imkoniyatlar olib keladi. Har bir mamlakat o'zi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari "Nisbiy ustunlik nazariyasi"da o'z yechimiga ega bo'ldi.
Masalan, Portugaliyada ishlab chiqarilgan movut va Angliyada ishlab chiqarilgan
vino individual xarajatlarga ega bo'lsin. Shuni hisobga olgan holda D. Rikardoning
"Nisbiy ustunlik" nazariyasini qo'lIaymiz:
Mahsulot isblab chiqarish uchun zarur bo'lgan mehnat sarfi.
|
Movut (bir dona)
|
Vino (barrel)
|
Portugaliya
|
90
|
80
|
Angliya
|
100
|
120
|
Yuqoridagi misoldan ko'rinib turibdiki, Portugaliya barcha turdagi mahsulotlarni
ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Ya'ni bir don a movut ishlab chiqarish
uchun 90 mehnat birligi, bir barrel vino ishlab chiqarish uchun esa 80 mehnat birligini sarflaydi. Ammo, D. Rikardo Portugaliyada movut ishlab chiqarishga nisbatan vino ishlab chiqarish savdosini yo'lga qo'yish ko'proq foyda olib kelishini ta'kidlaydi. Chunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel vino ishlab chiqarish arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy ustunlikdagi farq har bir millat uchun xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. Ya'ni, Portugaliya bir barrel vinoni (80 birlikda) 120 birlikda Angliyaga sotsa va o'z navbatida Angliyadan (100 birlikda) ushbu birlikda 1.2 dona movut sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
O'zida ishlab chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda esa 8/9 donaga ega
bo'lar edi. Boshqacha aytganimizda. Portugaliyaning vino ishlab chiqarish va
movutni sotib olish evaziga oladigan foydasi quyidagicha bo'ladi.
120/100 - 8/9 =1,2 ·0,(8) = 0,31 dona movut.
Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Ya'ni movut ishlab
chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o'rtasidagi farq vino ishlab chiqarishdagiga
nisbatan kamroq. Demak, movut ishlab chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro
savdodan Angliya ham yutadi. Ya'ni, movut ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga sotish hisobiga 11/8 barrel vino (o'zidagiga nisbatan 5/6 barrel) sotib olishi mumkin. Ushbu vaziyatda Angliyaning yutug'i:
9/8 – 5/6 =7/24 = 0,29 barrel vino.
Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga 9/8 dona movut sotib
olgandagina xalqaro savdo foydali hisoblansa, Angliya uchun har bir barrel vinoga
5/6 dona movut almashganda savdo foydali hisoblanadi. Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag'batlantirib, quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: har bir marnlakat biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgunicha o'tgan davrgiga nisbatan kamroq moddiy va mehnat xarajatlari sarflaydigan bo'ladi. Ammo bu borada barcha nazariyalar ham savdoda mamlakatlarning pul birliklari ishtorokida amalga oshishi hisobga olinmagan. Chunki, mamlakatlar o'zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun valyutalarini almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera olgan. U izohlaganidek, yuqorida keltirilgan imkoniyat valyutalarni almashtirish sharoitida ham saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import to'lovlari o'zaro balansga ega emas. Bunday vaziyat valyuta kurslaridagi o'zgarishlar hisobiga yoki biror bir mamlakatdagi barcha baholarni o'zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. Yuqoridagi misol mavhum xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun esa
quyidagilarni ta’minlash imkoniyatlari yaratilishi lozim:
• mehnatning savdo qilayotgan mamlakatlar o'rtasida emas, balki mamlakat
ichida harakatchan bo'lishini;
• transport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa cheklashlarning
hisobga olinmasligini;
• mahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi texnika va
texnologiyalarni qo’llash hamda ularni ko'p miqdorda seriyali ishlab chiqarish
xarajatlaridagi o'zgarishlar e'tiborga olinmasligini.
Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan vaziyatlarda xalqaro savdo
narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qo'llash mumkin. Chunonchi, bir barrel
Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam narxda (80) va sotib olingan
bahodan (120) yuqori narxda sotmaslik kerak. Shuningdek, angliyaliklar movuti
Portugaliyada (90 dan 100 gacha) shunday tartibda sotilishi kerak.
Mahsulotlar bahosi o'rtasidagi o'zaro nisbat aniqlab olinganidan keyin “savdo
sharoiti” (terms of trade) tushunchasi, savdo sharoitini aniqlab olish uchun esa "savdo sharoiti indeks" tushunchasi kiritilgan. Bu indeks quyidagi formula orqali aniqlangan:
Savdo sharoiti indeksi
Indeksning o'sishi (masalan, 100 dan 105 gacha) savdo sharoitlarining
yaxshilanayotganligini ko'rsatadi. Ya'ni, ushbu miqdordagi importga hisob-kitob
qilish uchun undan kam miqdorda eksport talab etiladi. Amaliyotda savdo sharoiti, birinchidan, tovarlar bahosi o'zgarishi natijasida, unga bo'lgan talabning oshishi yoki kamayishiga bog'liq. Ayrim mahsulot ishlab chiqaruvchilar (masalan, neft va neft mahsulotlari ish lab chiqaruvchilar), narxlarda bo'layotgan o'zgarishlarga qaramay, katta yutuqlarga erishadilar. Ikkinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib beruvchilarning bozorga moslashishiga (egiluvchanligiga) bog'liq bo'ladi. Uchinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqarish sharoitlari yoki mahsulotlar iste'molidagi o'zgarishlarga qarab o'zgaradi.
Savdo sharoiti indeksi mamlakatning xalqaro savdodagi holati to'g'risida
ma'lumotlar bersada, ko'pgina kamchiliklardan xoli emas. Ularning eng
asosiylaridan biri shuki, u mamlakatda umumiy sharoitni yaxshilashiga
qaramasdan, sotilgan mahsulotlar miqdorini hisobga olmaydi. Boshqacha
aytganda, savdo sharoiti yaxshilanishi eksport hajmi qisqarishi va import hajmi
oshishiga olib keladi. Bu esa to'lov balansini yomonlashtiradi.
A. Smit va D. Rikardo nazariyasida ishlab chiqarishga ta'sir qiladigan eng
asosiy omil mehnat hisoblangan. Mahsulotlar narxi esa ishlab chiqarish
xarajatlariga bog'liq. Keyingi tadqiqotlar ishlab chiqarishda asosiy omillar sifatida yer kapital kabi omillardan foyda olish imkoniyatini hisobga olgan. Agar mehnatning bozor bahosi ish haqi sifatida gavdalansa, kapitalning bahosi foiz stavkalari ko'rinishida, yerning bahosi renta miqdorida aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |